Ikki vektor orasidagi burchak va ularning skalyar koʻpaytmasi ” mavzusida olib borgan mashg`uloti muhokamasining bayonnomasi


Download 12.93 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi12.93 Kb.
#1165735
Bog'liq
4-bayonnoma (2) (1)


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Matematika fakulteti 4-kurs talabasi Norkuvatov Xasanning Pastdar’gom tumani 47-umumta`lim maktabi 9-"A"sinfda “Ikki vektor orasidagi burchak va ularning skalyar koʻpaytmasi ” mavzusida olib borgan mashg`uloti muhokamasining
BAYONNOMASI

Pastdar’gom tumani


9.12.2022-yil
Darsga qatnashganlar: Metodist, fan o`qituvchisi, talabalar va boshqalar.
O`qituvchi: Talaba darsni yo`qlama qilishdan boshladi. Bugungi darsda amaliyotchi o`qituvchida hayajonni ko`rmadik. Bu esa amaliyotchining darsni yaxshi tashkillashtirishiga yordam berdi. U o`tilgan darsni qisqa takrorlab o`tdi. Bu esa o`quvchilarning o`tgan mavzudagi tushunchalarni mustahkamlashga va yangi mavzuni tushunishlari uchun biroz yordam berdi. Yangi mavzu “Ikki vektor orasidagi burchak va ularning skalyar koʻpaytmasi” bo`lgani tufayli uni o`tgan mavzudagi asosiy tushunchalarga bog`lab tushuntirdi. Amaliyotchi o`qituvchi darsni yaxshi tushuntirdi, o`quvchilarning savollariga yaxshi javob berdi, ko`rgazmali materiallardan foydalandi. Misol va masalalar yechib namunalar ko`rsatdi. O`quvchilarni baholash uchun ularni doskaga chiqarib misollar yechkizdi. Doskaga chiqqan o`quvchilarni baholadi. O`quvchilar bilan birgalikda savol-javob uyushtirdi. Talaba ba`zi o`quvchilarni nazardan chetda qoldirdi. Bu esa talabaning birozgina kamchiligi bo`ldi. O`quvchilarni uyga vazifa bajarganligini tekshirdi.
Metodist: Bugun biz Norkuvatov Xasanning 9-"A" sinfga “Ikki vektor orasidagi burchak va ularning skalyar koʻpaytmasi” mavzusida o`tgan sinov darsini muhokama qilamiz. Talaba darsni mazmunli tashkillashtira oldi, bu uning matematika fanidan yetarlicha bilim, ko`nikma va malakaga ega ekanligini bildiradi. Dastlab, u o`tilgan mavzuni tushuntirishda, o`quvchilarga an`anaviy usullardan foydalanib dars o`tdi. Dars davomida o`quvchilar ham faol ishtirok etishdi. Darsda ko`rgazmali o`quv qurollaridan foydalandi. Dars oxirida esa uyga vazifalar berib darsni yakunladi. Dars yakunida darsning xulosasini keltirib o`tdi. Bu esa talabaning yutug`idir.
Amaliyotchi: Bugungi darsim “Ikki vektor orasidagi burchak va ularning skalyar koʻpaytmasi” mavzusida edi. Darsni tashkiliy qismdan boshladim, davomatni tekshirdim. O`quvchilarni uyga vazifalari bajarilganini va darsga nechog`lik tayyor ekanligini ko`zdan kechirdim. O`tgan mavzuga oid savollar berdim. Yangi mavzuni tushuntirishda avval, nazariy qismini yoritib berdim va keyin namunaviy misollar ko`rsatdim.
Opponent: Talaba darsga kirdi, davomatni tekshirdi, darsni boshladi, deyarli o`quvchilarni barchasini darsga qiziqtira oldi. Mavzuni tushuntirishda har bir xossasi misollar bilan tushuntirdi. Darsda vaqtni to`g`ri taqsimlay oldi, uyga vazifalarni vaqtida berdi va darsni yaxshi o`tdi.
Amaliyotchi o`qituvchi Norkuvatov Xasanning ushbu darsi uchun ____ ball qo`yildi.
Metodist: __________
O`qituvchi: __________
Opponent: __________
Amaliyotchi: Norkuvatov X
Download 12.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling