Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sh.M.Mirziyoev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: 
”O‘zbekiston” nashriyoti.2021 yil, 292,50-betlar
2. Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. -T.: “Univkrsitet”, 
1998, 165-bet. 
3. Aburahmonova Z. Milliy birlik tuyg‘usining ijtimoyi-psixologik 
xususiyatlari.-T.: falsafa va huquq instituti, 2010. 16 –bet. 
4. Quronov M. Bolam baxtli bulsin desangiz. Toshkent. 73-bet. 
5. Otamurodov S. Globallashuv va miliiy- ma’naviy xavfsizlik. Toshkent. 
2015 yil, 315-bet. 
 
YOSHLAR ONGIDA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA 
KUTUBXONALARNING OʻRNI 
Haqberdieva Dilnoza Kamol qizi, 
Respublika bolalar kutubxonasi matbuot kotibi 
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi 
Annotatsiya: Maqola Yangi Oʻzbekistonda maʼrfatli shaxs tarbiyasida 
kitob va kutubxonalarning oʻrni muhimligi, davlatning kitobxonlikni rivojlan-
tirish borasidagi siyosati, yoshlarni kitobdan chalgʻitayotgan omillar, oʻquvchi-
yoshlarni kitobxonlikka jalb etishning anʼanaviy va yangi usullari haqida. 
Kalit soʻzlar: maʼrifatli shaxs, kitobxonlik, kutubxona, maʼnaviy tahdid, 
onlayn toʻgarak.
Insoniyat ilk soʻz belgilari va harf kashf etilganidan buyon oʻz tarixini, 
maʼnaviy boyligini, bilimlarini toshlarga, daraxt poʻstloqlariga, hayvon 
terilarga, qogʻozlarga bitib kelgusi avlodlarga qoldirib kelmoqda. Maqsad – 
ortdan kelayotgan avlod oʻzlaridan koʻra yaxshi yashashi, qalbi pok boʻlishi, 
vataniga, xalqiga sodiq boʻlishiga erishish. Deyish mumkinki, antik 
davrlardan bugungi kunimizgacha ana shu harakaat, ana shu ezgu maqsad 
oʻzgargani yoʻq. Faqat imkoniyatlar va vositalar misli koʻrilmagan darajada 
oʻzgardi – toshlar va terilar oʻrnini kitoblar, kutubxonalar, elektron vositalar 
egalladi. 


484 
Lekin bu taraqqiyot, bu sivilizatsiya inson ongi va hayot tarzidagi 
qadriyatlarni, axloqiy mezonlarni oʻzgartirib yuborayotgani ham sir emas. Bu 
muammoni oʻrganayotgan olimlar, faylasuf va psixologlarning aksariyati asosiy 
sabablardan biri sifatida odamlarning, xususan yoshlarning kitobdan 
uzoqlashib borayotganini koʻrsatishadi. Kitobdan uzoqlashish haqida taniqli 
shoir Eshqobil Shukur shunday yozadi: “Odamzod qancha taraqqiy etmasin, 
qancha gʻaroyib texnik vositalarni oʻylab topmasin, baribir hali oʻz tafakkuri 
tarbiyasi uchun kitobdan yaxshi vositani oʻylab topgani yoʻq. Kitob mutolaasi 
bizga hayotni mutolaa qilishni, insonni va xudoni mutolaa qilishni oʻrgatadi. 
Kitobdan uzoqlashish bu tafakkurdan uzoqlashish, tafakkurdan uzoqlashish 
esa, odamning oʻz-oʻzidan uzoqlashishidir.”1 Tarix fanlari doktori, professor 
Ashraf Ahmedov esa bu holga: “Hozirgi zamonda axborot juda koʻp. Bolalar 
kattalarga nisbatan koʻp narsani erta bilayapti, ikkinchi tomondan, kitobdan 
mahrum boʻlib borayapti. Bugun biz zamonaviy yoʻllar bilan bolalarga kitobni 
targʻibot qilaveraylik, bunda ota-ona oʻziga masʼuliyatni olsa, katta natija 
berishiga ishonaman. Oʻylaymanki, kitobdan uzoqlashish, oʻzlikdan, tarixdan 
uzoqlashishdir”2, deb taʼrif beradi. Tomchida quyosh aks etganidek shu ikki 
fikrdan koʻrinib turibdiki, uchinchi ming yillik boshiga kelib odamlarning
asosan, yoshlarning ongida axloq mezonlari va insoniy, milliy qadriyatlar 
oʻzgarishining asosiy sababi kitob oʻqimay qoʻyish ekan. Kitob jamlash, 
oʻqishga imkon yaratib berish, kitobxonlikka daʼvat qilish vazifasini maʼlumki, 
qadimul ayyomdan hozirga qadar avvalo kutubxonalar bajarib kelgan. Buning 
uchun eramizdan taxminan 2600 yillar avval paydo boʻlgan ilk 
kutubxonalardan tortib Abbosiylar davridagi xalifa Maʼmunning “Dorul 
hikma”sini, Buxorodagi Somoniylar sulolaviy kutubxonasini, Gʻaznadagi 
Mahmud Gʻaznaviyga qarashli saroy kutubxonasini, Amir Temurning 
Shahrisabz va Samarqanddagi saroy kutubxonasini, Mirzo Ulugʻbek 
kutubxonasini3 eslash kifoya. Bugungi kunga kelib butun dunyoda inson ongi 
va qalbi tarbiyasi masalasiga anʼanaviy kutubxonalar bilan birga elektron 
kutubxonalar ham xizmat qilmoqda. Shu oʻrinda, “hozir kutubxonalar, kitob 
ahamiyatli emas, elektron kutubxonalar mutolaa ehtiyojini qondiradi” deb 
fikrlovchilarga bir faktni qayd etib oʻtish juda muhim – texnik jihatdan taraqqiy 
etgan Yaponiyada 94 foiz, Koreyada 90 foiz kitobxon elektron E-Booklardan 
koʻra kitobning oʻzidan mutolaa qilishni afzal koʻrar ekan.4 
Bugun qalbni, aqlni, axloqiy mezonlar va qadriyatlarni zabt etayotgan 
ommaviy madaniyat, seriallar, shoular, kompyuter oʻyinlari, keraksiz 
axborotlar, aqidaparastlik gʻoyalariga kitobxonlikni targʻib qilish bilan 
qarshi turayotgan kutubxonalarning oʻrni va vazifasi har doimgidan muhim 


485 
boʻlib turibdi. Shu uchun ham mamlakatimizda kutubxonalarni boyitish, 
zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlash, bu maskanlarga yoshlarni 
koʻproq jalb qilish maqsadida Prezidentimiz tomonidan qator qarorlar qabul 
qilinmoqda. Yurtboshimiz 2019 yil 19 mart kuni bayon etgan 5ta muhim 
tashabbusning toʻrtinchi yoʻnalishi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular 
oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga yoʻnaltirilganligi, 2019 yil, 7 
iyundagi PQ-4354 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-
kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 
qarori5, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli “2020 - 
2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash 
milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ana shular jumlasidan6.
2023 yil 5 iyulda esa Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuv 
chogʻida prezidentimiz Shavkat Mirziyoev kelgusi yetti yildagi rejalariga 
toʻxtalib shunday degan edilar: “Har yili 100 ta eng yaxshi badiiy asar hamda 
bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish uchun ijodiy 
buyurtma berilib, mualliflarga 100 million soʻmdan qalam haqi toʻlanadi. Bu 
kitoblar 20 ming nusxadan nashr qilinib, maktablar va kutubxonalarga bepul 
beriladi. Bunga har yili 200 milliard soʻm yoʻnaltiramiz. 
Shuningdek, kelgusi yetti yilda kutubxonalarning 40 millionga yaqin 
kitob fondi toʻliq raqamlashtiriladi va ularning yagona katalogi yaratiladi. 
Umuman, 2030 yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar toʻliq 
taʼmirlanadi. Shu maqsadda 500 milliard soʻm ajratamiz”7. Shuningdek, 
kutubxonalar xodimlari ish haqi kelgusi yetti yilda 3 karra oshirilishi va 
maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga 
tenglashtirilishi ham taʼkidlandi. 
Bu degani davlatimizning kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi saʼy 
harakatlari yangi bosqichga oʻtayotganidan, yoshlarimizni yuksak 
qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalash vazifasini bajarishda davlat, ota-
onalar, pedagoglar va kutbxonachilar birgalikda ezgu maqsad yoʻlida 
harakat qilishida yangi istiqbollar ochilayotganidan darak beradi. 
Bular albatta – imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, 
gʻamxoʻrliklar. Ammo, yoshlarni kitobga jalb etish faqat daʼvatlar bilan yoki 
kitob sovgʻa qilish bilangina bitib qolmaydi. Shuning uchun Respublika 
bolalar kutubxonasi oʻquvchi-yoshlarni kitobxonlikka jalb etishning 
anʼanaviy va yangi usullari qoʻllamoqda. Oʻquvchi bilan yuzma-yuz va 
onlayn muloqot, turli konkurs va tanlovlar, shoir-yozuvchilar bilan onlayn 
uchrashuvlar, eng yaxshi kitoblarning targʻiboti va taqdimotlari kabi 
vositalarlardan foydalanish ham ana shular jumlasidandir. 


486 
Shu oʻrinda kutubxonamizda tashkil qilingan “Ijodkor bolalar” onlayn 
va offlayn adabiy toʻgaragi faoliyatini alohida taʼkidlashim lozim. Toʻgarak 
tashkil etilgandan buyon yosh iqtidorlarni kitob mutolaasiga jalb etish
badiiy ijod namunalarini muhokama qilish, ularga ijod jarayoni va sirlarini 
oʻrgatish maqsadida doimiy mashgʻulotlar oʻtkazib kelinadi. Toʻgarakning 
300 nafardan ortiq aʼzolari oʻrtasida munatazam ravishda “Insholar 
tanlovi”, “Mushoira kechasi”, “Yilning eng isteʼdodli yosh shoiri”, 
“Haftaning eng yaxshi kitobsevar bilimdoni”, “Eng isteʼdodli kitobxon”, 
“Kun hikoyasi” kabi qator tanlov va viktorinalar oʻtkazilib kelinadyotgani 
katta samara beryapti. Eng asosiysi, toʻgarak aʼzolarini ijodkorlikka daʼvat 
etish, ijodiy ishlarini ragʻbatlantirish ularni kitob mutolaasiga qiziqtirishda 
muhim rol oʻynayapti. Hozirga qadar toʻgarak aʼzolaridan 51 nafari ijod 
maktablariga qabul qilingani, ularning 400 dan ortiq sheʼrlari Oʻzbekiston 
radiosidan oʻqib eshittirilgani, 160 ta ijodiy ishlari bosma nashrlarda chop 
etilgani, 1500 dan ortiq ijodiy ishlari ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgani, 10 xil 
nomdagi kitobxonlik tanlovlari muntazam oʻtkazib kelinayogani, yozuvchi 
va shoirlar bilan 40 dan ziyod ijodiy uchrashuvlar, 100 dan ortiq sheʼriyat 
kechalari oʻtkazilgani oʻz samarasini bermoqda. 
Yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizga ehtirom, vatanparvarlik ruhida 
kamol topishlarida, ular ongini ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy madaniyat 
xurujlaridan himoya qilishda kutubxonalarning, kutubxonachilarning roli va 
ahamiyati har qachongidan muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling