Ikki va uch atomli spirtlar


Download 44.86 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi44.86 Kb.
#1723844
Bog'liq
Ikki atomli spirtlar


Ikki va uch atomli spirtlar @shokirjonmahkamov

1. Tarkibidagi kislorodning massa ulushi 16/31 ga teng bo’lsa, ikki atomli spirtni aniqlang. A) etandiol B) propandiol C) butandiol D) pentandiol


2. 2 mol etanol 1 mol ikki atomli spirt bilan aralashtirilganda 154 gr aralashma hosil bo’lgan bo’lsa, ikki atomli spirtni aniqlang. A) etandiol B) propandiol C) butandiol D) pentandiol


3. Ikki atomli spirtning yonishi uchun 56 litr (n.sh.) kislorod sarflandi va 35,2 gr karbonat angidrid hosil bo’ldi. Ikki atomli spirtni aniqlang. A) etandiol B) propandiol C) butandiol D) pentandiol


4. C2H4 X1 X2 ushbu reaksiyada hosil bo’lgan X2 moddani aniqlang. A) etandiol B) propandiol C) butandiol D) pentandiol


5. 0,2 mol noma’lum alken KMnO4 ning suvli eritmasi bilan oksidlanganda hosil bo’lgan organik modda tarkibidagi atomlar soni dastlabki alkenga nisbatan 5/3 marta ortgan bo'lsa, reaksiyadan so’ng necha gramm organik mahsulot olingan?


A) 12,4 B) 15,2 C) 18 D) 14,4

6. 0,45 mol alken kaliy permanganatning suvli eritmasida oksidlandi. Reaksiyadan so’ng eritmadagi atomlar soni 1,8 ∙ NA ga ortgan bo’lsa, reaksiyada hosil bo’lgan spirtni aniqlang.


A) C2H4(OH)2 B) C5H10(OH)2 C) C4H8(OH)2 D) C3H6(OH)2

7. 0,3 mol noma’lum alken KMnO4 ning suvli eritmasi bilan oksidlanganda hosil bo’lgan organik modda tarkibidagi atomlar soni dastlabki alkenga nisbatan 4/3 marta ortgan bo'lsa, reaksiyadan so’ng necha gramm organik mahsulot olingan?


A) 18,6 B) 22,8 C) 27 D) 21,6

8. 1 mol ikki atomli spirtning yonish reaksiya tenglamasida jami atomlar yig’indisi 42 ga teng bo’lsa, ikki atomli spirtni aniqlang. A) C2H4(OH)2 B) C5H10(OH)2 C) C4H8(OH)2 D) C3H6(OH)2


9. C2H4 X1 X2 ushbu reaksiyada hosil bo’lgan X1 va X2 larni massa yig’indisini aniqlang.


A) 117 B) 162 C) 179 D) 142

10. 1:3 mol nisbatdagi glitserin va HNO3 ta’sirlashuvidan olingan organik modda molar massasini (g/mol) hisoblang.


A) 227 B) 292 C) 182 D) 179

11. 1,2 mol etilenglikolga yetarli miqdorda natriy metali ta’sir ettirildi,


reaksiya natijasida hosil bo’lgan glikolyatning massasini (g) hisoblang. A) 10,6 B) 21,2 C) 42,4 D) 84,8


12. 0,8 mol etilenglikolga yetarli miqdorda kaliy metali ta’sir ettirildi, reaksiya natijasida hosil bo’lgan vodorodning massasini (g) (η = 50%) hisoblang. A) 10,6 B) 21,2 C) 42,4 D) 84,8


13. 0,5 mol glitseringa 23 gr natriy metali ta’sir ettirildi, reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazning hajmini (l n.sh.) hisoblang. (η=60%) A) 2,24 B) 1,12 C) 6,72 D) 3,36


14. Agar 27,9 g glitseringa x mol natriy metali ta’sir ettirilganda 10,08 litr (n.sh.) gaz ajralgan bo’lsa, x qiymatini aniqlang. A) 0,45 B) 0,9 C) 0,8 D) 1


15. Agar 31 g etilenglikolga natriy metali (yetarlicha) ta’sir ettirilsa, necha litr (n.sh.) gaz ajraladi? A) 11,2 B) 22,4 C) 44,8 D) 67,2


16. Agar 43,4 g etilenglikolga natriy metali (yetarlicha) ta’sir ettirilsa, necha litr (n.sh.) gaz ajraladi? A) 17,92 B) 15,68 C) 10,08 D) 3,36


17. C2H6 A B C Ushbu reaksiyada hosil bo’lgan C moddani 2 mol massasini aniqlang. A) 161 B) 322 C) 145 D) 170


18. Glitserin A ushbu reaksiyada hosil bo’lgan A moddaning 2,5 mol miqdoridagi kislorod atomlari soni Avogadro sonidan necha marta ko’p? A) 14,5 B) 18,5 C) 17,5 D) 16,5
19. 1:2 mol nisbatdagi glitserin va HNO3 ta’sirlashuvidan olingan organik modda molar massasini (g/mol) hisoblang.
A) 152 B) 164 C) 182 D) 179

20. 1:1 mol nisbatdagi glitserin va HNO3 ta’sirlashuvidan olingan organik modda molar massasini (g/mol) hisoblang.


A) 107 B) 125 C) 110 D) 128

21. 4 mol glitserin yangi tayyorlangan Cu(OH)2 bilan ta’sirlashganda tiniq ko’k rangli eritma hosil bo’ldi. Reaksiyada hosil bo’lgan mis (II) glitserat massasini (gr) aniqlang. A) 123 B) 246 C) 492 D) 564


22. C6H12O6 A + aldegid + CO2 ↑ ushbu reaksiyada 1 mol A modda hosil bo’lgan bo’lsa, reaksiyada ajralgan gaz hajmini (n.sh.) aniqlang. A) 22,4 B) 44,8 C) 33,6 D) 67,2


23. CH3CHCH2 X1 X2 X3 X4 ushbu reaksiyada hosil bo’lgan X1 va X2 moddalarning massa farqini aniqlang. A) 17,5 B) 16,5 C) 18,5 D) 20,5


24. Etilenglikol ichki molekulyar degidratlanganda qanday modda hosil bo’ladi? A) dioksan B) sirka aldegid C) alken D) vinil spirt


25. Etilenglikol molekulalararo degidratlanganda qaysi modda hosil bo’ladi? A) dioksan B) sirka aldegid C) alken D) vinil spirt


26. etilen A B C ushbu reaksiyada hosil bo’lgan C moddaning 3,5 mol miqdorida vodorod atomlari soni Avogadro sonidan necha marta ko’p? A) 12 B) 14 C) 28 D) 7


27. 5,6 gr buten-2 ni KMnO4 ning suvdagi eritmasi orqali o’tkazilganda,qanday modda qancha miqdorda hosil bo’ladi? A) 5,7 g propion aldegid B) 9,2 g etil spirt C) 9 g butandiol-2,3 D) 12 g sirka kislota


28. Buten-1 va buten-2 dan iborat aralashma KMnO4 suvli eritmasiga yuttirilganda 34,8 g cho’kma ajralgan bo’lsa, olingan spirtlarning mo’l miqdordagi kaliy bilan reaksiyasi natijasida qancha (mol) gaz ajraladi? A) 0,4 B) 0,6 C) 0,8 D) 1,2

29. Buten-1 va 2-metilpropendan iborat aralashma KMnO4 suvli eritmasiga yuttirilganda 69,6 g cho’kma ajralgan bo’lsa, olingan spirtlarning mo’l miqdordagi kaliy bilan reaksiyasi natijasida qancha (mol) gaz ajraladi? A) 0,4 B) 0,6 C) 0,8 D) 1,2


30. Etilenglikolning suvdagi 40 gr eritmasiga mo’l miqdordagi kalsiy bo’lakchasi tashlanganda 16,8 litr (n.sh.) gaz ajralgan bo’lsa, dastlabki eritmadagi spirtning massa ulushini (%) hisoblang. A) 72,5 B) 75 C) 77,5 D) 80


31. Etilen va propilendan iborat 15,4 g aralashma KMnO4 eritmasida oksidlanishi natijasida olingan spirtlar aralashmasi mo’l miqdordagi kaliy metali bilan ta’sirlashganda 8,96 litr (n.sh.) vodorod ajralgan bo’lsa, dastlabki gazlar aralashmasidagi etilenning mol ulushini (%) hisoblang. A) 25 B) 40 C) 50 D) 80


32. 11,2 g alken kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan oksidlanganda 18,6 g ikki atomli spirt hosil bo’ldi. Bu spirt esa mo’l miqdorda natriy bilan reaksiyaga kirishib 6,72 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Spirtning hosil bo’lish unumini (%) aniqlang. A) 80 B) 75 C) 90 D) 60


33. 16,8 g alken kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan oksidlanganda 22,8 g ikki atomli spirt hosil bo’ldi. Bu spirt esa mo’l miqdorda natriy bilan reaksiyaga kirishib 6,72 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Spirtning hosil bo’lish unumini (%) aniqlang. A) 80 B) 75 C) 90 D) 60


34. x mol etilenglikolning 1/3 qismi ichki molekulyar, qolgan qismi molekulalararo degitratlandi. Bunda hosil bo’lgan organik moddalar 66 g ga farq qilsa, x ni toping. A) 3,5 B) 2 C) 4,5 D) 2,5


35. Dinamit tayyorlashda ishlatiladigan nitroglitserindan 3 mol olish uchun necha gramm nitrat kislota kerak bo’ladi?


A) 189 B) 567 C) 126 D) 504

36. To’yingan ikki atomli spirt yondirish uchun sarflangan kislorod miqdori reaksiya natijasida hosil bo’lgan suvning miqdoriga teng. Yonishi natijasida 1,5 mol karbonat angidrid hosil qiladigan shunday spirt mo’l kaliy metali bilan ishlanganda necha mol vodorod ajraladi? A) 0,3 B) 0,4 C) 0,5 D) 0,6


37. 31 g etilenglikol bilan reaksiyaga kirishadigan 10% li o’yuvchi natriy eritmasini massasini aniqlang. A) 200 B) 300 C) 400 D) 500




~ ~



Download 44.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling