“Ikki uycha” metodikasi


Download 111.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2023
Hajmi111.91 Kb.
#1764826
Bog'liq
01. Ikki uycha



“Ikki uycha” metodikasi 
 
4-7 yoshdagi bolalarning o‘z tengdoshlari bilan munosabatlari xarakteri
ularning guruh a’zolarini yoqtirishi va yoqtirmasligini «Ikki uycha» (2) metodikasi 
orqali aniqlash mumkin. 
Rag‘batlantiruvchi material qog‘oz varog‘ida ikkita katta bo‘lmagan uycha 
chizilgan. Ulardan biri — kattaroq, qizil rangda, boshqasi esa — qora rangda. 
Qoidaga ko‘ra, bu rasmlar oldindan tayyorlanmaydi, bolaning ko‘z oldida qora va 
qizil qalamlarda chiziladi. 
Ko‘rsatma. Mana bu uychalarga qara. Tasavvur qil, qizil uycha seniki va bu 
uyga sen kimni xohlasang o‘shani taklif qilishing mumkin. O‘ylab ko‘r, 
guruhingdagi bolalardan qay birini o‘z uyingga taklif qilasan, qay birini qora 
uychaga joylashtirasan. 
Test o‘tkazish. Bolalarga rasm chizish jarayonida birinchi qizil uychada har 
xil o‘yinchoqlar, kitoblar borligi, qora uychada esa o‘yinchoqlar deyarli yo‘qligi 
tushuntiriladi. Ko‘rsatmadan keyin katta yoshdagi odam bolaning qizil uyga taklif 
qiladigan va qora uychaga joylashtiradigan tengdoshlarining ro‘yxatini yozib oladi. 
Suhbatdan so‘ng bolalardan biror bir tengdoshining joyini almashtirishpi xohlashi 
yoki yana kimnidir esdan chiqarib qo‘ymaganligi haqida so‘rash mumkim 
Natijalar tahlili. Test natijalarini sharhlash oddiy: tengdoshlarini qora yoki 
qizil uychalarga joylashtirishi orqali bolaning kimni yoqtirishi yoki yoqtirmasligini 
bilish mumkin. Tengdoshlarining asosiy qismini qora uychaga joylashtirayotgan 
o‘zi qizil uychada yolg‘iz qolayotgan yoki o‘zini kattalar qurshovida qoldirayotgan 
bolalarga alohida e’tibor berish kerak.
Bu bolalar yoki juda odamovi, muloqotga kirisha olmaydigan yoki o‘ta 
janjalkash, hamma bilan urushishga ulguradiganlar toifasiga kiradi. Bu bolalalarning 
guruhdagi o‘z mavqeidan qoniqish darajasini aniqlash va ularda janjalkash bolalarga 
xos bo‘lgan hukmronlikka intilish hissining mavjudligini ko‘rsatish maqsadida 
«Niqob» usulidagi testdan foydalanish tavsiya etiladi. 
№ Tanlaydigan shaxs 
Tanlaydigan shaxs 










N
«+»tanlovlarsoni 
«-» tanlovlar soni 
Mavqe 


S= NB / Nx(N-1)) 
Bunda S — guruhning emotsional jipslashganligi;
NV — guruhdagi o‘zaro tanlov miqdori;
N — guruh ishtirokchilari soni; 
N-(N-1) — guruhdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zaro tanlovlarning 
umumiy soni. 

Download 111.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling