Ikki motosiklchi oraliq masofasi


Download 22.68 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi22.68 Kb.
#1010007
  1   2
Bog'liq
harakatga doir testlar


Ikki motosiklchi oraliq masofasi 432 km bo‘lgan ikki shahardan bir-biriga qarab bir vaqtda yo‘lga chiqdi. Agar ulardan birining tezligi 80 km/soat, ikkinchisiniki birinchisi tezligining 80% qismini tashkil etsa, ular necha soatdan keyin uchrashadi?

Muayyan masofani bosib o‘tish uchun ketadigan vaqtni 25% ga kamaytirish uchun tezlikni necha foiz orttirish kerak?

Toshbaqa 1 minutda 50 sm yo‘l bosadi. U 0.1 km masofani qancha soatda o‘tadi?

Paroxod daryo oqimi bo‘ylab 48 km va oqimga qarshi shuncha masofani 5 soatda bosib o‘tdi. Agar daryo oqimining tezligi soatiga 4 km bo‘lsa, Paroxodning turg‘un suvdagi tezligini toping.

Orasidagi masofa 384 km bo‘lgan ikki mashina bir vaqtda bir tomonga harakat qilmoqda. 12 soatdan keyin orqadagi mashina oldingi mashinaga yetib oldi. Keyingi mashinaning tezligi oldingi mashinaning tezligidan qancha ortiq?

Katerning daryo oqimi bo‘ylab va oqimga qarshi tezliklari yig‘indisi 30 km/soat. Katerning turg‘un suvdagi tezligi (km/soat)ni toping.

Poyezd yo‘lda 30 minut to‘xtab qoldi. Poyezd jadval bo‘yicha yetib kelishi uchun mashinist 80 km masofada tezlikni 8 km/soatga oshirdi. Poyezd jadval bo‘yicha qanday tezlik bilan yurishi kerak edi?

Ikki shahardan bir vaqtning o‘zida turli tezlik bilan ikkita avtomobil bir- biriga qarab yo‘lga chiqdi. Avtomobillarning har biri uchrashish joyigacha bo‘lgan masofaning yarmini bosib o‘tgandan keyin, haydovchilar tezlikni 1.5 baravar oshirishdi, natijada avtomobillar belgilangan muddatdan 1 soat oldin uchrashishdi. Harakat boshlangandan necha soatdan keyin avtomobillar uchrashishdi?

Paroxod oqim bo‘yicha A nuqtadan B nuqtaga 9 sutkada borib, B nuqtadan A nuqtaga 15 sutkada qaytadi. A nuqtadan B nuqtaga sol necha sutkada boradi?

Daryodagi A va B pristan orasidagi masofa 84 kmga teng. Bir vaqtning o‘zida oqim bo‘ylab A pristandan kater (turg‘un suvdagi tezligi 21 km/soat), B pristandan sol jo‘natildi. Agar daryo oqimining tezligi 3 km/soat bo‘lsa qancha vaqtdan keyin kater solga yetib oladi?

Bir poyezd A punktdan jo‘natilgandan 2 soat o‘tgach, ikkinchi poyezd ham shu yo‘nalishda jo‘nadi va 10 soatdan so‘ng birinchi poyezdga yetib oldi. Agar ularning o‘rtacha tezliklari yig‘indisi 110 km/soat bo‘lsa, ikkinchi poyezdning o‘rtacha tezligi necha km/soat bo‘ladi?

Motorli qayiqning daryo oqimi bo‘yicha tezligi 21 km/soatdan ortiq va 23 km/soatdan kam. Oqimga qarshi tezligi esa 19 km/soadan ortiq va 21 km/soatdan kam. Qayiqning turg‘un suvdagi tezligi qanday oraliqda bo‘ladi?

Avtomobil butun yo‘lning   qismini 1 soatda, qolgan qismini 2 soatda bosib o‘tdi. Uning birinchi tezligi ikkinchi tezligidan necha marta katta?

Agar tezlik 25% ga ortsa, ma’lum masofani bosib o‘tish uchun ketadigan vaqt necha foizga kamayadi?

Ikki pristan orasidagi masofa 6km. Bir vaqtning o‘zida oqim bo‘ylab birinchi pristandan sol, ikkinchisidan motorli qayiq jo‘natildi va motorli qayiq solni 3 soatda
quvib yetdi. Agar daryo oqimining tezligi 3 km/soat bo‘lsa, qayiqning turg‘un suvdagi tezligi qanchaga teng bo‘ladi?

It o‘zidan 30 metr masofada turgan tulkini quva boshladi. It har sakraganda 2 m, tulki esa 1 metr masofani o‘tadi. Agar it 2 marta sakraganda, tulki 3 marta sakrasa, it qancha (m) masofada tulkini quvib etadi?

Kater va teploxod bir-biriga tomon harakatlanmoqda. Ular orasidagi masofa 120 km. Teploxodning tezligi 50 km/soat. Katerning tezligi teploxodning tezligidan 60% kam. Ular necha soatdan keyin uchrashadi?

Poyezd uzunligi 500 metr bo‘lgan ko‘prikdan 1 minutda, svetofor yonidan shu tezlikda 20 sekundda o‘tadi. Poyezdning uzunligini toping.

Bir vaqtda A va B shaharlardan bir-biriga qarab yo‘lovchi va yuk poyezdi yo‘lga tushdi. Yo‘lovchi poyezdining tezligi 60 km/soat, yuk poyezdiniki esa 40 km/soatga teng. Poyezdlar 3 soatdan keyin uchrashdi. Uchrashgandan qancha vaqt o‘tganidan keyin yuk poyezdi A shaharga yetib keladi?

Daryo oqimi bo‘yicha motorli qayiqda 28 km va oqimga qarshi 25 km o‘tildi. Bunda butun yo‘lga sarflangan vaqt turg‘un suvda 54 kilometrni o‘tish uchun ketgan vaqtga teng. Agar daryo oqimining tezligi 2 km/soat bo‘lsa, motorli qayiqning turg‘un suvdagi tezligini toping.

Uzunligi 200 metr bo‘lgan poyezd balandligi 40 metr bo‘lgan ustun yonidan 50 sekundda o‘tib ketdi. Uzunligi 520 metr bo‘lgan ko‘prikdan shu poyezd o‘sha tezlik bilan necha minutda o‘tib ketadi?

Aerodromdan bir vaqtning o‘zida ikkita samolyot biri g‘arbga, ikkinchisi janubga uchib ketdi. Ikki soatdan keyin ular orasidagi masofa2000 kmga teng bo‘ldi. Agar samolyotlardan birining tezligi boshqasi tezligining 75% qismiga teng bo‘lsa, ularning tezliklari (km/soat) yig‘indisini toping.


Download 22.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling