Ikki noma’lumli ikki chiziqli tenglamalar sistemasi, ularni yechish usullari mavzusida misollar yechish


Mashg‘ulotning texnologik kartasi


Download 0.53 Mb.
bet2/3
Sana04.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1076957
1   2   3
Bog'liq
13-Tenglamalar sistemasi misollar yechish

Mashg‘ulotning texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

O`quvchi

1-bosqich, kirish
(10 minut)

1.1. Mavzuni, uning maqsadi, kutiladigan o‘quv natijalarini e`lon qiladi. Mashg‘ulot yakka, guruhda ishlash, o’yin texnologiyasini qo‘llagan holda o‘tishni ma’lum qiladi. Baholash turlari, mezonlarini e`lon qiladi.
1.2. Mavzu bo‘yicha o‘quvchilar nazariy va amaliy bilimlarini umumlashtiradi

1.1 Mavzuni yozib oladi.

1.2 Savollarga javob beradi, eshitadi.



2-bosqich Asosiy qism
(65 minut)

2.1. O`quvchilar tenglamalar sistemasi bilan tanishtiradi (1-ilova)
2.2. Mustaqil yechish uchun misollar beradi (2-ilova)
2.3. Test topshiriqlarini tarqatadi
(3-ilova)
2.4. Chaynvordni to’ldirishni topshiradi (4-ilova)
2.5. Son qatnashgan maqollar aytishuviga taklif qiladi (5-ilova)
2.6. Rebusni topishni aytadi (6-ilova)

2.1. Ta`riflarni yozib oladilar;

2.2. Mustaqil yechish uchun berilgan misollarni yechishadi;


2.3. Test topshiriqlarini bajaradi;

2.4. Chaynvordni to’ldiradi.


2.5.Maqollar aytishuvida ishtirok etadi


2.6. Rebusni topadi.



3-bosqich Yakuniy
(5 minut)

3.1. Mavzuga xulosa yasaydi. O`quv jarayonida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantiradi
3.2.Uy ishi uchun vazifa beradi
( 7-ilova)

3.1. Eshitadilar.
3.2. Topshiriqni yozib oladilar




1-ilova
Ushbu masalani qaraylik.


Masala. O`quvchi yig`indisi 10 ga, ayirmasi esa 4 ga teng bo`lgan ikkita son o`yladi. O`quvchi qanday sonlarni o`ylagan?
Izlanayotgan sonlardan birini x bilan, ikkinchisini esa y bilan belgilaymiz. U holda, masala shartiga ko`ra x+y=10 va x-y=4 bo`ladi.
Bu tenglamalarda noma'lum sonlar bir xil bo`lgani uchun bu tenglamalar birgalikda qaraladi va ular ikkita tenglama sistemasini tashkil qiladi deyiladi:
(1)
Chap tomonda turgan katta qavs har bir tenglamani to`g`ri tenglikka aylantiruvchi (x; y) sonlar juftligini topish kerakligini bildiradi.
(1) tenglamalar sistemasi — bu birinchi darajali ikki noma'lumli ikkita tenglama sistemasiga misoldir.
Ikkita son: x=7 va y=3 (1) sistemadagi har bir tenglamani to`g`ri tenglikka aylantirishini tekshirib ko`rish oson:

Bunday sonlar juftligi (1) sistemaning yechimi deyiladi.

Bilib oling
Birinchi darajali ikki noma'lumli ikkita chiziqli tenglamalar sistemasi umumiy ko`rinishda bunday yoziladi: .

bu yerda a1, a2, b1, b2, c1, c2 — berilgan sonlar, x va y — noma'lum sonlar. Masalan, (1) sistemada: a1=1, b1=1, c1 =10, a2 =1, b2= -1, c2 =4.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling