Ijtimoiy soha va uning
Uzluksiz iqtisodiy ta’limni mablag‘ bilan
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
3. Uzluksiz iqtisodiy ta’limni mablag‘ bilan
ta’minlash yo‘llari O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz iqtisodiy ta’limini mablag‘ bilan ta’minlashning turli yo‘llari taklif etilgan. Unda bu tadbirni davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ bilan ta’minlash zarurati hamda asta sekin buyurmachilar talabiga muvofiq ravishda maqsadli kontrakt tizimiga o‘tish aniq asoslab berilgan. Shu munosabat bilan ta’lim bosqichlariga ko‘ra mablag‘ bilan ta’minlashning quyidagicha yo‘llari taklif etiladi: 1) gimnaziya – davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar va davlatga taalluqli tuzilmalarning gimnaziya ta’limini rivojlanti-rishda ishtiroki. 2) litsey – davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ va davlatga taalluqli bo‘lgan tuzilmalarning umumiy o‘rta ta’limini rivojlan-tirishda ishtiroki. 3) kolledj - davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar va jismoniy hamda yuridik shaxslar buyurtmalariga muvofiq ravishda maqsadli kontrakt asosida tayyorlanadi. 4) bakalavriat – davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar va jismoniy hamda yuridik shaxslar buyurtmalariga muvofiq ravishda maqsadli kontrakt asosida tayyorlash. kontrakt asosida tayyorlash. 5) magistratura (diplomli mutaxassislik darajasi ham qo‘shilgan holda) - jismoniy va yuridik shaxslar buyurtmalariga muvofiq ravishda maqsadli kontrakt asosida tayyorlash. 6) doktarantura– davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar va jismoniy hamda yuridik shaxslar buyurtmalariga muvofiq ravishda maqsadli kontrakt asosida tayyorlash. 7) doktorantura - davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar va jismoniy hamda yuridik shaxslar buyurtmalariga muvofiq ravishda maqsadli kontrakt asosida tayyorlash. Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini isloh qilishda xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan faol hamkorlik qilmoqda. Byudjet siyosati esa mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik, byudjet tizimidagi muvozanatni saqlagan holda, davlat tasarrufidagi mablag‘larni kelgusida uning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida o‘ta samaradorlik bilan ishlatish, lozimdir. Aytish kerakki, davlat byudjetida yildan-yilga ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘larning ulushi oshib bormoqda. 2016 yilda ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lar byudjet xarajatlarining 59,2 foizini tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 59,7 foizgacha ko‘paytirilishi belgilangan. Ta’lim xarajatlari esa o‘tgan yilga nisbatan 18,0 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6,9 foizni tashkil etadi. Demak, davlat byudjetidan mazkur sohaga ajratilayotgan salmoqli mablag‘lar ta’lim-tarbiya maskanlarida bilim olish sharoiti va imkoniyatlarini yaxshilash uchun keng yo‘l ochadi4. Taraqqiy etgan davlatlarning tajribasi inson salohiyatini rivojlantirishga sarmoyalar kiritish eng samarador ekanligini ko‘rsatib turibdi. Iqtisodchilarning hisoblab chiqishlaricha, xususan ta’limga sarflanayotgan har bir dollar nisbatan qisqa muddatda 3-6 dollargacha foyda keltirmoqda. O‘zbekiston jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olish maqsadiga erishishning eng asosiy va samarali vosita sifatida ta’lim sohasidagi islohotlarga rivojlangan davlatlardagiga qaraganda ham 3 barobar ko‘p – yalpi ichki mahsulot hajmining 14,0 foizini sarflanayotganligi jahon xamjamiyatini xayratlantirmoqda. Masalan, Italiyadagi Bolonya universiteti prorektori, professor F. Fanfanelining ta’kidlashicha, G‘arbda bizda shakllantirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tizimi kabi «o‘quv yurtlari hali yo‘q va O‘zbekistonning bu tajribasi turli mamlakatlardagi zamonaviy ta’lim tizimiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishga turtki bo‘ladi»5. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishi maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling