Ijtimoyi va kognitiv marketing turizm marketing turi sifatida
Download 0.77 Mb.
|
IJTIMOYI VA KOGNITIV MARKETING TURIZM MARKETING TURI SIFATIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turistik korxonada marketing vazifalarni bajaruvchi savdo bo‘limi
- Turistik korxonasida marketingning mustaqil bo‘limi
- Servis va turizm sohasi korxonasida marketing va turizm bo‘limlarining asosiy maqsadlari
- Marketingning zamonaviy bo‘limi – samarali marketing kompaniyasi
rahbari
Turistik korxonada marketing vazifalarni bajaruvchi savdo bo‘limi3 bosqich. Marketingning mustaqil bo’limi. Firma kengayib borib, marketing tadqiqotlar, yangi tovarlarni yaratish, reklama va savdoni rag’batlantirish, xizmat ko’rsatishni yaxshilashga qo’shimcha mablag’larni ajartishga imkoni paydo bo’ladi. Ayni o’sha vaqtda, savdo bo’limining rahbari, odatdagidek, savdo xizmatini boshqarishga vaqtini va resurslarni tuplaydi. Asta-sekin firma rahbari marketing vazifasini mustaqil bo’limga ajratib olish maqsadga muvofiq bo’lar edi degan fikrga duch bo’ladi. Bu bosqichda savdo va marketing har xil funksiyalar bo’lsa ham, ammo bir-biri bilan uzviy bog’langan. Prezident
Turistik korxonasida marketingning mustaqil bo‘limi
Servis va turizm sohasi korxonasida marketing va turizm bo‘limlarining asosiy maqsadlariKuchlarning bunday taqsimlanishi korxona rahbariga kompaniyaning imkoniyatlarini va muammolarni yanada muvozanatli baholashga imkon beradi. Tahmin qilaylik, firmada savdo hajmi asta-sekin pasayib bormoqda, korxona rahbari muammo yechimini qidirmoqda. Savdo bo’limining rahbari savdo xodimlarni ko’proq jalb qilishga, ularning ish haqini oshirishga, savdoning tadqiqotini o’tkazishga, «kim ko’proq sotadi» degan musobaqani o’tkazishga, savdo vakillarini malaka oshirish kurslariga yuborishga yoki savdoni rag’batlantirish maqsadida tovarlar narxini pasaytirish kabi takliflarni kiritadi. Ammo marketing bo’limining rahbari bozordagi bo’lgan vaziyatni mustaqil tahlil qilish kerak. Kompaniya kerakli segmentlarga xizmat qiladimi? Kompaniya xizmatlari yoki tovarlarga hamda raqiblar mahsulotiga bo’lgan maqsadli iste‘molchilarning qarashlari o’zgarganmikan? bosqich. Marketingning zamonaviy bo’limi. Marketingning mustaqil xizmatining savdo bo’limi bilan birgalikda faoliyat yuritishi eng asosiy kamchilikka ega bo’ladi. Harakatlar tarqoqligi savdoni samarali tashkil qilishga xalaqit beradi, ikkita rahbar o’rtasida ziddiyatlar vujudga keladi, chunki ulardan har bittasi korxona mahsulotini sotishda yetakchi o’rin egallamoqchi bo’ladi. Bu tizimning asosiy kamchiligi Shundaki, ularning vazifalari mustaqil amalga oshiriladi. Shuning uchun ham, zamonaviy marketing asosida marketing va savdo bo’limiga rahbarlik qiladigan direktor lavozimi tayinlanadi. Unga qandaydir marketing vazifalari, hamda savdo menejerlari bo’ysinadi (rasm 10.5). bosqich. Samarali marketing kompaniyasi. Firma faol marketing bo’limiga ega bo’lishi mumkin, ammo bozorda mag’lubiyatga uchrashi mumkin. Hamma narsa haridorlar ehtiyojlariga bo’lgan munosabatga, kompaniyadagi boshqa bo’limlarning marketing ma‘suliyatini o’z zimmasiga olishiga bog’liq. Qachonki barcha xodimlar o’z ishchi o’rinlari bilan ular, eng avvalo, firma tovarlarini sotib oladiganlarga minnatdor bo’lishini ongli ravishda tushunsa, faqat Shunda samarali marketing to’g’risida gapirish mumkin. U yoki bu marketing tashkiliy tarkibining samaradorligi korxona xodimlariga bevosita bog’liq. Bu yerda faqat ularning kasbiy tayyorgarligi emas, balki ma‘suliyat me‘yori ham hisobga olinadi. Prezident
Marketingning zamonaviy bo‘limi – samarali marketing kompaniyasi6 bosqich. Jarayonlar va natijalarga asoslangan kompaniya. Ko’pgina zamonaviy kompaniyalar tashkiliy tarkibni yana o’zgartirib, uni bo’limlarga emas, balki asosiy jarayonlarga mos xolda to’g’rilaydi. Bo’limlarga ajratilgan tashkilotni biznesning yangi mahsulotlarni yaratish, haridorlarni jalb etish va saqlab qolish, buyurtmalarni qayta ishlash va mijozlarga xizmat ko’rsatish kabi asosiy vazifalarni bajarish uchun tusiq bo’ladi deb hisoblaydilar. Bu maqsadlarga erishish uchun kompaniyada marketologlar va savdo bo’limning faol ishtirok etuvchi mutaxassislar aralash komandasi tashkil qilinmoqda. Ular komanda yoki komandalarga hamda marketing bo’limining rahbariga buysindilar (rasm 10.6). Har bitta komanda vaqti-vaqti bilan bo’limlarga o’z a‘zolari faoliyati to’g’risida hisobot berib boradi. Marketing bo’limlari xodimlarning o’qishi, ularni yangi komandalarga tayinlanishi, ular ishini umumiy baholashda javobgar bo’ladilar. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling