Ijtimoiy soha va uning


Download 1.41 Mb.
bet5/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

Birinchi guruhga ishlab chiqarishdan bevosita tashqarida moddiy va nomoddiy farovonlikni qayta ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi tarmoqlar kiradi.
Bu guruhga noishlab chiqarish sohasi moddiy-texnika ta’minotining bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan quyidagi sohalarini: uy-joy xo‘jaligi, fan va fan sohasining bir qator tashkilotlarini takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq sohalarini, ya’ni konstruktorlik va loyiha tashkilotlari, sinov bazalari, kredit va davlat sug‘urtasi, noishlab chiqarish sohalariga xizmat ko‘rsatuvchi transport va aloqa, shuningdek, suv xo‘jaligi va tabiiy boyliklar, geologiya va qidiruvni kiritish mumkin.
Ikkinchi guruhga taalluqli tarmoqning faoliyati bevosita inson qobiliyatini oshirishga, salomatligini saqlashga, ma’naviy va madaniy ehtiyojini shakllantirishga va qondirishga, shunishdek ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga qaratilgan. Shuning uchun bu guruh "nomoddiy ishlab chiqarish"ni tashkil etadi va uning xodimlari aholiga ijtimoiy-madaniy, maishiy xizmatlar ko‘rsatadilar. Bu tarmoqning aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish turlarini yo‘lovchi tashish transporti, aloqa xizmati, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot, turizm, san’at va madaniyat kabi sohalar tashkil qiladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarining uchinchi tarmoq guruhiga bevosita jamiyatning umumdavlat tizimi bilan bog‘liq sohalar kiradi va ular aholining boshqarishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojini, davlat havfsizligini, ijtimoiy mulkni mustahkamlash va uni qo‘riqlashga bo‘lgan talabni qondiradi.
Ijtimoiy soha aholining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish va ishchi kuchini takror ishlab chiqarish orqali unga sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, turizm, san’at va madaniyat, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi. Takror ishlab chiqarishni me’yorida o‘tkazish uchun sharoit yaratadi, ilmiy xizmatni, boshqarishni olib boradi, ijtimoiy mulkni mustahkamlaydi va qo‘riqlaydi.


5. Milliy iqtisodiyotda ijtimoiy sohaning tutgan roli

Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tib borar ekan, xukumatimiz asosiy e’tiborni ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratmoqda, chunki bu sohani taraqqiy ettirmay turib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tib bo‘lmaydi. Bunga daliliy misollar tariqasida Respublikamizda "Sog‘lom avlod uchun" ordenining joriy qilinishi hamda xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari ish haqlarini doimiy ravishda oshirib kelayotganini "Iste’dod", "Kamolot" kabi bir nechta jamg‘armalar tashkil qilinib, yoshlarimizning bilim darajalarini oshirish uchun imkoniyatlar yaratilayotganini, jismoniy tarbiya va sporgga e’tibor kuchaytiri-layotganini ko‘rsatishimiz mumkin.


Mustaqillik yillarida tarmoqning ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda yoshlarga ta’lim-tarbiya olishlari uchun ijtimoiy kafolatlar va keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish hamda qishloq yoshlarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etshdga ko‘maklashish uchun qishloq mavjud o‘quv yurtlari faoliyati tubdan o‘zgartirildi. Har bir tumanda tadbir-korlik bo‘yicha o‘quv markazlari, kasblar bo‘yicha litseylar, biznes-maktablar, kichik va xususiy biznes va fermer xo‘jaliklari hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha kasb-hunar kollejlari tashkil etilmoqda.
Xalqaro hamkorlik kengayib borayotganligi natijasida o‘quvchilarniig xorijiy mamlakatlardagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari uchun imkoniyatlar yaratildi. CHunonchi, har yili respublika umumta’lim maktablarining test sinovidan o‘tgan ko‘plab o‘quvchilari chet ellarga o‘qishga yuborilmoqda. Respublikamizda keng miqyosda rivojlangan sog‘liqni saqlash tizimi mavjud bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning barcha shakllarida faoliyat olib boriladi. Tibbiy xizmat ko‘rsatishning yangi-yangi shakllari - kunduzgi statsionarlar, uyda xizmat ko‘rsatiladigan statsionarlar, ambulatoriya-jarrohlik markazlari joriy etilgan.
Xo‘jalik hisobi tamoyillari asosida ishlaydigan muassasalar, tibbiyot kooperativlari, individual xususiy shifokorlik amaliyoti, dori-darmonlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Dorixonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish yo‘li bilan mazkur tarmoqning moddiy-texnika ta’minotiga bog‘liq bo‘lgan tadbirlar to‘la amalga oshirildi.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling