Ikki vа uch o‘lchоvli grаfikа


Download 28.13 Kb.
bet2/7
Sana22.12.2022
Hajmi28.13 Kb.
#1041342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IKKI VА UCH O

Darsning borishi
I.Tashkiliy qism;
II. Takrorlash qismi:
 
1-o’quv topshirig’i
 
TEST
1. Kompyuter grafikasi qanday turlarga bo‘linadi?
a). Rastrli, vektorli va fraktal grafika 
b). Vektorli va frontal grafika
c). Tarmoqli va relyasion grafika 
d). Rastrli va fraktal grafika


2.Rastrli grafikaning asosiy elementi nima?
a). nuqta
b). to’g’ri chiziq
c). uchburchak
d). yacheyka


3.Rastrli grafik dasturlarini toping?
a). AutoCad, Corel Draw
b). Fhotoshop, Paint
c). Mathcad
d). Power Point


4. Adobe Photoshop dasturi nima uchun mo‘ljallangan?
a). Foto tasvirlarni qayta ishlaydigan dastur 
b). Matnli ma’lumotlarni qayta ishlaydigan dastur 
c). Jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlaydigan dastur 
d). Internet xizmatini ko‘rsatuvchi dastur


5. Adobe Photoshop dasturida grafikli tasvirlar formatini ko‘rsating?
a). bmp, tiff, jpeg, gif va hokazo
b). exe, bat, com va hokazo
c). xls, doc, bmp, gif va hokazo
d). bmp, tiff, exe, bat, com va hokazo


6. Vektorli grafikaning asosiy elementi nima?
a). nuqta
b). to’g’ri chiziq
c). uchburchak
d). yacheyka


7.Vektorli grafik dasturlarini toping?
a). AutoCad, Corel Draw
b). Fhotoshop, Paint
c). Mathcad
d). Power Point


8.Fraktal grafikaning asosiy elementi nima?
a). nuqta
b). to’g’ri chiziq
c). uchburchak
d). yacheyka


9.Fraktal grafik dasturini toping?
a). AutoCad, Corel Draw
b). Fhotoshop, Paint
c). Mathcad
d). Power Point


10. Rang modellari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
a). RGB, CMYK, CMY, HSB, HLS, Lab
b). BMP, RGB, CMYK
c). CMY, HSB, TIFF
d). RGB, CMYK, JPEG
 
Reja:


1.2 va 3 o’lchovli grafika va uning ahamiyati;
2. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari;
3. Taqdimot ishlari dasturlari va lmiy vizuallashtirish dasturlari;
4. Modellashtirish 2 o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D).
Umumiy holda grafikadagi tasvirlar ikki xil ko’rinishda: ikki o’lchovli yoki uch o’lchovli shaklda bo’ladi. Ikki o’lchovli grafikaning dasturiy ta`minoti (x,y) koordinata sistemasida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu 2D ko’rinishidagi tasvirdir.
2D turidagi grafiklarning xillari:
aylanma diagramma - Pie
chiziqli grafik - Line
ustunli gistogramma - Bar
ustunli bo’lakli gistogramma - Stacred Bar
min va max qiymatli diagramma - HI-LO
zonali diagramma - Area
x va u li diagramma - x-u
2D turidagi bunday grafiklarni jadval protsessorlarining eng sodda variantlarida ham hosil qilish mumkin: SC3, SC4,MS Excel, LOTUS 1/2/3, FW-1/2/3 va hokazo.
Uch o’lchovli grafikaning dasturiy ta`minoti tekis ekranda (x,y,z) (3D) koordinatalari sistemasida tasvirlarni hosil qilish imkoniyatini beradi. Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.
3D turidagi grafika amaliy dasturlar paketining eng oxirgi versiyalarida amalga oshirilgan. (masala, SC5.6; FW-4; FaxGraph, Statgraphics - 3.5; QuattroPro 4.0 va xokazo).
4D grafigi - vaqt sistemasidagi uch o’chovli tasvirdir. Shuningdek 2,5D turidagi tasvir ham mavjuddir. Bu 2D ko’rinishli tasvir bo’lib 3D tasvirining ba`zi bir xususiyatlari bilan to’ldirilgan (masalan, ustunli diagrammada har bir ustun yo’g’onligi ham ko’rinib turadi).
2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
2 o’lchovli va 3 o’lchovli grafikaning turli hil kasblarda ishlatiladi va ulardan ko’plab kino yaratuvchilar keng foydalanishadi.

Download 28.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling