Chiziqli tenglamalar
Asosiy maqola:
Chiziqli tenglama
Tenglama turlari
Chiziqli tenglama bu ikkala tomoni ham
birinchi darajali (nomaʼlum)
koʻphadlardan iborat tenglamadir. Chiziqli
tenglamani quyidagi koʻrinishda ifodalash
mumkin: ax + b = 0, bu yerda a — nol
boʻlmagan son, b — ozod had.
Kvadrat tenglamalar
Asosiy maqola:
Kvadrat tenglama
Kvadrat tenglama koʻp hadli, bir
oʻzgaruvchili va ikkinchi darajali
tenglamadir. Umumiy koʻrinishi odatda
quyidagicha ifodalanadi:
Chiziqli tenglama grafigi
Bu yerda a, b, c — haqiqiy sonlar va a≠0.
Agar a=1 boʻlsa, kvadrat tenglama
keltirilgan tenglama, agar a≠1 boʻlsa,
keltirilmagan tenglama deyiladi. a, b, c
sonlari quyidagicha ataladi:
a — birinchi (bosh) koeffitsiyent;
b — ikkinchi koeffitsiyent;
c — ozod had.
Kvadrat tenglama ildizlari quyidagi
formula boʻyicha topiladi:
Ratsional tenglamalar
Asosiy maqola:
Ratsional tenglama
Ratsional tenglama deb ratsional
ifodalardan tuzilgan tenglamaga aytiladi.
Agar f(x) va g(x) ratsional ifodalar boʻlsa,
tenglama ratsional tenglama deyiladi.
Bunda agar f(x) va g(x) butun ifodalar
boʻlsa, tenglama butun tenglama deyiladi.
Agar f(x), g(x) ifodalardan hech
boʻlmaganda biri kasr ifoda boʻlsa,
f(x)=g(x) ratsional tenglama yoki kasr
tenglama deyiladi. Chiziqli, kvadrat
tenglamalar butun tenglamalardir.
Bikvadrat tenglamalar
Asosiy maqola:
Bikvadrat tenglama
Bikvadrat tenglama deb toʻrtinchi darajali
tenglamaga aytiladi. Umumiy koʻrinishi
quyidagicha ifodalanadi:
Bu yerda a≠0.
Do'stlaringiz bilan baham: |