Ikkinchi alomat ozuq-ovqat topish ilinjida dengiz qushlari uzoq masofalarni uchib o’tishga majbur bo’lishmoqda. Bunday suratda barcha baliq turlari yo’qolib ketish xavfi ostida qoldi


Download 14.82 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi14.82 Kb.
#1191083
Bog'liq
Ikkinchi alomat ozuq


Ikkinchi alomat ozuq-ovqat topish ilinjida dengiz qushlari uzoq masofalarni uchib o’tishga majbur bo’lishmoqda.Bunday suratda barcha baliq turlari yo’qolib ketish xavfi ostida qoldi.Dakarda ananaviy baliq ovi gullab yashnar edi bugun esa ularning turlari tobora kamayib bormoqda.Baliq sayyoradagi har beshinchi inson uchun asosiy ozuqa vositasi hisoblanadi.Ajablanarlisini tasavvur qilaolamizmi? Tashlandiq qayiqlar ,baliqsiz dengiz… Biz zahiralar cheksiz emasligini unutdik.500 million kishi cho’llarda yashaydi.Bu esa butun Yevropaning aholisidan ko’proq edi.Ular suvning qadr qiymatini bilishadi ular undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishni bilishadi.Ularning hayoti tuproq ostidan qazib olinadigan cho’llardagi yog’ingarchiliklar tufayli shakllanib brogan suv manbalariga bog’liq.Bu suvlarga 25 ming yil to’lgan.Bu qazilma suvlar cho’lda ekin yetishtirishda bu esa o’z o’rnida mahalliy aholini ozuq ovqat bilan to’ydirishga imkon bera oladi.Maydonlarning bu dumaloq shakli dalalarning sug’orish tizimlariga bevosita bog’liq jarayondir. Har narsaning o’ziga yarasha qiymati bor.Masalan qazilma suvlar qayta tiklanmaydi.Saudiya Arabistonida cho’lda sanoatlashgan qishloq xo’jaligi haqidagi orzular puchga chiqdi. Tasvirdagi dog’larga o’xshaydigan bu yorug’ dog’lar tashlandiq hududlardan tashkil topgan.Sug’orish uskunalari hali ham ishlab turibdi. Suv nasoslari uchun energiya ham bor ammo qazilma suv zahiralari juda kamayib ketgan.Isroil sahroni qishloq xo’jalik yurtiga aylantirdi ammo bu issiqxonalar tomchilab sug’oriladigan bo’lsa ham suv iste’moli eksport hajmi ortidan o’sishda davom etmoqda.Bir paytlar to’lib toshgan Yardan daryosi endi shunchaki anhor.Uning suvi horijiy supermarketlarda sabzavot va meva qutilarida oqib ketdi.Yardan daryosining bunday qismati istisno emas sayyoradagi har o’ninchi toshqin daryo avvalgidek yiliga bir necha oy davomida dengizga quyilmaydigan bo’ldi.O’lik dengiz bunday nomni o’zining juda sho’rligi sabab har qanday hayotni imkonsiz qilib qo’yganligi tufayli oldi.Yardan daryosi suvidan mosuvo bo’lgan O’lik daryosi yilliga bir metrdan suv sathini kamaytirib kelmoqda.Isitish natijasida yuzaga kelgan bug’lanish tuz yig’indisidan har xil kichik orollarni yaratadi.Ular juda chiroyli ammo behayot.Hindistonning Rajastonida Udaypur shahrida haqiqiy suv mo’jizasini ko’rish mumkin.Bu shahar sun’iy ko’lni vujudga keltirgan suv ombori va kanallar tizimi tufayli paydo bo’ldi.Arxitektorlar uchun suv shunchalik qadrli bo’lganki unga atab saroy bunyod etishgan.Hindiston 21-asrda suv tanqisligi tufayli eng ko’p azob chekayotgan mamlakatga aylanishi mumkin.Ommaviy irrigatsiya o’sib borayotgan aholini oziqlantirdi. So’ngi 50 yil ichida 21 million quduq qazildi.Ocharchilik ustidan qozonilgan bu g’alabaning boshqa tomoni ham bor. Mamlakatning ko’p joylarida parmalar suvni olish uchun judayam chuqur kirishga majbur bo’lishdi.
Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling