Ijtimoiy soha va uning


-rasm. Ayrim mamlakatlarda oliy ta`lim tizimida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan talabalalar soni.1


Download 1.41 Mb.
bet8/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

1-rasm. Ayrim mamlakatlarda oliy ta`lim tizimida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan talabalalar soni.1

Butun iqtisodiy siyosat va iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi bo‘lgan uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimining asosiy tamoyillari ana shu maqsadga tayanadi. Uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik va xorijiy sarmoyalar bo‘yicha idoralararo kengashning 1996 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan majlisi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu majlisda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan uzluksiz iqtisodiy ta’limni takomillashtirish va rivojlantirishning asosiy strategik yo‘nalishlari belgilab berildi.


Iqtisodiy ta’limni rivojlantirishni takomillashtirish g‘oyat muhimligi muvofiqlashtiruvchi kengash ishida BMTning, Evropa ittifoqining, Jahon bankining, xalqaro valyuta fondining O‘zbekistondagi vakolatxonalari K.Adenauer nomidagi fondini Toshkentdagi vakolatxonasi kabi g‘oyat nufuzli xalqaro tashkilotlarning ishtirok etayotganligi ko‘rsatib turibdi.


2. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz iqtisodiy
ta’lim konsepsiyasi

Uzluksiz iqtisodiy ta’lim konsepsiyasini amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan ta’lim andozalariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdir.





2-rasm. Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari soni
(2000-2016 yillar).2
Konsepsiya Xalqaro standart ta’lim klassifikatsiya (YUSEYD) va xalqaro standart kasb klassifikatsiya (YUSKO) qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Konsepsiya yaratilishidan avval ulkan tadqiqot ishlari olib borildi. Bunda iqtisodiy ta’lim jahon tizimi, ayniqsa, AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va Rossiya tizimi tajribasi o‘rganildi va umumlashtirildi. Umuman olganda, taklif etilgan konsepsiya asosan iqtisodiyot xodimlari tayyorlashning inglizcha-amerikacha tizimiga tayanadi. Ammo unda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tish davri, iqtisodiyot ta’lim bosqichlari va darajalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik yuritish tizimi hisobga olingan.
Uzluksiz ta’limning barcha darajalarini qamrab oladigan konsepsiya tarkibi uning o‘ziga xos jihatidir. Shu munosabat bilan konsepsiyada taklif etilgan uzluksiz iqtisodiy ta’limning asosiy bosqichlari va davrlarini ko‘rsatib o‘tish o‘rinlidir:
1) gimnaziya, 1-9 sinflarni qamrab oladigan [to‘liqsiz] umumiy o‘rta ta’lim bo‘lib, unda iqtisodiyotni o‘rganish boshlanadi.
2) litsey, 10-11 sinflarni qamrab oladigan to‘liq o‘rta ta’lim bo‘lib, unda bozor iqtisodiyoti, biznes va tadbirkorlik tizimi asoslarini o‘rganishga kirishiladi.
3) kollej, tanlangan ihtisoslikka qarab 2-3 yil muddatlik o‘rta maxsus ta’lim. Kollejda iqtisodiy tizim, bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti, moliya, biznes boshqaruvi va h.k. keng o‘rganish boshlanadi.
4) bakalavriat, muddati kamida 4 yil bo‘lgan baza oliy ta’limi tanlangan ixtisoslik bo‘yicha iqtisodchilarni umumiy nazariy, uslubiy va amaliy tayyorlash ta’minlanadi. Bakalavr ixtisosligi yoki kasb yo‘nalishi bo‘yicha umumiqtisodiy va boshqa vazifalarni bajarishini ta’min-laydigan baza bilimga ega bo‘lgan mutaxassisdir.
5) magistratura 2-3 yil davomida ixtisoslik yoki kasbning aniq bir sohasi bo‘yicha uzluksiz iqtisodiy bilim beriladigan oliy kasb ta’limidir. Magistr tanlangan ixtisoslik bo‘yicha nazariy, uslubiy va amaliy bilimga ega bo‘lgan mutaxassis hisoblanadi.
6) doktarantura, uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimidagi ilmiy tadqiqot bosqichidir, muddati 3 yil bo‘lib, u dissertatsiya himoyasi bilan nihoyasiga etadi. Dissertatsiyada aniq iqtisodiy tizimda taklif etilgan iqtisodiy yangilik modelining samaradorligi asoslab beriladi.
7) doktorantura, uzluksiz iqtisodiy ta’lim va ilmiy tadqiqotning oliy bosqichidir. Bu bosqich 3 yilni qamrab oladi. Fan va iqtisodiy tizim sohalariga nazariy va uslubiy yo‘nalish qo‘shishga qodir bo‘lgan yuqori malakali shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Qayd etish kerakki, mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Binobarin, har yili yarim million nafardan ortiq yigit-qiz mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yar ekan, ular uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish chuqur o‘ylangan islohotlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Shu bois, bugungi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda sohadagi islohotlar yanada chuqurlashtirilib, mehnat bozori va resurslarining imkoniyatlarini jadal kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.
1-jadval

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling