Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


O’zbekistonda pandemiya sharoitida iqtisodiyot


Download 139.38 Kb.
bet22/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

14.9. O’zbekistonda pandemiya sharoitida iqtisodiyot.


Jahon iqtisodiyoti global pandemiya sharoitida tarmoqlarning o‘zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, barcha sohalarga sun’iy intelektning joriy etilishi bilan bog‘liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. BMT tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilga kelib, dunyo bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning qariyb chorak qismi raqamli texnologiyalarga bog‘liq bo‘lib qolishi prognoz qilinayotgan hozirgi sharoitda, bu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish eng to‘g‘ri strategik yo‘nalish hisoblanadi.
Yurtimizga xam joriy yilning 16 mart sanasidan Pandemiya to’lqini kirib keldi. Global hamjamiyatning bir bo’g’ini sifatida iqtisodiy inqirozning salbiy ta’siri O’zbekistonni ham chetlab o’tmaydi. Xalqaro valyuta jamg’armasining ma’lum qilishicha, pandemiya natijasida global iqtisodiyot bu yil 3,0 foizga pastlashi kutilishi aytilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakatimiz aholisi bandligi masalalariga bagʻishlangan yigʻilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga yana bir bor alohida toʻxtalib oʻtgan edi. Koronavirus pandemiya shiddat bilan tarqalgani 2020-yilgi iqtisodiy rejalarimizga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi, - deydi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov. Lekin jiddiy muammolar yoʻq. Oxirgi yillardagi iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiy koʻrsatkichlarimiz ancha oʻsdi. Bu mamlakat qudratining barqarorligiga olib keladi. Soʻngi uch yilda oltin zaxiramiz 3 milliard dollarga oshganini xalqaro reyting agentliklari ham eʼtirof etmoqda. YAIM birinchi chorakda 4,1, infliyatsiya 2,8 foiz boʻldi. Sanoat mahsulotlari 4 foizga, Qishloq xoʻjaligi qariyb 4 foizga koʻpaydi. Yil yakunigacha iqtisodiy oʻsish 1,5-2 foizni tashkil etishi, inflyatsiya esa oʻtgan yilgidan pastroq boʻlishi kutilayapti.Mamlakatimizda mazkur kasallikka chalingan bemorlar, kasallikka gumondorlarga davlatimiz tomonidan bepul tibbiy yordam koʻrsatilmoqda, – deydi sogʻliqni saqlash vaziri A. Shodmonov. – Bu ishlarda davlatimiz, turli tadbirkorlik subyektlari katta moliyaviy koʻmak berayotgani tahsinga sazovor. Oʻtgan yili dekabr oyida shu mavzu ochilgan boʻlsa, joriy yil boshidan boshlab ilk alomatlar koʻrina boshlandi. Prezidentimiz bu holatni toʻgʻri anglab, maxsus farmon va qarorlar qabul qildi. Bu esa karantin davrida koronavirus infeksiyasiga qarshi ishlarni tizimli amalga oshirishda muhim omil boʻldi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu saʼy harakatlarda bizga katta yordam bermoqda. Ayniqsa, karantin eʼlon qilingani, xalqimiz salomatligini oʻylab keng koʻlamli cheklov joriy etilgani kasallik tarqalishiga toʻsqinlik qildi. Hozir asta sekin kasallikka chalingan bemorlar tuzalmoqda.Maʼlum qilinishicha, shifokorlar uchun himoya vositalari, kasalxonalar qurish, jihozlash, yangi klinikalar, karantin majmualari tashkil etish uchun 3,5 trillion mablagʻ ajratildi va sarflanayapti. Hozirgacha esa 600 milliard soʻm homiylik yordami yigʻildi. “Oʻzbekiston Mehr shavqat va salomatlik” jamoat fondi orqali 71 milliard mablagʻ jamlandi. Tibbiyot muassasalarining qurilishi uchun 407 milliard ajratildi, – deydi Moliya vaziri Timur Ishmetov. Ijtimoiy himoya, yaʼni jamoat ishlarini tashkil etish uchun birinchi bosqichda 50 milliard soʻm berildi. Aslida 200 milliard mablagʻ ajratish belgilangan edi. Kasaba uyushmalari federatsiyasiga 100 milliard berilishi koʻzda tutilgan edi, hozirda 60 milliard ajratildi. Gaz, suv, elektr energiyasi xonadonlarda uzluksiz boʻlishi uchun tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlab turish shart.Virusdan xoli hududlardagi bir qator sanoat korxonalarida, qurilish maydonlarida, fermer va klaster xoʻjaliklarida, sanitar-epidemiologik normalarga qatʼiy amal qilgan holda, ishlar asta-sekin boshlandi. Hozirgi paytda aholimizning yordam va koʻmakka muhtoj qatlamlarini aniq, manzilli asosda qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish uchun amaliy ishlar boshlandi. Hozir aholi salomatligini saqlash birinchi oʻrinda, - deydi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov. – Karantin qoidalariga toʻliq amal qilish, barcha jabhalarda faol harakatlarni olib borish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. Bu jarayon tadbirkorlar faoliyatiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida barcha choralar koʻrilgan. Minglab tadbirkorlarimiz oʻz ixtiyori bilan saxovat qilmoqchi. Bugungi sinovli kunlarda 3 ming 800 ta tadbirkorning ijara toʻlovlari joriy yilning sentyabr oyigacha olinmaydi. Bunday xayrli ishlar, saxovat yoʻlidagi saʼy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Toshkent shahri bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov. – Bu ishlar majburiy emas. Biroq, din tomonidan musulmon badavlat insonlarga shu kabi xayrli ishlarni amalga oshirish lozimligi aytilgan. Bu borada hadislarda koʻplab ibratli gaplar keltirilgan. Yurtimizda dabdabali yigʻinlarni bugun eslasak uyalamiz. Chunki oʻsha xarajatlarga hozir qanchadan qancha insonlarni qornini toʻydirsa boʻlar edi. Bunday ishlar faqat musulmon boʻlganimiz uchun emas, balki Ona Vatan ravnaqi uchun ham qilish fuqarolik burchimizdir.O‘zbekistondagi islohotlar Jahon banki tomonidan bee’tibor qolmadi. Uning hisobotida Yevropa va Markaziy Osiyoning 24 ta davlatidan faqat O‘zbekistonda 2020-yil natijalari bo‘yicha YaIM o‘sishi 1,5 foizni, qolgan davlatlarda yoki «nol» holat, yoki pasayish, ayrim davlatlarda esa YaIMning keskin pasayishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, mazkur hisobotda keltirilgan davlatlardan faqat ikkitasida 2021-yilda keskin iqtisodiy o‘sish kuzatilib O‘zbekistonda YaIM kelgusi yilda 6,6 foiz o‘sishi bashorat qilinmoqda.O‘zbekiston iqtisodiyoti, garchi yil boshidagi bashoratlarga nisbatan iqtisodiy o‘sish sur’ati pasayishiga qaramay, yillik hisobda 1,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu esa Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida koronavirus pandemiyasi inqirozi davrida eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, mamlakat eksportining diversifikatsiyalashuvi yani talab yuqori bo‘lgan sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarining eksportdagi salmoqli ulushi, tashqi qarz miqdorining yalpi ichki mahsulotga nisbatan barqarorligi hamda yetarli oltin-valyuta zaxiralarining mavjudligi kabi ijobiy omillar ishonchli makroiqtisodiy himoya vositalari sifatida hozirgi global inqirozning O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishga xizmat qiladi.Bu haqda gapirganda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu muhim masala bo‘yicha tutgan qat’iy pozitsiyasi va tezkorlik bilan qabul qilayotgan kompleks chora-tadbirlari amalda o‘zining ijobiy natijalarini berayotganini alohida qayd etish lozim. Xalqaro ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining aholi hayoti va iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatish, bunday murakkab sharoitda tadbirkorlar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan 30 trln. so‘mdan ortiq ijtimoiy nafaqa, imtiyoz va prefensiyalar jamlanmasi inqirozga qarshi kurashishning yana bir samarali usuli sifatida alohida e’tirof etilgani ham shundan dalolat beradi. Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq hamda kredit ta’tillari, soliq imtiyozlari berilishi, davlat mulki uchun ijara to‘lovlarining muayyan muddatga bekor qilinishi, yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy joriy etilishi hamda iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblashning to‘xtatilishi kabi muhim choralar ham bu borada hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.



Download 139.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling