Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy madaniyat unsurlarini bilish bugungi dolzarb vazifa hisoblanadi
Download 1.66 Mb.
|
mediasavodxonlik 6 BT 22-S Saidova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumki, har bir axborot tagida manfaat yotadi.
- Media texnologiyalar
Media madaniyat va texnologiyalar Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy madaniyat unsurlarini bilish bugungi dolzarb vazifa hisoblanadi.Biz yuqori texnologiyalar davrida yashayapmiz: istalgan ma’lumotni, o‘zimizga zarur bo‘lgan har qanday axborotni izlashda turli xil ijtimoiy-siyosiy gazetalar, kitoblar va teleko‘rsatuvlardan ko‘ra internetni ma’qul ko‘ramiz.Hazrat Alisher Navoiy bobomiz axborotning shaxs, jamiyat hayotida tutgan ahamiyatini yuksak baholab, bundan besh asr oldin «Agar ogohsen sen, shohsen sen», degan bebaho satrni yozib qoldirgan.Axborot texnologiyalari keskin rivojlanib borayotgan sharoitda axborot xavfsizligi shaxs, jamiyat, davlatning milliy manfaatlarini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.Ma’lumki, har bir axborot tagida manfaat yotadi.Ammo axborotdan milliy va xalqaro manfaatlarga zid kelgan holda foydalanish jinoyat hisoblanadi. Bugungi kunda esa axborot dunyoning ayrim mamlakatlari hamda xalqaro terroristik tashkilotlari qo‘lida asosiy va dahshatli qurol vositasiga aylanib bormoqda.Jamiyatimiz hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan, ta’lim sohasidagi taraqqiyotini internet, televideniye, radio va ommaviy nashrlarsiz tasavvur qila olmaymiz.Dunyoda yuz berayotgan turli voqealar va ma’naviyatimizga zid bo‘lgan ma’lumotlar axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, internet va ommaviy axborot vositalari orqali kirib kelmoqda.Bunda yoshlar internet tizimlaridan foydalanganida, o‘zimizning rasmiy (filtrdan o‘tgan) va ishonchli saytlarimizdan ko‘proq foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalarda jiddiy o‘zgarishlar jarayoni, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasidagi keskin taraqqiyot axborot resurslarining rivojlanishiga olib keldi.Internet veb-sahifalarida turli ma’lumotlar joylashtiriladi. Bu hujjatlar, jadval, diagrammalar, rasm, audio, videolavhalar, kitob va jurnallar, hujjatli hamda badiiy filmlar va boshqalardir.Internet paydo bo‘lishi bilan uning jamiyat axloqiga ta’sir etuvchi muayyan bir jihatlari xususida turli bahslar bo‘lib o‘tgan.Globallashuv, ya’ni turli xil madaniy sharoitda istiqomat qiluvchi va turli tarbiyaga ega odamlarning muloqotda bo‘lishi oqibatida milliy qadriyatlarning qadrsizlanishiga olib kelishi namoyon bo‘la boshladi.Media texnologiyalarMedia texnologiyalar gazeta televideniya internet radio kinomotografiya dasturlar Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling