Ikki muhit chegarasidan qaytgan va singan nurlar


Download 156.33 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi156.33 Kb.
#1234436
Bog'liq
-4-amaliy mashg\'ulot (4)


4-MAVZU.
IKKI MUHIT CHEGARASIDAN QAYTGAN VA SINGAN NURLAR
YORUG`LIKNI UCHBURCHAKLI PRIZMADA SINISHI

1) Monoxromatik nur sindirish burchagi 400 bo‘lgan prizmaning yon sirtiga normal tushmoqda. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi 1,5. Prizmadan chiqayotgan nurning dastlabki yo‘nalshidan og‘ishi topilsin.
2) Monoxromatik nur prizmaning yon sirtiga normal tushadi va undan 250 ga og‘ib chiqadi. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi 1,7. Prizmaning sindirish burchagi topilsin.
3) Teng yonli prizmaning sindirish burchagi 100. Monoxromatik yorug‘lik nuri prizma yon sirtiga 100 burchak ostida tushadi. Agar prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi 1,6 bo‘lsa, nurning dastlabki yo‘nalishidan og‘ish burchagi topilsin.
4) Ba‘zi bir monoxromatik nur uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi 1,6 ga teng. Nur prizmadan chiqayotganida to‘la ichki qaytish ro‘y bermasligi uchun bu nurning prizmaga eng katta tushish burchagi qanday bo‘lishi kerak? Prizmaning sindirish burchagi 450 ga teng.
5) Yorug‘lik dastasi teng yonli prizmaning yon sirti bo‘ylab sirpanadi. Prizmaning chegara sindirish burchagi qancha bo‘lganida singan nurlar ikkinchi yon sirtida to‘la ichki qaytadi? Mazkur nurlar uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi 1,6.
6) Monoxromatik yorug‘lik nuri tog‘ri burchakli teng yonli prizmaga uning yon sirtidan kirmoqda. Nur prizmaga kirgach, gipotenuza chetidan to‘la ichki qaytib, ikkinchi katet orqali chiqadi. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi 1,5 bo‘lsa, yana ichki qaytish ro‘y berishi uchun nurning prizmaga tushadigan eng kichik burchagi qanday bo‘lishi kerak?
7) Monoxromatik nur teng yonli prizmaning yon sirtiga tushib, prizmada singanidan keyin uning asosiga parallel ketadi. U prizmadan chiqishida, o‘zining dastlabki yo‘nalishidan δ burchakka og‘adi. Bu holda prizmaning sindirish burchagi γ, nurning og‘ishi δ hamda bu nur uchun ko‘rsatkichi n o‘rtasidagi bog‘lanish topilsin.
8) Oq yorig‘lik nuri teng yonli prizmaning yon sirtida shunday burchak bilan tushadiki, qizil nur undan ikkinchi yon sirtiga perpendikulyar ravishda chiqadi. Agar prizmaning sindirish burchagi 450bo‘lsa, qizil va binafsha nurlarning dastlabki yo‘nalishdan og‘ishi topilsin. Qizil va binafsha nurlar uchun pirizma materialining sindirish ko`rsatkichi mos holda 1,37 va ,42.
Adabiyotlar.

  1. Volkenshteyn V.S. “Sbornik zadach po obshemu kursu fiziki” M.2004.

  2. Landsberg G.S. "Optika" T 1981.

  3. Karimov R., Otajonov Sh., Eshjanov V., I.|Buribaev |Optikadan masalalar va laboratoriya ishlari to’plami O’quv qo’llanma, Toshkent, 2016.

  4. Qo’yliyev V.T. “Optika” “Fan va texnologiya” T. 2014.

Download 156.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling