Oliy ta`limning asosiy ko`rsatkichlari
(1991-2016 yillar)3
Yillar
|
Oliy ta`lim muassasalari soni
|
Talabalar soni
(ming kishi)
|
Professor
o`qituvchilar soni
(ming kishi)
|
Har bir professor
o`qituvchiga to`g`ri
keladigan o`quvchilar
soni
|
1991
|
52
|
340.9
|
…
|
…
|
1995
|
58
|
192.1
|
19.9
|
9.6
|
2000
|
61
|
183.6
|
18.4
|
10.0
|
2005
|
62
|
278.7
|
23.1
|
12.1
|
2010
|
65
|
274.5
|
23.0
|
11.9
|
2016
|
70
|
268.3
|
24.0
|
11.2
|
Sohani isloh qilish bo‘yicha milliy modelimizning o‘ziga xosligi shundaki, unda yangilanishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Avval, ta’lim tizimining huquqiy asoslari shakllantirilib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi va ta’lim muassasalarining ilmiy-metodik jarayonni olib borishi yo‘lga qo‘yildi.
Bugun chet tillarni puxta bilmasdan va egallamasdan turib, kelajakni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shularni inobatga olib, umumta’lim maktablarining birinchi sinfidan chet tillarni o‘rgatishning uzluksiz tizimi joriy etildi. Barcha umumta’lim muassasalarida chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha 17 mingdan ortiq o‘quv xonalari tashkil etildi. 1-sinf o‘quvchilari uchun multimedia varianti ilova qilingan minglab rangli darsliklar chop etildi, malakali chet tili o‘qituvchilari tayyorlandi. Mamlakatimizning barcha hududlarida chet tillarni bir xil sharoitda o‘qitish, qishloq joylarga yuqori malakali ingliz tili o‘qituvchilarini jalb etish maqsadida, tarif stavkalariga 30 foiz qo‘shimcha haq belgilangan holda, ularni moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |