Ijtimoiy soha va uning


Download 1.41 Mb.
bet55/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

2. Sarmoya qo‘yilmalari

Noishlab chiqarish asosiy fondlari eskirgan qismlarining hisobdan chiqarilishi, miqdoriy o‘sishi va sifat jihatidan mukammallashuvi noishlab chiqarish sarmoya qo‘yilmalari hisobidan amalga oshiriladi.


Sarmoya qo‘yilmalari umumiy darajasi keyingi yillarda ma’lum darajada kamaydi. Ijtimoiy soha sarmoya qo‘yilmalari davlat byudjeti hisobidan, xo‘jalik tashkilotlari, jamoa xo‘jaliklari, hissadorlik jamiyatlari, sanoat va xususiy korxonalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamiyatlar, shuningdek, aholi hisobidan amalga oshirilmoqda.
Kapital qurilishni moliyalashtirishda asosiy rolni davlat byud-jeti o‘ynaydi. Shuningdek, korxonalar, birlashmalar, jamoa xo‘jaliklari ijtimoiy soha maqsadiga mo‘ljallangan kapital qurilmalariga o‘zlari-ning munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. Xizmat ko‘rsatish sohalarida kapital qurilish ishlari pudrat asosida olib boriladi. Shuni ham aytish kerakki, qurilishni xo‘jalik usuli bilan olib borish bu sohalar faoliyatiga xos emas. Chunki mehnat resurslari va moddiy resurslar yo‘q. Bu usul ishlab chiqarish korxonalari va jamoa xo‘jaliklari uchun mos bo‘lib, bolalar yaslilari, maktablar va profilaktoriyalar qurilishlarida keng qo‘llanilmoqda.
YAngi zamonaviy, yaxshi yoritilgan ijtimoiy soha ob’ektlari aholi uchun qulayliklar yaratish bilan bir qatorda malakali xodimlarni ham talab qiladi, lekin buning uchun ko‘p miqdorda xarajat sarf bo‘ladi.
3. Ijtimoiy sohada moddiy resurslarning tarkibi

Moddiy-texnika asosining qat’iy holda o‘sishi soha uchun xarakterlidir. U asosiy fondlar qiymatining doimiy o‘sib borishi bilan ifodalanadi. Noishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarishdagiga nisbatan sekin o‘smoqda. Buning turli sabablari bor:


Birinchidan, ijtimoiy sohada bevosita insonga xizmat ko‘rsatiladi, bunda mashinalarni qo‘llash chegaralaniladi va mehnat buyumlashmaydi. Bu noishlab chiqarish asosiy fondlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi uchun asosiy omil degan ma’noni bermaydi. Ikkinchidan noishlab chiqarish asosiy fondlarining ko‘payishi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, asosiy kapital sig‘imining o‘sishi va fond dinamikasiga bog‘liq. 47
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining ahamiyati bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat son jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham mukammalashadi. Ular, birinchi navbatda, fan va texnikani yangi yutuqlari asosida ta’minlanadi. Masalan, davlat boshqaruvi xodimlari faoliyatida axborotlarni yig‘ish, saqlash ishlari kompyuter yordamida amalga oshirilmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasida lazer va boshqa murakkab texnika qurilmalaridan foydalanilmoqda. Transport va yo‘lovchi tashish transporti vositalari doimiy yangilanilmoqda.
Asosiy fondlar dinamikasining qiymat shaklidagi ko‘rinishi quyidagi omillar ta’siri ostida iqtisodiy imkoniyatning, moddiy ishlab chiqarishning o‘sishi, sohalarda moddiy resursga bo‘lgan iste’mol fondlarining sifat jihatidan mukammalashuvi va ularning ishlab chiqarishga xarajatlarning o‘zgarishi natijasida shakllanadi. YUqoridagi omillarning o‘zaro bog‘liqligi ijtimoiy soha asosiy fondlarining doimiy o‘sishiga olib keladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy fondlari tarkibi barcha tarmoqlarda ham bir xil emas. Masalan: yo‘lovchilar tashish transportida transport vositalari ulushi yuqori, uy-joy kommunal xizmatida uzatuvchi qurilmalarning ahamiyati ko‘proq bo‘ladi. Asosiy fondlar orasida binolar va inshoatlar etakchi o‘rinni egallaydi. Bu ko‘p jihatdan shu sohalardan mehnatning buyumlashmasligidan, mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish chegaranlanganligidan kelib chiqadi.
Sog‘liqni saqlash tarmog‘i moddiy-texnika bazasining o‘sishi o‘rni sonining o‘sishiga bog‘liq. Mamlakatimizdagi barcha dorixonalar xo‘jalik hisobida ish yuritishmoqda. Sotib olish bilan sotish bahosi o‘rtasidagi farq dorixonalarning daromadi bo‘lib, davlat byudjetiga soliqlar to‘lagandan keyin qolgan qismi foyda hisoblanadi va u moddiy-texnika bazasining mustahkamlashga va ijtimoiy-madaniy tadbirlarga sarflanadi.
Inson salomatligini mustahkamlash va uni har tomonlama jismonan barkamol bo‘lishini ta’minlash jismoniy tarbiya va sportning asosiy vazifasidir. Ana shu maqsadda sport muassasalari korxona va tashkilotlar ishchi xodimlari o‘rtasida, maktablarda, oliygohlarda va aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni tashviqot qilib, bepul musobaqalar o‘tkazmoqdalar. Sport tomoshaxonalarida xo‘jalik aloqalari chegaralangan. Buning asosiy sababi, sport tomoshalarining ko‘p hollarda bepul ko‘rsatilishidir, ularga ketadigan xarajatlar davlat byudjeti, kasaba uyushmalari hisobidan va har bir vazirliklar tomonidan qoplanmoqda.48
SHu bilan birga, shaharlarda joylashgan yirik sport kompleks-larida xo‘jalik hisobida ish yuritilmoqda, chunki ular baquvvat moddiy bazaga, moliyaviy resurslarga va tajribali xodimlar jamoasiga egadir. Bu esa jismoniy tarbiya va sportni aholi hamda tashkilotlar o‘rtasida samarali yo‘lga qo‘yishga, sport inshoatining moddiy ta’minotini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish maqsadida tegishli muassasalar davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlardan ozod qilinadilar. Soliqlar uchun olinadigan mablag‘ muassasa moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga sarflanadi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling