Ijtimoiy soha va uning
Fanning predmeti va vazifalari
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ijtimoiy soha tarkibi
3. Fanning predmeti va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy qonunlar harakatini, shuningdek, ular ta’sirida faqat ijtimoiy sohaga aloqador bo‘lgan o‘ziga xos iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganish ijtimoiy soha iqtisodiyoti fanining predmeti hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sohalari iqtisodi bozor iqtisodiyoti davrida shu sohalar shahobchalarini boshqarish nazariyasining asosini yaratadi, xo‘jalik yuritish amaliyotini jamlaydi, resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlaydi, shuningdek sohaning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini oshirish usullarini belgilaydi. Ijtimoiy soha iqtisodiyotining fan sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosi iqtisodiy nazariya va "ekonomiks" hisoblanadi. Lekin xizmat ko‘rsatish sohalarida yig‘ilib qolgan o‘ziga xos iqtisodiy aloqalarni o‘rganishda shu soha iqtisodi va iqtisodiy nazariya o‘rtasida ba’zi bir farqlar mavjuddir. Iqtisodiy nazariya ishlab chiqarish aloqarida ijtimoiy sohaning o‘sishiga xos tomonlarini ishlab chiqarish kuchlari rivojining bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi. Xizmat ko‘rsatish sohalari iqtisodi shu soha iqtisodiy aloqalari shakllanishining alohida tomonlarini o‘rganishga va amaliyotda ulardan foydalanishning o‘ziga xosligini tahlil qilishga asosiy e’tiborni qaratadi. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti shu sohaning boshqa tarmoqlari - maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat iqtisodi va boshqalarga nisbatan umumiy iqtisod sifatida vujudga keladi. Shuning uchun ham tarmoqlar rivojlanishining iqtisodiy qonuniyatlarini e’tibor bilan o‘rganish, xo‘jalik yuritish usullarining ratsional yo‘llarini ishlab chiqish, bozor iqtisodiyoti sharoitida sohaning har bir tarmog‘i bo‘yicha alohida iqtisodiy yo‘nalishlarni belgilash ijtimoiy soha iqtisodiyotining predmeti hisoblanadi. 4. Ijtimoiy soha tarkibi Ijtimoiy ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish bo‘g‘inlarini umumlashtiruvchi yagona xalq xo‘jaligi kompleksi ikkita yirik tarmoqdan: moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridan iborat. Shuning uchun ham xalq xo‘jaligi ikki soha ko‘rinishi bilan chegaralanadi. Moddiy ishlab chiqarishga tarixan va mantiqan qaraydigan bo‘lsak, moddiy ne’matlar yaratish insoniyat taraqqiyotida asosiy omil hisoblanadi. Alohida noishlab chiqarish turlari faoliyatining ajralib chiqishi esa ishlab chiqarish kuchlari darajasining rivojlanishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining boshlang‘ich shaklidir. Moddiy ishlab chiqarishning bosh belgisi - ishlab chiqarish sohasidagi ishchilar mehnatini, tabiat resurslarini inson ehtiyojiga moslashtirish hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari mehnatining ajralib turadigan belgisi - bu, shu soha xizmatini faqat inson uchun, uning kamol topishiga, ma’naviy ehtiyojlarining qondirilishiga va qolgan barcha faoliyatining amalga oshirilishiga yo‘naltirilganligidir. Xizmat ko‘rsatish sohalari xalq xo‘jaligida bajaradigan vazifasiga qarab uch turga bo‘linadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling