Ijtimoiy soha xarajatlarini shakllantirish prinsiplari


Download 26.59 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi26.59 Kb.
#1562878
Bog'liq
1407751537 58256 — копия


Ijtimoiy soha xarajatlarini shakllantirish prinsiplari.
Hozirgi kunda ijtimoiy sohaning rivojlanish darajasi - bu iqtisodiyotning eng muhim ko‘rsatkichi xisoblanadi.
Yuqorida aytib o‘tilgandek, moliya vositasida yaratilgan yalpi milliy mahsulot va uning asosiy qismi bo‘lishi milliy daromad xo‘jalik subyektlari o‘rtasida taqsimlanadi, pul fondlariga aylantiriladi.
Ishlab chiqarishning o‘zida yuz beradigan taqsimlanish, birlamchi taqsimlanish deb ataladi, uning natijasida birlamchi daromad vujudga keladi. Bular foyda, ish haqi fondi, ijtimoiy sugurta uchun ajratmalar, amartizatsiya fondini tashkil etadi.
Birlamchidan so‘ng ikkilamchi taqsimlanish yoki qayta taqsimlanish yuz beradi, bir marta taqsimlangan mahsulot qiymati moliya vositalari — soliqlar va har xil to‘lovlar vositasida qayta taqsimlanadi. Bunda moliyaning o‘zagi budjet asosiy rol o‘ynaydi.
1- ilovadagi chizmada moliyaviy resurslarning ijtimoiy sohalarga taqsimlanishini va qayta taqsimlanishni ko‘ramiz.
Keyingi yillarda iqtisodiy adabiyotlardagi «ijtimoiy soha», «ijtimoiy siyosat», «ijtimoiy himoya», «ijtimoiy yordam», «ijgimoiy sektor» kabi tushunchalarni uchratamiz. Bu tushunchalarni mohiyatini to‘g‘ri tushunish muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy sohalar — alohida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradigan xalq xo‘jaligining shunday tarmog‘iki, uning faoliyati aholini ijgimoiy ehtiyojini qondirishga, turmush sharoitini shakllantirish maqsadiga, fuqarolarning munosib turmush sharoitini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ijgimoiy sohani rivojlantirish va moliyalashtirilishi quyidagi omillarga bevosita bog‘liq bo‘ladi:
• ijtimoiy siyosat;

  • • demografik holat;

  • — aholining o‘sish sur’ati;

  • — aholining yosh bo‘yicha tarkibi.

  • • iqtisodiyotning holati: — aholiga jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM va milliy daromad;

  • — iqtisodiy o‘sish sur’ati.

  • Ijtimoiy soha — bu tushuncha umumiy bo‘lib, ijgimoiy siyosatning:

  • - bandlik va ishsizlik;

  • - aholi daromadlarini ta’minlash;

  • ta’lim va malakaga tayyorgarlik;

  • sog‘liqni saqlash masalalarini qamrab oladi.

chizma. Ijtimoiy soha xarajatlarining tarkibi
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999 yil 9 dekabrdagi 230-son "Davlat budjeti xarajatlari va 2000 yil budjet blankasining asosiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘trisida"gi buyrug‘i.
Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bu "insoniy kapital"ga investitsiyalarni yo‘naltirish va shaxsning ishlab chiqarish va ma’naviy potensialini kengaytirishdan iborat. Ijtimoiy xizmatlar ijgimoiy yordam sifatida soliqlar tushumi hisobiga moliyalashtiriladi, lekin homiylik, tadbirlari hisoblanmaydi. Chunki vaqt o‘tishi bilan bepul va imtiyozli xizmatlardan foydalangan fuqarolar tomonidan bu xarajatlar qoplanadi.
Ijtimoiy yordam - kam ta’minlangan aholi qatlamlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar va imtiyozlar. Biz fuqarolarning ma’lum bir tabaqalariga beriladigan imtiyozlarni, fuqarolarning amal qilayotgan qoida, talab va majburiyatlardan qisman ozod qilinishini tushunamiz. Fuqarolarga beriladigan imtiyozlarning soni va hajmi shu imtiyozdan foydalanish huquqi berilgan fuqaroning haqiqiy daromadlaridan qat’iy nazar beriladi. Bu imtiyozlar bilan har xil tashkilotlar shug‘ullanadi, bu imtiyozlar xarajatlarini moliyalashtirish manbalari ham turlichadir.
Iqgisodchilarimizdan M, Hakimovaning ta’rifiga binoan, ijtimoiy himoya - o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolarga beriladigan nafaqalardir. Bu xarajatlar soliq tushumidan moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy himoya yordamida aholining umumjamiyat ishlab chiqarish faoliyatida qanday qatnashishga qaramasdan, aholining ma’lum tabaqalarini turmush darajasini yaxshilash amalga oshiriladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj mexnatga layoqatsiz aholi tabaqalariga quyidagi toifadagi fuqarolarni kirgizish mumkin:
- nafaqaxo‘rlar, mehnat qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan va o‘zgalar yordamiga muhtojlar;
- butunlay mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotgan, lekin o‘zgalar yordamiga muhtoj emaslar;
- butunlay mehnatga layoqatsizlar;
• qariyalik yeshida pensiya oluvchilar;
• shartli mehnatga layoqatsiz shaxslar (pensiya yoshida mehnat qilish qobiliyatini saqpab qolganlar).
1999 yilda O‘zbekistondagi ishlab turgan 8,9 million kishi 2,0 trillion so‘mdan ortiq yalpi milliy mahsulot yaratdi, shundan 6,7 foizi pensiya ta’minoti uchun ajratildi"
Pensionerlarning pensiyalarining 80 foizi ovqatlanishga xarajat qilinadi, bundan tashqari, 24000 yolg‘iz pensionerlar doimiy parvarishga muhtojdirlar. Bunday vaziyat pensionerlar turmush darajasi muammolarini yanada keskinlashtiradi.
Hozirgi paytda respublikamizda ijtimoiy yordamning quyidagi turlari ko‘rsatilmoqda:
1. Bolali oilalarga nafaqalar:
• homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqa;
• bola tushlganda bir marta beriladigan nafaqa;
• bola 2 yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan nafaqa;
• 16 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalarga nafaqa.
2. Ijtimoiy nafaqalar:
• tug‘ma nogironlar va boshqa toifalardagi nogironlarga;
• ish staji yo‘q qariyalarga;
• boquvchisini yo‘qotgan oilalarga.
3. Ijtimoiy ta’minot muassasalarini saqlash:
• qariyalar va nogironlar uylari;
• kasalmand bolalar uchun internatlar.
4. Turli imtiyozlar
• bepul va arzonlashtirilgan narxda transport vositalari va nogironlar aravachalari berish;
• sanatoriy-kurort yo‘llanmalari bilan ta’minlash;
• protezlash;
• soliqqa doir imtiyozlar.
5. Kam ta’minlanganlik bo‘yicha nafaqalar
Ijtimoiy yordam dasturlarini moliyalashtirishning asosiy manbai davlat budjeti hisoblanadi. Davlat budjeti mablaglari hisobidan:
bolali oilalarga nafaqalar;
keksalar va nogironlar uyidagilarni boqish va xizmat ko‘rsatish;
• nogironlarni mehnatga o‘rgatish, ishga joylash, protez qo‘yish;
• Chernobil’ AESdagi falokatda qatnashganlarga, nogironlarga moddiy yordam beriladi.
Bolalar uchun beriladigan nafaqalarni moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, shuningdek mulkchilik shakplaridan qat’iy nazar korxona, muassasa va tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan ham amalga oshiriladi.

  • +uyidagilar ijtimoiy yordam tizimini moliyaviy va modsiy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda:

  • o‘z fondlari hisobidan o‘z xodimlariga pul to‘layotgan va imtiyozlar berayotgan korxonalar;

  • jamoat tashkilotlari;

kasaba uyushmalari, faxriylar, nogironlar jamiyatlari va boshqalar;
Ijtimoiy sururta- vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi sababli, pensiyaga chiqish munosabati bilan, ishsizligi tufayli aholining yo‘qotgan ish haqini ma’lum qismini qoplashdir. Ijtimoiy sug‘urta shu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi jarayonida hukumat siyosatining asosiy ko‘rinishlaridan biri- ijtimoiy siyosatdir. Buning asosiy sababi shundaki, bozor iqgisodiyoti jamiyatdagi ijtimoiy aloqalarni avtomatik ravishda boshqara olmaydi. Zaynuddinovning fikriga ko‘ra ijtimoiy siyosat — bu aholini turmush farovonligini oshirish, yashash va ishlash uchun yetarli sharoitlarni ta’minlaydigan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Iqtisodchi M. Hakimovaning fikriga ko‘ra, davlatning ijtimoiy siyosati- aholining ijtimoiy himoya qilish vazifalarini bajarish maqsadida uning yuqori va barqaror turmush darajasini ta’minlash uchun davlat tomonidan ko‘riladigan tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Ijtimoiy siyosat har xil davrlarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi va natijalari ham turlicha bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy siyosat — faqatgina kambag‘allar, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotganlar, yoshlar va qariyalarni himoya qilibgina qolmasdan, tabaqalanish jarayonini yumshatadi, siyosiy barqarorlikka kafolat beradi.
Adolat tamoyillariga asoslangan holda ijtimoiy siyosat jamiyatdagi turli sohalar va munosabatlar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlaydi, - deb aytishimiz mumkin.
Amalda bizning respublikamizda ijtimoiy siyosatning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib borilmoqsa:
— ishlab chiqarish sohasida:
— bandlikning yuqori darajada ushlab turish;
— xususiylashtirish va davlat tasarrufidan ommaviy chiqarish amalga oshirilayotganda mehnat jamoalari manfaatlariga rioya qilish;
— ilgari o‘rnatilgan mehnat aloqalarini saqlash;
— kichik biznes va xuyeusiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
— Daromadlarni tatssimlash va qayta taqsimlash sohasida;
ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalarni minimal miqdorini belgilash;
— inflyatsiya o‘sishi sababli aholi daromadlarini indeksatsiyalash;
— daromadlarni kam ta’minlangan fuqarolar foydasiga taqsimlash.
— iste’mol sohasida:
— ichki iste’mol bozorini himoyalash;
— iste’mol mollari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
— tovarlarni erkin almashuviga sharoit yaratish;
— asosiy iste’mol mollari darajasini keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik;
— o‘ta muhim, yuqori kaloriyali oziq-ovqat iste’molini tarkibini takomillashtirish;
— ijtimoiy xizmat iste’moli darajasini keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.
— Ijtimoiy himoya sohasida:
— oilaga qaratilgan nafaqalarni belgilash;
— aholining ijtimoiy himoyasida adresli xarakterni belgilash;
— kam ta’minlangan oilalarga nafaqalarni mahallalar orqali berish;
— aholining ijgimoiy muhofazasi uchun davlat moliyaviy manbalari bilan bir qatorda homiylik, xayriya tashkilotlari mablag‘larini jalb etish;
— davlat tomonidan yuqori tushlishni rag‘batlantirishni kamaytirish.
Fikrimizcha, aholining ijtimoiy jihatidan ko‘llab quvvatlashda, maxsus davlat dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish kerakki, maqsadli dotatsiyalar asosida moliyalashtiriadigan bu dasturlar ekologik va sotsial keskinlikni yukshatadigan, aholining ayrim qatlamlariga yordam ko‘rsatish dasturlari bo‘lishi kerak.
Fuqarolarning ta’lim olishga, sog‘liqni saklashga va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talablari faqat ma’lum chegarada bozor asosida qondirish lozim deb hisoblaydilar.
Bizning respublikamizda davlat milliy boylikni bir qismi qo‘lida bo‘lganligi sababli, shu mablag‘lar hisobidan aholini ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi. Lekin ijtimoiy siyosat hozirgi real vaziyatni hisobga olishi kerak. Chunki ijtimoiy siyosat dinamik, ya’ni sotsial tuzumidagi o‘zgarishlarni hisobga olishi, unga moslashuvchan bo‘lgandagina bunday siyosat faol bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti rivojlangan sari iqtisodiyotning nodavlat sektori malakali ishchi kuchiga talabi oshadi. Shu malakali kadrlar tayyorlash masalalariga, inflyatsiya chiqargan qimmatchilikdan aholi xarid qobiliyatini himoya qilish,narx oshishidan aholi ko‘radigan zararni aholi daromadini oshirish orqali qoplash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aholiga ishsizlik uchun beriladigan nafaqalarga ajratilgan moliyaviy mablag‘larni aholini ishga tayyorlash va qayta tayyorlash uchun, mehnat qilishga qaytarish uchun subsidiyalar, dotatsiyalar ko‘rinishda berish o‘z samarasini berishi mumkin.
+olaversa, bizning respublikamizda olib borilayotgan ijgimoiy siyosat iqtisodiy ahvoldan kelib chiqib, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi, iqtisodiyotga kuchli ta’sir ko‘rsatishi, hozirgi real vaziyatni hisobga olishi, ijtimoiy siyosat faol bo‘lishi maqsadga muvofiq deb bilamiz.
Download 26.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling