Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari reja: Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi. Ijtimoiy tarmoqlarning jozibadorligi va yoshlarni o`ziga jalb etishi


Download 17.51 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi17.51 Kb.
#1721053
1   2   3   4
Bog'liq
IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI

To’rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, o’z isbotiga ega bo’lmagan turli xujumkor axborotlarni
kiritish mumkin.
Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g’oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan
qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari jaxondagi barcha mamlakatlari halqini ham tashvishga
solmokda. YOsh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki,
ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uiing taraqqiyotiga yordam
beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning
ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishining oldi olinadi. Axborot
iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki
ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.
Kelgusida yoshlarning axborot muxitidagi ijtimoiy ongini monitoring qilish tizimini
shakllantirish, “virtual” axborot hududida ularning ustuvor nuktai-nazarlarini o’rganiig, kelajak
avlodning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan aholini himoya qilish, o’sib
kelayotgan avlodning media-savodxonligini muntazam oshirib borish, yoshlarning ma’naviyatiga
ta’sir ko’rsatuvchi “ommaviy madaniyat” tahdidi va yot oqimlarning haqiqiy moxiyatini ochib
beruvchi ma’lumotlarni yetkazish tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha faoliyatni yanada rivojlantirish
kabi masalalar jamiyatimiz oldida turgan vazifalardan bo’lib qoladi.
Teletomosha hamda radio tinglash madaniyati, internet, ayniqsa, mobil telefondan
foydalanish madaniyati — barchasini umumlashtirib aytganda, axborot madaniyati asri odamlarni
chin ma’noda shoshirib qo’ymoqda. Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo’lgan mashhur
Marshall Maklyuen (Kanada) o’tgan asrning 70-yillarida “Har bir yangi axborot vositasi o’sha
zamon kishilarini imtihondan, sinovdan o’tkazadi”, deganida, hali kompyuter, internet, mobil
telefon odamzod xayoliga kelmagan edi. Lekin ushbu dono bashorat naqadar to’g’riligini bugungi
hayot, turmush tarzi har qadam, har lahzada ko’rsatmoqda, isbotlamoqda.
Haqli savol tug’iladi: o’z ixtiyorimizdagi axborot vositalaridan foydalanish madaniyati
me’yorlarini nechog’li o’zlashtirganmiz? Ularni amalda qo’llayapmizmi? O’sha jonsiz buyumlar
har birimizni imtihondan, sinovdan o’tkazayotganini — fe’l-atvorimizda yangi axborot
madaniyatiga ehtiyoj orta borayotganini yetarli darajada his etyapmizmi?
Mo’’jizakor axborot vositalaridan zararli maqsadlarda foydalanish, farzandlarimizning
noto’g’ri yo’llarga chalg’ishi, oldi-qochdilarga umrni sovurish, ayniqsa, mobil telefon bois kelib
chiqayotgan ko’plab noroziliklar, ko’ngilsizliklar bu borada qilinadigan ishlar nihoyatda
ko’pligidan darak beradi. Taraqqiy topgan davlatlarda axborot madaniyati (infoetika, mediaetika,
mediata’lim va hokazo) alohida fan, alohida muammo, alohida pedagogika, alohida siyosat
darajasiga chiqdi. Ilmiy markazlar, olimu mutaxassislar ushbu muammolar tevaragida
ixtisoslashgan holda, yuz berayotgan holatni o’rganishmoqda, tahliliy asarlar yaratishyapti. Bu
bejiz emas. -Amerikalik olim
Download 17.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling