Ikki tomonlama kanallarni tashkil qilish
Download 145.92 Kb.
|
Ikki tomonlama kanallarni tashkil qilish.
Ikki tomonlama kanallarni tashkil qilish. Ikki abonent (odam-odam, odam-mashina, mashina-mashina) boglanishidagi dialogni ta’minlash uchun uzatish kanali ikki tomonlama ishlashi yoki ikki tomonlama kanal bo‘lishi kerak. YUqorida ko‘rib o‘tilgan namunaviy kanallar bir tomonlama hisoblanadi, demak, ikki tomonlama - dupleks boglanishni tashkil qilish uchun, ikkita bir tomonlama namunaviy-simpleks kanallardan foydalanish kerak. Bunda bir tomonlama kanallarning o‘zaro mustaqilligini saqlagan holda, ular ikki tomonlama yagona tizimga birlashtiriladi. Telefon aloqa o‘zaro boglanishning eng o mmaviy turi bo‘lganligi uchun, ikki tomonlama telefon kanallarini tashkil qilish prinsiplarini kurib chiqaylik. Bundan kelib chiqadigan o‘zaro boglanishlar va xulosalar ma’lumotlarning boshqa turlarini uzatishning ikki tomonlama kanallarini tashkil qilish uchun o‘rinli bo‘ladi. Ikki tomonlama boglanishning bir polosali turt simli tizimi (1.18-rasm), tarixan birinchi telefon aloqaning ikki tomonlama tizimi hisoblanadi. Bunda bir abonentning M mikrofonidan boshqa abonentning T telefoniga uzatish ikki simli liniya orqali f1 …f2 chastotalarning bitta polosasida olib boriladi. Ikki tomonlama boglanishni tashkil qilishning bunday sxemasi iqtisodiy jihatdan va undan foydalanish bo‘yicha maqsadga muvofiq emas, chunki abonentlarga turt simli liniyalarni ulab berish talab qilinadi. 1.18-rasm. Ikki tomonlama telefon aloqani tashkil qilishning bir polosali turt simli sxemasi. Odatdagi abonent liniyalari ikki simli bo‘lgani uchun, mikrofonlar va telefonlarning bunday liniyalarga ulash uchun maxsus ajratuvchi qurilmalar - AQ (telefon apparatining qaramaqarshi joylashish sxemasi)dan foydalanish talab qilinadi. Bunda ikki tomonlama boglanishning bir polosali ikki simli sxemasi hosil bo‘ladi (1.19-rasm), bu boglanishda uzatish u yo‘nalishda ham, boshqa yo‘nalishda ham ikki simli liniyalar orqali va chastotalarning bitta polosasida amalga oshiriladi. 1.19-rasm. Ikki tomonlama boglanishni tashkil qilishning bir polosali ikki simli sxemasi. 1.19-rasmdan ko‘rinib turibdiki uzatish, bir yoki boshqa yo‘nalishlarda chastotalarning bitta polosasida olib boriladi, uzatish yo‘nalishlarini ajratish esa, tavsiflariga ma’lum talablar qo‘yiladigan maxsus AQ yordamida amalga oshiriladi. Ikki simli liniyadan foydalanilayotganda ikki tomonlama boglanishni chastotalarning ikki polosasi yordamida amalga oshirish mumkin: f1…f2 chastotalarning bir (quyi) polosasi A abonentdan B abonentga uzatiladi, f3…f4 chastotalarning boshqa (yuqori) polosasi esa B abonentdan A abonentga uzatiladi. Demak, boglanishni tashkil qilishning ikki polosali ikki simli sxemasida ajratuvchi qurilma (AQ) dan tashqari, boshlangich signallarning chastotalar polosasini uzatish traktiga tegishli yo‘nalishning chastotalar polosasiga o‘zgartiruvchi va qabul qilish traktida esa teskari tomonga o‘zgartirishning chastotalar polosasiga o‘zgartiruvchi kurilmalar bo‘lishi kerak. Uzatish yo‘nalishlarini ajratish, yo‘naltiruvchi filtrlar yoki yo‘naltiruvchi filtrlarning ayrisi d eb ataladigan quyi va yuqori chastotali filtrlar yordamida amalga oshiriladi. Ikki tomonlama boglanishni tashkil qilishning ikki simli ikki polosali sxemasi 1.20 -rasmda keltirilgan. Signalning A stansiyadagi abonentdan B stansiyadagi abonentga (teskari yo‘nalish uchun barcha jarayonlar o‘xshash bo‘ladi) telefon signallarini ikki polosali ikki simli ikki tomonlama uzatish kanali orqali o‘tishini va ulardagi asosiy o‘zgarishlarni ko‘rib chiqaylik. 1-1 (2-2) qisqichlarga ikki simli fizik zanjirlardan foydalaniladigan telefon tarmoqning ikki simli trakti ulanadi, bu trakt orqali telefon signallar f1…f2 telefon chastotalar diapazonida uzatiladi. Bu signallar uzatish va qabul qilish yo‘nalishlariga ajratish uchun mo‘ljallangan ajratuvchi qurilma (1-AQ) ga kelib tushadi. 1-AQ chiqishida n chiqayotgan Fi chastotalar polosasidagi birlamchi signal A stansiyadagi uzat (A-Uz)ga kelib tushadi, bu erda u ikki simli liniya (fizik zani orqali uzatilayotgan f1…f2 chiziqli spektrga o‘zgaradi. stansiyadan B stansiyaga uzatish yo‘nalishidagi chiziqli spekt quyi chastotali yo‘naltiruvchi filtr (QCHF) bi shakllantiriladi. B stansiyada signal QCHF bilan ajratib olin va u qabul qilgich (B-Qq) ning kirishiga kelib tushadi, bu e uning f1…f2 chastotalar polosali telefon spektriga uzgar* sodir bo‘ladi. B-Qq chiqishidan chiqayotgan signal B stansiyani qa qilish va uzatish traktlariga ajratish uchun muljallak ajratuvchi qurilma (2-AQ) ga va nihoyat u telefon aloqaning i simli traktiga kelib tushadi. 1.20-rasm. Ikki tomonlama boglanishni tashkil qilishning ikki polosali ikki simli sxemasi. B stansiyadan A stansiyaga uzatilayotganda B stansiyan uzatkichi (B-Uz) da birlamchi signal f1…f2 spektrining yuq< chastotali yo‘naltiruvchi filtri (YUCHF) bilan ajra olinadigan F3-F4 chiziqli spektrga o‘zgarishi amalga oshiriladi stansiyaning qabul qilish traktida YUCHF chiziqli spekt ajratib oladi va keyin A stansiyaning qabul qilgichi (A-Qq)da f2 telefon spektriga o‘zgartiriladi va nihoyat u A stansi: uzatish va qabul qilish traktlariga ajratuvchi 1-AQ orq telefon aloqaning ikki simli traktiga kelib tushadi. YUqorida ko‘rib chiqilganlardan ayonki, A va B stansiyalard yo‘naltiru vchi QCHF va YUCHF ning ayrilari, uz atishning ajratu yo‘nalishiga o‘rnatilgan ajratuvchi kurilmalar (AQd va A shtrix liniyalar bilan o‘ralgan) vazifasini bajaradi. To‘gridan-to‘gri amalga oshiriladigan telefon aloqaning uzoqligi quyidagi mulohazalarga asoslanib aniqlanadi: telefon apparatining namunaviy mikrofoni chiqishidagi birlamchi signalning o‘rtacha quvvati WM=1 mVt ga, signalning normal qabul qilinishiga tugri keladigan telefonning kirishidagi uning quvvati WT=1 mkVt ga, bir abonentning mikrofoni va boshqa abonentning telefoni o‘rtasidagi joiz so‘nish (kuchsizlanish) AMT=10 lg(WM/WT)=101g(l/l03)=30 dB ga teng. Agar liniyaning so‘nish koeffitsienti α =dB/km ga teng bo‘lsa, u holda to‘g‘ridanto‘g‘ri amalga oshiriladigan aloqaning uzotsligi L=AMT/α ga teng bo‘ladi, u km da ifodalanadi. 1.21-rasm. YUqori va quyi chastotali yo‘naltiruvchi filtrlarning kuchsizlanish tavsiflari. Telefon chastotali kanal (TCHK) - bir tomonlama uzatish kanali hisoblanadi. Ikki tomonlama boglanishni tashkil qilish uchun ikkita TCHK kerak bo‘ladi va ularni telefon tarmoqlarining ikki simli liniyalariga ulash ajratuvchi qurilmalar (AQ| va AQg) yordamida amalga oshirilishi kerak. Download 145.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling