Ijtimoiylashuv jarayoni Free Powerpoint Templates reja


IMKONIYAT, QOBILIYAT, MOYILLIK


Download 415.99 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi415.99 Kb.
#1577858
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ijtimoiylashuv jarayoni

IMKONIYAT, QOBILIYAT, MOYILLIK

  • Inson alohida olingan tur (Homo sapiens) vakilini ifodolovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman inson zotining yig’iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Gegel ta’biri bilan aytganda, «insonning o’zida bevosita mavjudligi qandaydir tabiiydir, bu uning o’z tushunchasiga binoan tashqidir; faqat o’ziga tegishli tana va ruhini takomillashtirish vositasida, mohiyatan o’zini o’zi anglashi sababli ham u o’zini erkin tutadi, u o’ziga o’zi egalik qilishga kirishadi va ham o’ziga, ham boshhalarga nisbatan bo’lgan munosabatlarda o’ziga o’zi egalik qiladi. Bu o’ziga o’zi egalik qilishga kirishish, shuningdek, bu holatni voqyelik deb bilish shuni ko’rsatadiki, inson o’z tushunchasiga binoan (imkoniyat, qobiliyat, moyillik), endi o’zini o’ziniki deb bilishi, o’zini xuddi predmetdek hisoblashi - oddiy o’zini o’zi anglashdan farq qilib, u haqiqatda narsa (buyum) shaklida namoyon bo’la olish qobiliyatiga erishadi»

Individ esa inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biridir. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natijasida uning jamiyatdagi qadriyatlar va me’yorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin yaratadi. Bu jihatdan u ijtimoiy ta’sir obyektidir. Shuningdek, individ ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda faollashadi va bunda u ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga aylanadi. An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha chegaralangan edi. Chunki, an’anaviy jamiyatda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi, shaxslararo munosabatlarning o’ta tabaqalashuvi, o’zaro harakatlar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirish, jamiyat a’zolarini bir-biriga tobelik, urug’chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog’liqligi, boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faolligini cheklab qo’ygan bo’lib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko’rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo’l bermas, o’zaro munosabatlarning esa biqiq bo’lishini taqozo etar edi. 

  • Individ esa inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biridir. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natijasida uning jamiyatdagi qadriyatlar va me’yorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin yaratadi. Bu jihatdan u ijtimoiy ta’sir obyektidir. Shuningdek, individ ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda faollashadi va bunda u ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga aylanadi. An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha chegaralangan edi. Chunki, an’anaviy jamiyatda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi, shaxslararo munosabatlarning o’ta tabaqalashuvi, o’zaro harakatlar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirish, jamiyat a’zolarini bir-biriga tobelik, urug’chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog’liqligi, boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faolligini cheklab qo’ygan bo’lib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko’rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo’l bermas, o’zaro munosabatlarning esa biqiq bo’lishini taqozo etar edi. 

Download 415.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling