Ijtimoiy soha va uning


Xarajatlarni qoplash muammolari


Download 1.41 Mb.
bet52/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

3. Xarajatlarni qoplash muammolari

Maishiy xizmat, madaniyat, sport va sog‘liqni saqlash tarmoqlarida xo‘jalik faoliyati aholini ularning xizmatiga bo‘lgan talabi natijasida shakllanadigan ko‘pgina tashqi omillar bilan hamda mehnatdan foyda-lanishni, moddiy va moliyaviy resurslarning samaradorligini yorituvchi ichki omillar bilan tavsiflanadi.


Yuqoridagi muassasalardan bir guruhi xizmat jarayonida xarajatlarni to‘la qoplashi va rentabellik darajasining yuqoriligi bilan ajralib tursa, qolgan qismi zarar ko‘rib ishlaydi, ya’ni o‘z xarajatlarini davlat dotatsiyalari hisobiga qoplaydi.
Maishiy xizmat uylari aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘p xarajatlarini qoplovchi muassasalar jumlasiga kiradi. E’tiborli tomoni shundaki, aholiga bevosita va nomoddiy xizmat ko‘rsatadigan maishiy xizmat sohalarida rentabellik darajasi juda ham past.
Sport tadbirlariga sotilgan pattalardan hosil bo‘lgan tushumlar sport muassasalarining daromad manbai hisoblanadi. Umumiy tushum-ning ko‘p qismini alohida korxona va tashkilotlarning sport inshoat-larini ijaraga olishlaridan tushgan mablag‘ tashkil qiladi. Sport muas-sasalarining xarajatlari tarkibini, asosan ish haqi va sport inshoat-larini saqlash, komandalar yig‘inini o‘tkazishga sarflanadigan mablag‘lar tashkil qilinadi. Xo‘jalik yuritishning asosiy sharti aholiga namunali xizmat ko‘rsatish va sport inshoatlaridan samarali foydalanish orqali o‘z xarajatlarini qoplashdir.42
Bu sohada moliyaviy barqaror natijalar qish fasliga mo‘ljallangan yopiq sport zallari va inshoatlarida kuzatilmoqda. Foyda mashq qilish bilan band odamlar soniga va shug‘ullanish vaqtiga bog‘liq. Sport inshoatlarida aholi talabiga javob beradigan turli hajmda har xil xizmat ko‘rsatilmoqda. Bunday yutuqqa erishishning asosiy sababi yopiq sport inshoatlarining zamonaviy jihozlanishi, yuvinish xonalari, hakamlar xonalari, tibbiy xodimlarning mavjudligi, matbuot markaz-larining, ovqatlanishning tashkil qilinishi va boshqa qulayliklarning yaratilganligidadir. Aholi real daromadlarining oshib borishi, suzish, futbol, sambo, boks, badminton, karate, umum jismoniy tayyorgarlik kabi pullik sport xizmatlariga bo‘lgan talabining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Sport inshoatlarining iqtisodiy natijalari yilning turli fasllarida aholi talabining o‘zgarishiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida asosiy fondlardan bir tekisda foydalanish shartlarini qo‘yib, yangi xizmat turlarini ishga solishni taqozo qiladi. Shuning uchun ham asosiy e’tiborni reklamaga qaratish ba’zi sport turlariga qatnashish kamayib ketsa, shu turlarga haq to‘lashga engilliklar joriy qilish orqali sport klublariga aholining kelishini barqarorlashtirish kerak.
So‘ngi vaqtlarda teatr tomoshalaridan tushum kamayib bormoqda. To‘g‘ri jamoa asosiy daromadini teatr namoyishidan oladi, lekin asosiy xarajat, teatrni sahnalashtirishga sarflanadi. Teatr jamoalari Shuning uchun ham zamonaviy spektakllarni ko‘plab sahnalashtirish, tomo-shabinlar miqdorini oshirishlari va tomosha tayyorlash xarajatlarini kamaytirishlari lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida teatr muassasalari o‘z xarajatlarini qoplashi asosiy iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Repertuar siyosati, shahar aholisining malakasi, kasbi va demografik tavsifi, shuningdek chiptalar bahosi kabilar asosiy omillar hisoblanadi.43
Tajribalar Shuni ko‘rsatadiki, xarajatlarni qoplash teatr ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, tomoshabin bilan aloqa, reklamani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kabi tadbirlar orqali amalga oshirilishi mumkin.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling