Ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillari


Download 1.92 Mb.
bet2/4
Sana10.11.2020
Hajmi1.92 Mb.
#143351
1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL TA'LIM 3-MAVZU

Ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillari

Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, bu shuni anglatadiki, iqtisodiy islohotlar har qanday aqidalar va eskirgan andozalardan holi bo‘lishi va qandaydir mafkuraga bo‘ysunmasligi lozim.

Ikkinchi tamoyil: Davlat – bosh islohotchi, u islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilab berishi va ularni hayotga izchil tatbiq etishi shart.

Uchinchi tamoyil: Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi. Demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga istisnosiz barcha rioya qilishi shart.

To‘rtinchi tamoyil: kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtning o‘zida aholining, ayniqsa kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning, pensiya yoshidagi insonlarning ishonchli ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni qo‘llash zarur.

Beshinchi tamoyil: Bozor munosabatlariga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonuniyatlarni hisobga olgan holda, izchil, chuqur o‘ylab, bosqichma-bosqich evolyutsion yo‘l bilan amalga oshiriladi.

Rivojlanishning «o‘zbek modeli» deb nom olgan jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash modelining amalga oshirilishi tarixan qisqa muddatlarda iqtisodiyotning tarkibini tubdan o‘zgartirish, makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini berdi.

2000-2013 yillarda YAIM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 foizdan 24,2 foizgacha o‘sdi, bunda sanoatning tarkibi sezilarli darajada diversifikatsiya qilindi, bu sanoatda xomashyoga yo‘naltirilishdan ichki va tashqi bozorda talab etilgan tayyor tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi hisoblanadi.

Shu bilan birga, ushbu davrda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘sishining yuqori sur’atlari (har yili o‘rtacha 6,1%) saqlab qolingan holda YAIM tarkibida qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 17,6 foizgacha kamaydi.

O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarkibi, foiz hisobida

2013 yilda sanoatning tarmoq tarkibi, foiz hisobida

O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi.

Asaka va Pitnak shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirildi.

Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.

Shu bilan birga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishlar samaradorligini oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda, ular natijasida 2000-2013 yillarda mehnat unumdorligi 2,1 marta oshib, iqtisodiyotning energiya sarfi 3,2 martaga qisqardi.

Biznes yuritish uchun qulay muhit, xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlar va imtiyozlar keng tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish yaxlit tizimi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga yordam berdi.

2013 yilda mamlakat iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi YAIMga nisbatan 24,1 foizni tashkil etdi. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining 20 foizidan ko‘pini 2,6 milliard dollar umumiy qiymatdagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil qildi, shuning 78 foizidan ko‘pi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston eksportining tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi, eksport monokulturasi – paxtaga bog‘liqlikka barham berildi, uning ulushi 59,7 foizdan 8 foizgacha kamaydi, tashqi savdo jug‘rofiyasi tubdan o‘zgardi, bu mamlakatimizning eksport salohiyatini mustahkamlash imkonini berdi.




Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling