Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari. Reja


Chastotasi manipulyatsiyalangan signal spektri


Download 475.17 Kb.
bet4/9
Sana02.01.2022
Hajmi475.17 Kb.
#195204
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 мавзу ТваСИ

Chastotasi manipulyatsiyalangan signal spektri xuddi shu usulda aniqlanadi va uning spektri ikki xil qiymatga ega bo‘lgan va chastotalarni davriy signal bilan amplitudasi bo‘yicha manipulyatsiyalash natijasida olingan spektrlar yig‘indisiga teng bo‘ladi (8.4-rasm).

8.4-rasm. ChMn signal spektri


Avval ko‘rib chiqilgan, modulyatsiyalangan signallarni shakllantirishda tashuvchi sifatida yuqori chastotali garmonik signallardan foydalanib, ushbu tashuvchi amplitudasi, fazasi va chastotasini nisbatan past chastotali modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiyalagan (uzatilayotgan xabar signaliga mos ravishda o‘zgartirgan) edik. Raqamli aloqa tizimlarida (radiotelemetriya, radioboshqaruv va boshqalar) birlamchi axborot tashuvchi sifatida impulslar ketma-ketligidan ham foydalaniladi. Bu impulslar ketma-ketligi quyidagi asosiy parametrlarga ega: impuls amplitudasi, takrorlanish chastotasi, impuls davomiyligi. Ushbu parametrlarning birortasini uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgartirish natijasida impulslarni modulyatsiyalash amalga oshiriladi. Ushbu modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketligi bilan ikkilamchi – asosiy garmonik tebranish signali amplitudasi, chastotasi yoki fazasini modulyatsiyalash natijasida IAM-AM, IAM-ChM, IAM-FM, IChM-AM, IChM-FM, IKM-AM, IKM-ChM va h.k. yuqori chastotali signallar shakllantiriladi va radiokanallar orqali uzatiladi [2].


Download 475.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling