Ijtimoviy-gumanitar fanlar kafedrasi
Boshqaruv jarayonida modellashtirish ahamiyati
Download 101.2 Kb.
|
1.Shohjahon Ergashov
1.3. Boshqaruv jarayonida modellashtirish ahamiyati
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi. Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi. «Model» so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani yechish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi. Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Ifodalangan model yordamida kuzatilayotgan ob’ektni bilish modellashtirish deyiladi. Modellashtirish usullari yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo‘lish mumkin: Moddiy modellar va ideal modellar. Iqtisodiy model-iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob’ektning xamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng xarakterli va eng muxim belgilari aks ettiriladi. Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning muxim vositasi bo‘lib xisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob’ektni yoki jarayonni boshlang‘ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy taxlili, modellashtirish natijalarini ob’ekt haqidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni korrektirovkalash xamda oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil etadi. Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos kelishiga bog‘liq. Bitta modelda ob’ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda ob’ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi. Modellashtirish o‘rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun ob’ekt har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so‘ng, uning yordamida ob’ekt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, ob’ekt to‘g‘risidagi bilish jarayoni to‘xtovsiz jarayonga aylanadi Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog‘liq ekan. Matematik usullar va modellar ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin: 1. Iqtisodiy-matematik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi. 2. Matematik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 3. Matematik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi. 4. Iqtisodiy-matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar hisoblash ishlarini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi va iqtisodiy soha xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida prognozlash jarayoniga asoslanadigan asosiy tamoyillar ichida quyidagilarni ajratish mumkin: 1) prognozning ilmiy asoslanganligi (tabiat, jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olib ilmiy metodlar yordamida ishlab chiqish); 2) prognozlashning uzluksizligi (mamlakatda, iqtisodiyotda vaziyatlarning o‘zgarishini hisobga olib prognoz doimo to‘g‘rilanib (korrektirovka) turishi kerak; 3) istiqbol va joriy prognozlashning muvofiqligi (prognozlash o‘zaro bog‘liqlikda amalga oshiriladi, lekin ustivorlik istiqbol prognozlashga beriladi); 4) prognozlarning kelishilganligi (ishlab chiqilgan prognoz aralash prognozlar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak); 5) prognozning ko‘p variantliligi, alternativliligi (prognozning bir necha variantlari ishlab chiqilishi, vaziyatlarning o‘zgarishi holatlarida boshqa variantlardan foydalanish uchun talab etiladi. Odatda prognozni uch varianti mavjud: optimistik, pessimistik va realistik; 6) asosiy omillarni tanlash (prognozlashda hisob-kitoblarga tadqiq etilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillar kiritilgan bo‘lishi kerak). Buning dolzarbligi shundaki, iqtisodiy jarayonlarning o‘zi murakkab, ko‘p omilli va hamma omillarning ta’sirini hisobga olish qiyin; 7) prognoz ishlab chiqishning tizimliligi (prognozlash jarayonini bir tomondan bir butun tizim sifatida, ikkinchi tomondan esa alohida mustaqil bo‘limlardan tarkib topgan murakkab tizim sifatida qaralishi); 8) prognozlarning verifikatsiyalanganligi (prognoz bahosi ishonchli va asoslangan bo‘lishi kerak); 9) adekvatlilik (prognoz modelining real hayotga, tendensiyalarga, qonuniyatlarga maksimal yaqin bo‘lishi kerak); 10) rentabellik (ishlab chiqilgan prognozdan samarani ishlab chiqish uchun qilingan xarajatlardan yuqori bo‘lishi kerak). Prognozlash tamoyillari prognozlash modellari va turli metodlarini metodologik yagonaligini ta’minlaydi. Prognozlarning izlanilayotgan ob’ekt xarakteriga ko‘ra bo‘linishlari har xil qayta ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, prognozlash quyidagilarga ajratiladi: - ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi; - ilmiy-tehnik jarayonlarni ijtimoiy-iqtisodiy xarakterlari va oqibatlari; - iqtisodiyot dinamikalari (sur’atlari, faktlari va tuzilishlari); - bandlik, mehnat resurslari va kadrlarni qayta tayyorlash; - tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; - asosiy fondlar va kapital qo‘yilmalarni qayta tiklash. Prognozlar funksional belgisiga qarab ikkiga (Prognozlash yo‘nalishlariga ko‘ra izlanishli va normativ bo‘lishi mumkin.) - normativ va izlanuv prognozlariga bo‘linadi.Prognozlar funksional belgisiga qarab quyidagi: normativ va izlanuv prognozlariga bo‘linadi Izlanuv prognozi izlanayotgan ob’ektlarning kelajakdagi rivojlanish darajasiga asoslangan bo‘lib, bu darajalarni qo‘llash sharoitlaridan cheklashadi. Uning vazifasi o‘rganilayotgan ob’ekt bor tendensiyalar saqlangan holda qanday rivojlanishini o‘rganishdir. (Izlanishli bashorat – agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa iqtisodiy tizim qanday rivojlanadi?, degan savolga javob beradi. Boshqa so‘z bilan aytganda tizimga ta’sir etuvchi omillar o‘zgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin?) Normativ prognoz izlanuv prognozlaridan farqli o‘larok oldin qo‘yilgan maqsadlar bazasida ishlab chiqiladi. Uning vazifasi maqsad qilib olinayotgan obektning kelajakdagi holatini prognozlash yo‘li va erishish vaqtini aniqlashdir. Boshqacha etadigan bulsak -Normativ prognoz bo‘lajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish yo‘nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim erishish uchun, ta’sir etuvchi omillarga qanday o‘zgarishlar kiritish zarur? Boshqa so‘z bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin? Izlanuv prognozi ob’ektning oldingiga nisbatan kelajakdagi holatini aniqlashdan qaytayotgan bir vaqtda, normativ prognoz teskari tartibda amalga oshiriladi, ya’ni kelajakdagi holatini qo‘yilgan maqsadining tendensiyalari va uni qo‘llash tartibida amalga oshiriladi. Boshqarish tizimida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash vazifalarning turli tumanligi prognozni qurish metodlari va xar hil sistemalarini qo‘llanilishini talab qiladi. Har bir prognoz kerakli informatsiyaning olinishi, ishonchliligi, asoslanganligi, baholanganligi, qayta ishlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Prognoz ishlab chiqarish uchun qanday ma’lumotlarni olishni informatsiya tashuvchining tanloviga, uni olish usullariga, tahlil qilinayotgan ob’ekt rivojlanishini baholovchi mahsus hisob kitoblarga bog‘liq . Amaliyotda prognozlarni ishlab chiqarishni 130 xil metodlari mavjud. Ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni prognozlashda shartli ravishda metodlarini 3 xil muhim guruhlarga bo‘lish mumkin: - ekstropolyatsiya metodi - prognozlashning ekspert baholash metodi - modellashtirish metodi Dinamik vazifada bosh va yagona rivojlanish omili bo‘lib vaqt omili hisoblanadi. Bunda prognoz qilinayotgan parametr vaqt davomidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi vaqt qatorlarini ko‘rsatuvchi vaqt qatorlarini analiz qilish asosida tuziladi. Masalan, mehnat resurslarining quvvati, oqimi, potensialining vaqt davomidagi o‘zgarishlari analiz qilinadi. Prognozlashning dinamik vazifasi prognozlash jarayonini rivojlanishi evolyutsion jarayonlarni bo‘lishini, asosiy parametrlarni bir tomonlama o‘zgarishini talqin qiladi. Bu holatda ob’ekt parametrlarini o‘zgarishini prognozlashda kelajakda uning rivojlanishi retrospektiv amaliyot bilan quriladi. Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyotda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bitta tsiklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik. Birinchi bosqich - iqtisodiy muammoning qo‘yilishi va uning nazariy sifat jihatdan tahlili. Bu bosqichda iqtisodiy jarayon har tomonlama o‘rganiladi, uning ichki va tashqi ahborot aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi asosiy parametrlari aniqlanadi. Bu bosqichda asosan muammoni asl ma’nosi ifodalanadi. Qanday masalalarga javob topilishi kerakligini aniqlash kerak bo‘ladi. Izlanayotgan noma’lum o‘zgaruvchilar nima, qanday maqsadni ko‘zda tutadi, natija nimalarga olib keladi, kabi savollar aniqlanadi. Ikkinchi bosqich - matematik modelni tuzish. Modellashtirayotgan jarayonning iqtisodiy matematik modeli tenglamalar, tengsizliklar tizimi, funksiyalar shaklida ifodalanadi. Oldindan modelni turi, keyin uning o‘zgaruvchilari, parametrlari, aloqa shakllari aniqlanadi. Demak, matematik modelni qurilishini o‘zi bir necha bosqichlardan iborat. Uchinchi bosqich - modelning matematik tahlili. Bu bosqichning maqsadi - modelni umumiy xususiyatlarini aniqlash. Bu yerda modelni matematik usullar bilan tekshiriladi. Eng asosiysi, modelni yechimi borligini isbotlash zarur. Agar modelni matematik yechimi bo‘lmasa, unda keyingi bosqichlarni bajarish mumkin emas bo‘lib qoladi. Shuning uchun yoki masalani iqtisodiy qo‘yilishini o‘zgartirish kerak yoki matematik ifodalashni yanada aniqroq qo‘yilishi zarur bo‘lib koladi. (Modellashtirishning uchinchi bosqichida olingan natija har tomonlama, keng tahlil qilinadi. Tanlangan modelning to‘g‘riligi va sifatini pirovard mezoni bo‘lib amaliyot, olingan natija va xulosalarni haqiqiy ishlab chiqarish sharoitiga to‘g‘ri kelishi, qilingan tahlil va xulosalarni iqtisodiy mazmunga egaligi hisoblanadi. 16 Agarda olingan natijalar haqiqiy ishlab chiqarish sharoitiga to‘g‘ri kelmasa, unda bunday mos kelmaslik sabablari iqtisodiy talqin qilinadi. Bunday sabablar quyidagi hollarda bo‘lishi mumkin: ma’lumotlarni yetarlicha ishonchli emasligi, foydalangan matematik usul yoki modelni o‘rganilayotgan iqtisodiy ob’ektnining xususiyatlari va mazmuniga mos kelmasligi va boshqalar. Asosiy sabab aniqlanganidan so‘ng modelga zarur bo‘lgan o‘zgartishlar kiritiladi, ma’lumotlar tuzatiladi va masalani yechish boshidan takrorlanadi.) To‘rtinchi bosqich –modellashtirilayotgan ob’ekt buyicha iqtisodiy ma’lumotlarni tayyorlash. Modellashtirishda bu bosqichni ahamiyati juda muhim. Ma’lumotni real olinishi, modellarni ishlatilishini cheklashtiradi. Shunda ma’lumotni tayyorlashga ketadigan harajatni e’tiborga olish kerak. Bu harajatlar modellashtirishdan bergan samaradan kam bo‘lishi zarur. Masalani yechish uchun kerak bo‘lgan barcha iqtisodiy ma’lumotlar to‘rejaadi va zarur bo‘lsa statistik usullar bilan qayta ishlanadi. Modelda qatnashadigan koeffitsiyentlar aniqlanadi. Masalani yechish uchun uning dastlabki matritsasi tuziladi. Beshinchi bosqich –masalani yechish algoritmini tuzish, kompyuter dasturlarni tayyorlash va ular asosida masalani hisoblash, yechimini olish. Bu bosqichning murakkabligi, masalaning katta o‘lchamligi va juda katta ma’lumotlar massivlarini qayta ishlashdan iborat. Masalaning matritsasini iqtisodiy ahborotlar bilan to‘ldirilib, kompyuterdagi maxsus dasturga kiritiladi. Oltinchi bosqich -masala yechimini miqdoriy tahlili va uni amalda qo‘llanilishi. Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Masalaning yechimi miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi. Bu yerda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yo‘llari, resurslardan optimal foydalanish variantlari, izlanayotgan noma’lumlarning miqdoriy qiymatlari topiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va biri ikkinchisini to‘ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. ekstropolyatsiya metodi prognozlashning ekspert baholash metodi modellashtirish metodi. Ekstrapolyatsiya metodining mohiyati shundaki, tahlil qilinayotgan ob’ektning o‘tgan zamonda alohida parametrlarini analiz qilishda hamda o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan omillarni tadqiq qilishda jarayonlarni kelajakda shakllantirish yo‘llari va rivojlantirish qonuniyatlari haqida xulosa qilish mumkin. Bu metodda prognozlashda 2 turdagi vazifalarni ajratish maqsadga muvofiqdir: a) dinamik va b) statik analiz vazifalari. Tadqiqotimiz yakunida, boshqaruvni modellashtirishga - Dinamik vazifada bosh va yagona rivojlanish omili bo‘lib vaqt omili hisoblanadi. Bunda prognoz qilinayotgan parametr vaqt davomidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi vaqt qatorlarini ko‘rsatuvchi vaqt qatorlarini analiz qilish asosida tuziladi. Masalan, mehnat resurslarining quvvati, oqimi, potensialining vaqt davomidagi o‘zgarishlari analiz qilinadi. Prognozlashning dinamik vazifasi prognozlash jarayonini rivojlanishi evolyutsion jarayonlarni bo‘lishini, asosiy parametrlarni bir tomonlama o‘zgarishini talqin qiladi. Bu holatda ob’ekt 17 parametrlarini o‘zgarishini prognozlashda kelajakda uning rivojlanishi retrospektiv amaliyot bilan quriladi. XULOSA Xulosa qilish sezilarli darajada mulohazalarga kelindi: yuqorida yuqorita'riflarni umumlashtirgan holda, bizning fikrimizcha, modelo'rganilmoqdaob'ekt-originalga nisbatan «hisobiqkilamchi tizim»lanib, ushbu ob'ektning ishberishi va yaratilgan soddalashtirilgan «ikkilamchi tizim»ga qo'shish yokinatija qayta hosil bo'lgan ob'ektdir. Yuqorida e'tirof etganimizdek, modelni qurish va uni o'rganish ob'ektningtanqidni ochib beradi. Ushbu jarayonda voqelikdagi narsa va hodisalarningishlab chiqaruvchi kompaniya umumiyliktomonini aniqlaydi. YA'ni, umumiylik ob'ektning chiqishidan kelib chiqadi.Umumiylikni yaxshi bilish mumkin emas. U alohidalik orqali bilinadi. qachon,tadqiqotchi ob'ektning modelini qurishda, hissiy bilish jarayonida uning alohidalik,takrorlanmas, individual belgilarni, alohida xossa va har xil oson anglabetadi. So'ngra, mantiqiy bilish usullari bo'lmish taqqoslash, tahlil, sintez,mavhumlashtirish va umumlashtirish orqali mazkur tadbirlarning xususiy vaumumiy tomonlari. SHu tariqa tadqiq qilinayotgan ob'ektning tasviriniaks ettiruvchi modelni qurish alohidalikdan xususiylikka u umumiylikka vayuqori umumiylikka qarab boruvchi sodir bo'ladi. Download 101.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling