Ijtimoiy soha va uning
Sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligi
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Bitta shifokorga to`g`ri keladigan aholi soni (1991-2016 y.) 9
3.3. Sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligi
Iqtisojiy muammolarning echimi sog‘liqni saqlash tizimi uchun ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Sog‘liqni saqlash sohasi iqtisodiyt nuqtai nazaridan ikki jabhada tahlil etilmog‘i maqsadga muvofiqdir: sog‘liqni saqlash tizimining samarasi yoki sog‘liqni saqlash tizimini jamiyat rivojlanishidagi o‘rni va davlat tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi uchun maqsadli, tejamkorona ishlatish zarurati; sog‘liqni saqlash tizimini o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash qobiliyati, iqtisodiyotni erkinlashtirish va institutsional islohotlarga moslashuvchanligi. Sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligi aholining ko‘payishiga, ishchi kuchining ish qobiliyatini saqlanishiga, mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi. Aholi o‘limini kamaytirish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar xalq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining sonini oshishiga va malakali kadrlarning uzoq yillar mobaynida ishlashiga imkon beradi. Bundan tashqari umusiy kasallanishni, ayniqsa, vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni kamaytirish, xalq xo‘jaligida band bo‘lgan mehnat resurslarini saqlashga imkon beradi. Tibbiy xizmat uchun sarflanadigan mablag‘ nafaqat ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa to‘lovlariga, balki aholi xarajatlari tarkibiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Og‘ir kasallikka chalinish yoki jarohatlanish oqibatida mehnatga layoqatsizlik, nogironlikka nafaqa to‘lash uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilinishiga olib keladi. Aholi sog‘lig‘ini saqlash tibbiy xizmat xarajatlarini tejash bilan bir vaqtda ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga sarf qilinishi lozim bo‘lgan mablag‘ni sanatoriylarda mehnatkashlar sog‘lig‘ini mustahkamlashga sarf qilishga asos yaratib beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishda qo‘shimcha milliy daromad yaratish manbaiga aylanadi. 2-rasm. Bitta shifokorga to`g`ri keladigan aholi soni (1991-2016 y.)9 Bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy sohaga, jumladan sog‘liqni saqlash tizimiga ajratiladigan byudjet mablag‘i miqdorining oshirilishiga olib keladi. Demak, iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlarining rivojlanish davrida soqg‘liqni saqlash tizimi muhim ijtimoiy-iqtisodiy sohaga aylanib borishi muqarrardir. Ilmiy izlanishlar natijasida aniqlanganki, qon-tomir kasalliklari guruhida davolash-profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etilganda sarflangan mablag‘ bilan iqtisodiy samaraning nisbati 1:12 ni, onkologik kasalliklar guruhida 1:19 ni, polioielit xastaligini tugatish oqibatida esa iqtisodiy harajat va samara mos ravishda 1:63 nisbatni tashkil etadi. Jahon tajribasidan ma’lumki, jamiyatning rivojlanishida ijtimoiy islohotlar davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Bu o‘rinda, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolar va vazifalar iqtisodiy-siyosiy islohotlar strategiyasi va mazmuniga mos tushishi lozim. Aholi salomatligi – mamlakatning boyligi. Mamlakat iqtisodiyotining, ilm-fan ravnaqining, madaniyatning rivojlanishi aholi sog‘lig‘ining salohiyatiga bog‘liq. Shu jihatdan aytish joizki, mamlakatning iqtisodiy salohiyati sog‘liqni saqlash tizimi samarasi va rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq. Demak, aholi sog‘lig‘i salohiyati jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Masalan, aholining tabiiy o‘sish su’rati, umumiy o‘lim ko‘rsatkichi, go‘daklar o‘limi (1 yoshgacha bo‘lgan), onalar o‘limi va boshqa ko‘rsatkichlar. Muayyan mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini belgilovchi mezonlar, boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy-ijtimoiy indikatorlari bo‘lib hisoblanadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling