Ikkinchi jahon urishi davrida irigatsiya ishlari


Download 426.53 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi426.53 Kb.
#1747395
Bog'liq
Ikkinchi jahon urishi davrida irigatsiya ishlari

Ikkinchi jahon urishi davrida irigatsiya ishlari

Jumaboyev Sohibjon


Respublika mehnatkashlarining front orqasidagi mehnat jasoratlari tufayli 10 oy ichida Sirdaryo jilovlanib, Farhod GESi bunyod etildi. Uning ikki agregati (birinchi navati) 1946 yili ekspluatatsiyaga topshirildi. Respublikada urush yillarida Tovoqsoy, Oqtepa, Oqqovoq, Qibray, Solar, Qutbozsuv va boshqa gidroelektrostansiyalar qurilib ishga tushirildi. Natijada respublikada elektroenergiya ishlab chiqarish 1940 yildagi 482 million kv soatdan 1945 yilda 1.187 million kv soatga ko‘paytirildi. Urush yillarida respublikada yoqilg‘i sanoatini rivojlantirishga ham katta e’tibor berildi
Urushgacha asosan paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan respublika endi paxtachilik bilan birga qishloq xo‘jaligini boshqa tarmoqlarini ham rivojlantirishi, frontga, aholiga paxta bilan birga ko‘p miqdorda don, qand lavlagi, pilla, poliz mahsulotlari yetkazib berishi kerak edi.
Urush yillarida qishloq mehnatkashlarining mehnat jasoratlari tufayli respublikada yangi suv inshootlari qurildi, yangi yerlar ochilib, ekin maydonlari kengaytirildi. Jumladan bu yillarda Shimoliy Toshkent kanali, Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg‘ona, Sox-Shohimardon, Uch-qurg‘on kanallari Kosonsoy suv ombori qurildi, Katta-qurg‘on suv omborini suv bilan to‘ldirish boshlandi
Shimoliy Toshkent kanali
Yuqori Chirchiq kanali
Bu suv inshootlarining qurilishi natijasida faqat 1942-1943 yillardagina respublikaning sug‘oriladigan yerlar maydoni 546 ming gektarga ko‘paydi. Buning natijasida respublika ham 1942 yili 1940 yildagiga qaraganda g‘allani 45% ga ortiq topshirdi
1944-45 yillarda urush sharoitida soha uchun katta qyinchiliklar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, davlatga paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda yuqori natijalarga erishildi
Download 426.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling