Ikki tarafdan ta'minlovchi elektr uzatish liniyalari Reja Elektr tarmogʻi
Download 19.53 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент Microsoft Word (7)
Elektr tokini uzatish — elektr st-yasidan elektr energiyasini muayyan masofaga elektr uskunalari va qurilmalari yordamida yetkazib berish. Elektr tokini uzatish u. qurilmalariga kuchlanishni kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar, tayanchlarga tortiladigan simli va yerga koʻmiladigan kabelli elektr uzatish liniyalari, avariyaga qarshi va himoyalash avtomatika apparatlari kiradi. Energiya liniya orqali uzatilayotganda sim qarshiligini yengish uchun energiyaning maʼlum qismi yoʻqoladi. Energiyaning yoʻqolish miqdori tok kuchi kvadratiga va simning qarshiligiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Sim qarshiligini kamaytirish uchun uning diametrini oshirish zarur. Simni tejash uchun Elektr tokini uzatish u. liniyalari boshiga kuchlanishni kuchaytiruvchi transformatorlar, oxiriga ega pasaytiruvchi transformatorlar oʻrnatiladi. Natijada uzatilayotgan quvvat (energiya) oʻzgarmaydi, kuchlanish qancha koʻpaysa, liniyadan oʻtayotgan tok kuchi shuncha kamayadi. Liniyaning energiya oʻtkazuvchanlik imkoniyati kuchlanish kvadratiga toʻgʻri, liniyadagi energiyaning yoʻqolishi esa kuchlanish kvadratiga teskari mutanosib boʻladi. Uzatish liniyalarining kuchlanishi uzatish masofasiga, uzatilayotgan elektr quvvatiga bogʻliq.
Uzatish liniyalari yer osti yoki suv osti kabellari va havo liniyalari shaklida qurilishi mumkin. Kabelli elektr uzatish liniyalarida energiya oʻtkazuvchanlik imkoniyati liniyaning aktiv qarshiligi bilan, havo liniyalarida esa induktiv qarshilik bilan cheklanadi. Amalda havo liniyalarining induktiv qarshiligi aktiv qarshiligidan bir necha marta katta boʻladi. Shu sababli ham ancha uzoq masofaga oʻta katta quvvatni uzatish uchun oʻzgaruvchan tok havo liniyalarida induktiv qarshilik taʼsirini kamaytirish choralari koʻriladi: sinxron yoki kondensatorli kompensatorlar, liniyaga parallel ulanadigan induktiv qarshilik — drossellar, liniyaga ketmaket ulanadigan sigʻimli qarshilik — kondensator batareyalari qoʻllaniladi. Oʻzgaruvchan tok uzatish liniyalari albatta uch fazali boʻladi. Elektr energiya uzatish liniyalari faqat oʻzgaruvchan tokda emas, balki oʻzgarmas tokda ham elektr uzatishi mumkin. Liniya orqali uzatiladigan quvvat tokning quchlanishiga va liniyaning uzunligiga bogʻliq. Elektr tokini uzatish u. liniyalari musbat va manfiy qutb simlaridan iborat boʻladi. Liniyada yuqori kuchlanish boʻlishi uchun liniya boshidagi transformatorlar kuchaytirilgan oʻzgaruvchan kuchlanishni toʻgʻrilagichlar yordamida oʻzgarmas tokka aylantiradi. Liniya oxirida invertorlar yordamida oʻzgarmas tok oʻzgaruvchan tokka aylantiriladi, soʻngra transformatorlar yordamida yana past kuchlanishga oʻtkaziladi va isteʼmolchilarga yuboriladi (qarang Elektr tarmogʻi, Elektr taʼminoti). Elektr energiyasini manbadan iste’molchiga uzatishlik uchun energetik tizimlardan foydalaniladi. Bu tizim o‘z ichiga bir qancha elektr stansiyalami qamrab olishi mumkin. Elektr energiyasi qabul qiluvchilar, iste’molchilar guruhlari elektr ta’minoti tizimlaridan energiya oladilar va hamkorlikda energetik tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Qurilma jihozlari qoidalariga (QJQ)ga asosan elektr tarmog‘iga taalluqli qoida va ifodalar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Energetik tizim (ET) elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tar-moqlari, elektr va issiqlik energiyalari iste’molchilarini o'zida mujassamlashtirgan xo‘jalik bo‘lib, elektr va issiqlik energiyalarini muntazam ishlab chiqarishini o‘zgartirish, taqsimlashni ma’lum ko‘rinishda boshqarishni olib boruvchi tizimdir. Energetik tizimlar xalq xo'jaligi uchun elektr va issiqlik energiyalarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Elektr stansiyalari, elektr tarmoqlari (elektr uzatish liniyalari, nimstansiyalar), elektr energiyasini o'zgartirgichlar va elektr energiyasini iste’mol qiluvchilar energetik tizimning elektr qismini tashkil qiladi. Bu qismning vazifasi quyidagilardan iborat: — iste’molchilaming elektr energiyasi va quwatiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish (bunda, tarmoqda hosil bo‘luvchi isroflar va xususiyat ehtiyoj uchun sarflanadigan energiyani hisobga olgan holda); —iste’molchilar iqtisodiy talablarini qondirishni ta’minlash va elektr ta’minoti puxtaligini oshirish; 5 —belgilangan normalarga asosan elektr energiyasini yaxshilash; —elektr energiyasi tannarxini pasaytirish. 1.1-rasmda kuchli energetik tizimning bir bo‘lagi ifodalangan. Uning asosini yirik elektrostansiyalar (TES, GES, TES) tashkil etadi. Elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Ularning kuchlanishi generator turiga qarab 6 — 20 kV bo'ladi. Bu kuchlanish kuch transformatori yordamida yuqori kuchlanishga aylantiriladi. Tuman tarmoqlarida kichik quwat talab qiluvchi iste’molchilar uchun kuchlanish qiymatlari 10, 35, 110 kV bo‘lsa va kattaroq quwatlar talab etilsa, kuchlanish qiymati 110 — 220 kV ga teng. Tizimlararo bog‘lanish esa katta masofalar bo‘lganda 220, 330, 500, 750, 1150 kV (o‘zgaruvchan tok uchun) va 1500 kVga (o'zgarmas tok uchun) teng. l.l-rasm. Energetik tizim: 1 — elektrstansiyalari; 2 — tizimlarni bog‘lovchi elektr uzatish liniyalari; 3 — tizimning ichkibog‘lovchi uzatish liniyalari; 4 — nimstansiyalar; 5 — tuman nimstansiyalari; 6 — loyihalanayotgan tortish nimstansiyalari. v Tortgich nimstansiya (TN) va tuman nimstansiyalari, 1.1-rasmda ko‘rsatilganidek, ikkita energetik tizimdan 6 ta’minlanishlari mumkin. Bunda qo‘shimcha havo (QH) yoki kabel liniyalari (KL) bo‘lishi kerak. Bunday sxema tortgich nimstansiyalarining puxtalik bo'yicha barcha talablarini bajara oladi. Elektr tizim — energetik tizimning bir bo‘lagi hisoblanadi va unda issiqlik tarmog'i va issiqlik iste’molchisi bo‘lmaydi. Elektr tizim muayyan hudud iste’molchilami markazlashgan tarzda elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Elektr stansiya — elektr energiyasi yoxud elektr va issiqlik energiyalari ishlab chiqaruvchi qurilma. Elektr tarmoq — ma’lum bir hududda elektr uzatish va elektr taqsimlagichlami o‘zida mujassamlashtirilgan elektr qurilmalardir taqsimlagich nimstansiyalar va ulami o‘zaro birlashtiruvchi havo va kabel liniyalaridan iborat. Kuchlanishning nominal qiymatiga qarab hamda QJQ ga asosan fazalararo kuchlanish 1 kV ga qadar va 1 kV dan yuqori bo‘lgan guruhlarga bo‘linadi. Birinchi guruh, aksariyat kichik qiymatga ega tarmoq deyilsa, ikkinchi guruh, yuqori kuchlanishli tarmoqni tashkil qiladi. Elektr qurilma — bu shunday qurilmaki, unda elektr energiya ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi yoki iste’mol qilinishi mumkin. Elektr energiyasini qabul qilish, o‘zgartirish va uzatish elektr nimstansiyasida ro‘y beradi. Bu qurilma asosan transformatorlar yoki energiya o'zgartgichlar, taqsimlovchilar, boshqaruvchi, himoyalovchi, ulchovchi va yordamchi elementlardan tashkil topgan. Havo yoki kabel liniyalari orqali elektr uzatish qurimalari tok o‘tkazgich elementlari, ular izolatsiyasi, tutib turuvchi konstruksiya va boshqalardan tashkil topgan. Elektr ta’minlash (GOST 19431-84) — iste’molchini elektr energiyasi bilan ta’minlab turishdir. Iste^molchi sifatida elektr qabul qilgichlar yoxud ma’lum bir hududda joylashgan va texnologik jihatdan bir-birlari bilan uzviy bog‘langan elektr qabul qilgichlar guruhiga aytiladi. QJQ ga asosan elektr qabul qilgich qurilma bo‘lib, unda elektr energiyasi boshqa energiya turlariga aylanadi. 7 Qabul qilgich va taqsimlagich, ba’zan mahalliy (avtonom) elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida xalq xo'jaligi ko'rxonalarida elektr ta’minlash tizimlari tuziladi. U ham nimstansiya, elektr tarmog‘i va mahalliy elektr energiyasi manbaidan iborat. Hozirgi vaqtda aksariyat markazlashgan elektr ta’minlagichlardan foydalaniladi. Bunda iste’molchilar energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar (masalan, energotizim) ga ulanadilar va tashkilot abonentlariga aylanadilar. Markazlashtirilgan elektr ta’minoti ham mavjud bo‘lib, bunda, iste’molchilar korxonaning xususiy elektr manbaidan ta’minlanadi. Elektrik yuklama ayrim tok qabul qiluvchi yoki korxonaning bir qancha iste’molchi guruhdan iborat. Elektr ta’minoti tizimi va elektr qabul qiluvchilar birgalikda korxonaning elektr xo‘jaIigini tashkil etadi. Elektr xo'jaligi murakkab va yuqori javobgarlikni talab etuvchi xo‘jalik hisoblanib, uni boshqarish texnik ekspluatatsiya va xavfsizlik texnikasiga amal qilgan holda olib boriladi. Komplektli transformator nimstansiyasi (KTN) ichki yoki tashqi jihozlar sifatida bo‘lib, uch fazali sanoat chastotali o‘zgaruvchan tokni qabul qilish va taqsimlashga xizmat qiladi. KTN ichiga kommutatsion apparatlar, himoya, avtomatika va teleme-xanika hamda o‘lchov asboblari va qo‘shimcha qurilmalar joylashtirilgan shkaflardan iborat. Komplekt taqsimlovchi qurilmalar ikki turdan iborat: 6 — 10 kV KRU va KSO. Ular bir-birlaridan tubdan farqlanadi. Elektr qurilmaning ishlash tartibi va vazifasini uning elektr sxemasi belgilaydi. Elektr sxemalar prinsipial, montaj sxemalarga bo‘linadi hamda birlamchi va ikkilamchi ulamalar orqali ifodalanadi. Download 19.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling