Ijtimoiy soha va uning


Uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantirish


Download 1.41 Mb.
bet7/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

1. Uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantirish

Hozirgi vaqtda yurtimiz, xalqimiz oldida turgan yuksak maqsadlarga erishish uchun mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun barcha imkoniyatlar etarli. O‘z kelajagini o‘ylagan har qanday davlat, avvalo, yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor beradi. Shuni aytish kerakki, yurtimizda har bir insonning har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan davlat xarajatlari yildan-yilga oshirilib, bu masala keng jamoatchilikning asosiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.


Vaqt o‘tishi bilan tobora yorqin namoyon bo‘layotgan, biz birinchilar qatorida amalga oshirgan va davom etayotgan, dunyoda katta qiziqish uyg‘otayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi, bir so‘z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya sohasiga eng ustuvor ahamiyat berilayotgani mamlakatimiz katta sur’atlar bilan barqaror rivojlanishida va yurtimiz dadil qadamlar bilan ilgarilab borishida mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu dastur biz barpo etayotgan huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgani uchun yuksak ma’rifatga asoslanadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda nufuzli yangi universitet va o‘quv markazlari tashkil etilgani yoshlarimizni yanada ilhomlantiradi. Bu borada, ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning hayotga izchil tatbiq etilgani muhim ahamiyat kasb etdi.
Qisqa vaqt davomida har tomonlama etuk, komil inson va barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan uzluksiz ta’limning yaxlit tizimi yaratildi. Respublikada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida ham islohotlar bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda amaliyotga joriy etildi. Oliy ta’limning jahon standartlariga javob beradigan ikki bosqichli tizimi – bakalavriat va magistratura yaratildi. So‘nggi yillarda oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirildi hamda shakllangan stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutlarining moddiy ta’minoti mustahkamlandi.
Tub islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotini shaklanti-rishning eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimlarini, odamlarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirmasdan chuqur o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi.
Bozor munosabatlarini o‘rgatadigan iqtisodiy ta’lim tizimlari-ning xalqaro andozalari va modellari mavjud. Ular 1996 yil "Jahondagi oliy ta’lim tizimi ma’lumotnomasida" o‘z ifodasini topgan.
Umuman olganda, taraqqiy etgan davlatlarda iqtisodiy ta’limning asosiy ikki modeli bor:
1) Iqtisodiy ta’limning inglizcha-amerikacha tizimi. U iqtisodiy ta’limni egallashning ko‘p darajaliligiga va xilma-xilligiga asoslangan. Bu tizimda ham akademik, ham kasb ta’limi taklif etilgan ta’lim muaassasalarining keng tarmog‘i mavjud.
2) Iqtisodiy ta’limning germancha - ruscha tizimi. Bu tizim bir darajada egallashga asoslanadi. Unda o‘quv rejalarida bakalavr uchun mutaxassislar tayyorlash dasturlariga jiddiyroq e’tibor qaratadilar.
O‘zbekiston Respublikasi chuqur, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirar ekan, uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantiringa birinchi darajali ahamiyat bermoqda.
1992 yildayoq parlamentimiz tomonidan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekistonda ta’lim mustaqil davlat xalqlarining millat tiklanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotining asosi bo‘lib, jamiyat va oila oldida o‘z fuqarolik va ahloqiy ma’suliyatini his etadigan, o‘z vazifalarini chuqur bilimlar va yuqori malaka bilan bajara olishga qodir, har taraflama kamol topgan erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi, deb alohida ta’kidlaydi.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling