Ikki eshik orasi "Ajabo, inson xotirasi-eshigi yopib qo'yilgan omborga o'xsharkan". O’tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi»
Download 191 Kb.
|
Ikki eshik orasi javobli
Parcha
O’tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» romanida “Ot o'rnini toy bosar” deyilganda nima nazarda tutilgan? A) Kimsanning urushga bormasligi B) Zokirning traktorini Zuhra haydashi C) Ra'no Muzaffarni onasi ekanligi D) Barcha javoblar to'g'ri Bolalarni bahona qilma o'zing sog'ingandirsan "fikr kimga tegishli? A) Robiyaga B) Parchaga C) Ra'noga D) Bashor opaga "Urush tamom bo'libdimi? Bolalarim otasini sog'inib ketishdi" gaplar kimga tegishli? A) Qora Ammaga B) Qumriga C) Bashor opaga D) Parchaga Olimjonning akasini ismi Nima? A) Ochil B) Shomurod C) Kimsan D) Umar Raykomning birinchi sekretari yangi kotibi kim edi? A) Umar Zakunchi B) Abdurahmonov C) Vova D) Husan Duma “Qizil Dehqonchilar” urushga plandan tashqari nimalar jo'natgan edi? A) 500 tonna quruq meva B) 300 tonna quruq meva C) 450 tonna quruq meva D) 460 tonna quruq meva Omonning nechta farzandi bor edi? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) Farzandi yo'q edi Muzaffar kim bilan garov bog'lashadi? A) Sherzod B) Abduvali C) Qo'zivoy D) Munavvar Dadam rayonada ishlaydi deb maqtanadigan bola kim edi? A) Abduvali B) Qo'zivoy C) Sherzod D) Tohir “Qo'llarim ofitserning sariq sochlariga yopishib qolgan edi?"fikr kimga tegishli? A) Kimsanga B) Shomurodga C) Oqsoqolga D) Muzaffarga "Oq ilon oppoq ilon oydinda yotganing qani Men yomondan ayrilib yaxshini topganing qani...." Robiya bu qo'shiqni kimdan eshitgan edi? A) Bashor opadan B) Xolposh xoladan C) Qora ammadan D) Zuxra kelindan O'zi mushtdek kallasi xumdek. Doim Sherzodga ergashib yuradi: har narsadan xabardor. O'lgudek mahmadona bola kim? A) Ergash B) Qo'zivoy C) Muzaffar D) Abduvali Ushbu gap kimning hikoyasidan olingan? "Quyosh har kuni uyg'ongan zahoti shunaqa deydi:"Men borman ku bir kiprik qoqgulik qisqagina umringda tinch-totuv yashasalaring bo'lmaydimi?" deyayotganga o'xshaydi. A) Munavvarning B) Robiyaning C) Oqsoqolning D) Muzaffarning Ra'no o'g'li tirikligini eshitib qidirib borganda Muzaffar qayerda edi? A) maktab bog'ida Abduvali bilan yong'oq olayotgandi B) ko'chada Omonni o'ynatayotgan edi C) maktabda zoologiya darsida D) dadasi bilan bozorga ketgandi "O'zining yuzi lagandek. Razm solib qarasangiz oppoq chinni laganning ikki chetiga ikkita piyola to'nkarib qo'yilganga o'xshaydi" deb kimga ta'rif berilgan? A) Abdurahmonov B) Safar aka C) Shavkat Qodirovich D) Zakunchini akasi O'zi yaxshi yigit. Rubob chaladi.Ashula aytadi.Nima ovqat qilsayam moshxo'rdami, makaronmi sayratib yuboradi. Faqat sal befarqroq" deb Muzaffar qaysi o'rtog'ini aytgan? A) Qo'zivoyni B) Abduvalini C) Ergashni D) Maratni "Amaliyam bir etikdek gap. Mana shu etikni kiyginda kerak bo'lsa suv kechib kerak bo'lsa loy kechib yurtning xizmatini qilgin." Ushbu fikr kimga tegishli? A) Umar Zakunchiga B) Shavkat Qodirovichga C) Zakunchini akasiga D) Orif Oqsoqolga Muzaffar Ra'no shim olasan deb bergan pulga nima oladi? A) onasiga ro'mol B) Abduvalining gapi bilan papiros C) do'ppi D) kitob Ra'no "Dunyodagi eng yaxshi insonlar ekan" deb kimlarni aytadi? A) Oqsoqol va Zakunchini B) Shomurod va Robiyani C) Husan Duma va Qora ammani D) Zakunchining akasi va uning xotini Oysarani "Umar aka bari bir yaxshi tashkilotchi edi, qattiqo'l bo'lsayam og'ir paytda katta xizmat qildi, odamlar ig'vo qilaveradi-da" deb Shomurodga kim aytgan edi? A) Ra'no B) Soli so'poq C) Ilhom samovarchi D) Robiya Rashid abzi Xolposh xola uni "Shumqadam" deganida xafa bo'lib qaysi shaharga ketib qolgandi? A) Qrimga B) Moskvaga C) Qozonga D) Rostovga "Ishq ma'shuq ko'ngil ichra avvalo paydo bo'lur kuymasa gar sham, parvona qachon shaydo bo'lur" ushbu baytni kim kimdan eshitgan edi? A) Robiya Ochildan B) Robiya Fotima kelindan C) Zakunchi Soli so'poqdan D) Ra'no Zakunchidan Muzaffar o'qiydigan 7 yillik maktabning direktori kim edi? A) Sulaymon aka B) Olimjon Komilovich C) Sadri Fayzullayevich D) Ma'suda opa "Mo'ylovi Oqsoqolnikidek osilib tushgan serjant.Og'zidan moxorka tushmaydi.14-yilda ham Germaniyaga qarshi urushgan. Qaysi bomba qayerga tushishini yaxshi biladi." Ushbu ta’rif kim haqida? A) Farg'onalik Ergashali aka B) Dyadya Vasya C) Tengiz D) Mixaylov Muzaffarni oyisiga, ya'ni Robiyaga "O'g'lingiz bir qoshiq suv bilan yutgulik qizni qo'ltiqlab yuribdi" deb kim aytgan edi? A) Parcha B) qo'shni xotinlar C) Abduvalini onasi D) Fotima kelin Muzaffarga sinfdosh bo'lgan, Sherzod:"Kim bo'lmoqchisan?" deganda "Bog'cha mudiri" deb javob bergan qoracha qizning ismi nima? A) Gulya B) Munavvar C) Shoira D) Hojiya Ra'no o'g'li Muzaffar tirikligini kimdan eshitib qoladi? A) Bashoratdan B) Marja opasidan C) Robiyadan D) Parcha opadan Oliy bosh qo'mondon buyrug'i bilan jangovar "Qizil bayroq" ordenini olgan im edi? A) Ochilboy B) Kimsan C) Shomurod D) Umar Zakunchi Vyazma degan joyda bir jangda nemislarning 11 ta tankini portlatgan kim edi? A) Ochilboy B) Kimsan C) Shomurod D) Umar Zakunchi Bashor opa yoniga Zuhra kelinni olib Bo'rijar etagidagi birinchi brigadani shudgor qilishga tushib ketdi. Robiyaning zimmasiga nechanchi brigada tushgan yordamchisi kim edi? A) 6-brigada, Olimjon B) 4-brigada, Olimjon C) 4-brigada, Muzaffar D) 6-brigada, Muzaffar Umar akaga Lazakat xola uchun ro'molni kim kooperativ do'kondan olib kelib bergandi A) Ochilboy B) Olimjon C) Oqsoqol D) Ra'no Ushbu fikr kimga tegishli? "Birovni yaxshi ko'rgan odam "nimasini yaxshi ko'rasan?" degan savolga javob berolmaydi." A) Kimsanga B) Ra'noga C) Muzaffarga D) Munavvarga Yangi yil kechasidan qancha vaqt o'tgan bo'lsada Ra'no ich etini yeb yurardi? A) 4 oy B) 3 oy C) 6 oy D) 5 oy Kimning onasi qo'liga urgan sayin shirinlikka batarroq talpinadigan go'dakdan farqi yo'q edi? A) Ra'noning B) Robiyaning C) Munavvarning D) Muzaffarning Qaysi shahardan ko'chirilgan rangsiz, ko'm-ko'k ko'zlari katta-katta o'ris xotin Ra'nolarnikiga joylashgandi? A) Rostov B) Qozon C) Ufa D) Moskva Ra'noning onasini uyida turgan o'ris xotinning haqiqiy ismi nima edi? A) Klava B) Klavdiya C) Marusya D) Masha Marja opaning o'g'lini ismi nima edi? A) Vova B) Valentin C) Nikolay D) Ruslan Marja opaning o'g'lini nechada edi? A) 4 yosh B) 6 yosh C) 5 yosh D) 7 yosh Ra'noning dadasi nimadan o'lgan edi? A) boddan B) chechakdan C) qizamig’dan D) istiqodan O'zi yo'qning ko'zi yo'q deb kim aytgan edi? A) Ra'no B) Umar zakunchi C) Orif oqsoqol D) Husan Duma Odamzod o'limdan qanchalik qo'rqsa ayol kishi ham nimadan shunchalik qo'rqadi? A) xiyonatdan B) yolg'izlikdan C) farzandsizlikdan D) sharmandalikdan Ra'no nimalarning oldida erimaydigan ayol yo'qligini aytadi? A) pul va chiroy B) shirin so'z va maqtov C) kelishgan yigit va obro’ D) amal va mavqe "Yerdan chiqqan qo'ziqorinmanmi" deb kim aytadi? A) Ra'no B) Robiya C) Bashorat D) Parcha Ko'zoynak taqmasa ovqat yeyish uchun og'zini topolmaydigan shapko'r deganda kim nazarda tutilgan? A) Ochil B) Olim C) Rashid D) Parcha "Kambag'alni izzat qilsang chorig'i bilan boshingga chiqadi" ushbu gap kimga tegishli? A) Abdurahmonovga B) Zakunchining tog’asiga C) Umar zakunchiga D) Husan Dumaga Zakunchi kolxozda 2 ta g'alamis bor deydi ular kimlar? A) Ochil va Robiya B) Ra’no va Shomurod C) Orif oqsoqol va Husan Duma D) Husan Duma va Ra’no Zakunchi hayot ham nima qarta o'yinidek gap ekanligini kim aytadi? A) Umar Zakunchi B) Husan Duma C) Orif Oqsoqol D) Ra’no Asarda kimlar o'yindan chiqqan qartalar deyiladi? A) Ochil va Robiya B) Ra’no va Shomurod C) Orif oqsoqol va Husan Duma D) Husan Duma va Ra’no Kim otdan tushsa ham egardan tushmaydigan odam edi? A) Umar Zakunchi B) Oqsoqol C) Husan Duma D) Ra’no Zakunchining tog'asi kim edi? A) Tajribali yurist Xo'jaqulov B) Abdurahmonov C) Yo’ldoshev D) Samadov Zakunchi "kimsan nari borsa bitta bo'zfurushsanda" deganda kimni nazarda tutgan edi? A) akasini B) Ra’noni C) Olimjonni D) Shomurodni Avvalgi raykom Zakunchining tog'asining o'rtog'i edi o'sha raykom kim edi? A) O’lmasxon aka B) Alixon aka C) Ahad aka D) Ozod akA "Hozir daraxtni bir tepsang qiz yog'iladi. Rais yolg'ondan og'iz solsalar rostdan ostonasiga kelib yotib oladiganlar son mingta" DEB kim aytgan? A) Soli so'poq B) Ra’no C) Akasi D) Xo’jaqulov Ushbu gaplarni kim kimga aytgan?👉 "Bu dunyoning jannati ham xotin, do'zaxi ham xotin. Xotin kishiga jilovingni berib qo'ydingmi tamom! Jannatda yuribman deb do'zaxga tushganingni o'zing bilmaysan" A) Zakunchining tog'asi Zakunchiga B) Orif Oqsoqol o’g’illariga C) Zakunchining akasi Zakunchiga D) Zaakunchi o’ziga o’zi aytadi Xotin kishining mushukdan farqi yo'q deb kim aytgan? A) Zakunchi B) Husan Duma C) Orif Oqsoqol D) Xo’jaqulov Kimni ajina chalganiga 10 yildan oshgan bo'lsayam haligacha asorati qolganmish? A) Robiyani B) Ra’noni C) Husan Dumani D) Orif Oqsoqolni Asarda keltirilgan “ ilonning yog'ini yalagan “ obraz kim? A) Zakunchi B) Duma C) Oqsoqol D) Shomurod Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling