Ijtimoiy soha va uning
Ijtimony soha iqtisodining o‘ziga xosligi
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
2. Ijtimony soha iqtisodining o‘ziga xosligi
Ijtimoiy soha xizmati, birinchidan, o‘ziga xos iqtisodiy qonuniyatga ega: ularning qiymati bo‘lmaydi, chunki qiymat yaratish uchun moddiy ne’matlar barpo etilmaydi, aksincha xizmat ko‘rsatiladi. Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish sohalari mehnati moddiy ishlab chiqarish sohalari mehnatidan alohida tomonlari bilan farq qiladi. Bu sohalar xodimlari alohida odamlar bilan muloqotda bo‘ladilar, har xil toifadagi va har xil diddagi odamlarning so‘rovlariga javob beradilar. Bu esa xodimlardan yuksak sifatli kasb mahoratini talab qiladi. Uchinchidan, ijtimoiy sohani joylashtirishda tabiat omili moddiy ishlab chiqarish sohalarini joylashtirishdagi kabi ahamiyatga ega emas. Xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari moddiy ishlab chiqarish mehnat vositalariga tashqi ko‘rinishdan o‘xshashi mumkin. Iqtisodiy mohiyati esa bir-biriga o‘xshamaydigan, chunki moddiy ishlab chiqarishda mehnat vositalari o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga asta-sekin o‘tkaza borib amortizatsiya ajratmasi sifatida o‘z qiymatini tiklasa, ijtimoiy sohada iste’mol natijasida mehnat vositalari o‘z qiymatini yo‘qotadi va moddiy ishlab chiqarish sohalari tomonidan yaratilgan milliy daromad hisobiga ular qayta tiklanadi. To‘rtinchidan, xizmat ko‘rsatish sohalari mehnatining faqat oz miqdori mexanizatsiyalashtiriladi va avtomatlashtiradi. Shuning uchun ham ijtimoiy soha moddiy ishlab chiqarish sohalaridan mehnat sig‘imini ko‘pligi bilan farq qiladi. Ijtimoiy sohada mehnat hajmini kengaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish asosan mehnat resurslarini sonini ko‘paytirish mehnat hamda boshqarishni tashkil qilishning taraqqiylashgan usullarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Beshinchidan, xizmat iste’mol predmeti hisoblanadi. Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohalarining xizmati asosan bepul ko‘rsatiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida respublikamizda ijtimoiy sohada ma’lum xizmat turlari pullik ko‘rinishda amalga oshirilmoqda, lekin bunday xizmat ko‘rsatishda ham ma’lum doiradagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj toifadagi odamlarga ma’lum engiliklar berilmoqda. Bepul xizmat bu ijtimoiy sohaning ijtimoiy madaniy (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va h.k.) sohalari xizmatidir. Bu xizmat turlarining rivojlanishi umumiy iste’mol jamg‘armalari hisobidan olib boriladi. Pullik xizmat turlariga uy-joy, kommunal xo‘jaligi korxonalari, maishiy xizmat, aloqa, transport, sayohat va turizm, sport, dam olish sohalari, huquq tashkilotlari va qisman tibbiyot va ta’lim tizimlaridagi xizmatlar kiradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat sohalarida ham o‘z xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida bir qator xizmat turlari pullik xizmat ko‘rinishida olib borilmoqda. Aholiga pullik xizmat ko‘rsatishni kengaytirish tovar massasi bilan pul resurslarini muvofiqlashtirishda asosiy rol o‘ynaydi, chunki u aholi daromadlarini maqsadli yo‘naltirish tarmoqlarini kengaytiradi. Ijtimoiy sohada pullik xizmatlarni joriy qilish va ularni tijorat borasidagi faoliyatlarini rivojlantirish byudjet taqchil-ligining oldini olish imkoniyatini beradi. Oltinchidan, ijtimoiy soha xizmatiga keng xalq ommasi murojaat qilishini, xizmat turlarining hilma-hilligini ko‘ramiz. Shuning uchun ham ba’zi hududlarda bu sohalarning xizmat "ko‘chma" ravishda, ya’ni o‘zlari qatnab xizmat ko‘rsatishga moslashtirilgan. Ijtimoiy sohaning xizmati bevosita inson omili bilan bog‘liq. Shu sababli bu xizmat sohalariga tegishli muassasalarning hududlararo joylashishi ko‘p jihatdan demografik omillarga va ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‘liq. Ettinchidan, ijtimoiy sohaning faoliyat yuritishi ikki hil usulda moliyalashtariladi. A) byudjet asosida; B) xo‘jalik hisobidan. Sakkizinchidan, xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlariga ish haqini to‘lashni tashkil qilish o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xodimlarning ish haqi manbalari bu sohadan tashqari shaklanadi: moddiy ishlab chiqarish xodimlari yaratgan milliy daromad hisobiga ijtimoiy soha xodimlarining ish haqlari milliy daromadning turli qismlarida tashkil topadi, demakdir. Xizmat ko‘rsatash sohalari xodimlari mehnatiga son jihatidan baho berish qiyindir, shuning uchun ham bu soha xodimlariga ish haqi belgilashda mehnat faoliyati samarasiga, vazifa turiga, korxona tabaqasiga, ma’lumot darajasiga va mehnat stajining davomiyligiga e’tibor beriladi. Shuningdek bu sohalar xodimlariga ish haqi to‘lashda yagona haq to‘lash jadvalidan foydalaniladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling