Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
NATIJALAR Butun dunyo hamjamiyati e’tirof etganidek, O‘zbekiston qadimdan madaniyat va sivilizatsiya barpo etuvchi zamindir. Darhaqiqat, o‘rta asrlarda O‘zbekiston hududida vujudga kelgan ilmiy-ma’naviy yutuqlar Yevropadagi ilmu fanga asos bo‘ldi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning beqiyos ilmiy-falsafiy risolalari dunyoviy bilimlarni rivojlantirish va tizimlashtirish bilan bir qatorda, nafaqat o‘z zamonasi, balki keyingi yuz yilliklarga tegishli umumjahon tamaddunining yuksalishiga asos soldi. “Ajdodlaring shuhratiga suyanma, o‘zingga o‘zing shuhrat top. Kimda kim obro‘li qarindoshlariga nisbat berib, ularni vosita qilsa va hech narsa qilmay, faqat o‘lgan ajdodlari bilan faxrlanib yursa, o‘sha kishining o‘zi o‘lik va ajdodlari esa, tirik sanaladi”, deb aytgan edi mutafakkir Abu Rayhon Beruniy. Shaxs – o‘z pozitsiyasiga, dunyoqarashiga, o‘z hayotiga nisbatan ongli munosabatga ega bo‘lgan insondir, bunday inson o‘z qiyofasiga ega bo‘ladi. Shaxs uchun ong nafaqat tashqi olam haqida bilimlar hosil qiluvchi sifatida, balki munosabat sifatida ham fundamental ahamiyatga ega. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hayotiy munosabatlarning ikkita asosiy turi mavjud: dunyoga bo‘lgan ongli-axloqiy munosabat, bu insonning boshqa insonlarga va tabiatga bo‘lgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi hamda insonning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, bunda sub’ekt o‘z hayotini ko‘rib chiqadi, o‘z manfaatlarini boshqalar manfaatlari bilan bog‘laydi. Shaxsning pozitsiyasi insonning dunyoqarashi, prinsiplari va xatti-harakatlarini, uning ijtimoiy va kasbiy faoliyatining samaradorligini belgilaydi hamda hayotining barcha sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Hayotiy pozitsiyaning ichki asosini ustuvor e’tiqodlar, qadriyatlar va prinsiplar tashkil etadi. Uning yo‘nalganlik hususiyati ustuvor manfaatlar bilan belgilanadi hamda faoliyatda, dunyoga va sotsiumga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. 45 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston konsepsiyalari nimani anglatishi haqida so‘zlab bergan edi. “Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi zamirida ulug‘ ajdod- larimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adash-magan bo‘lamiz... Hozirgi vaqtda mamla- katimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda” [1], – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoev. Shaxsini tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish haqidagi o‘ziga xos innovatsion pedagogik g‘oyalar, ta’lim-tarbiya nazariyasining maqsadi mana shu xislatlarni shakllantirishdan iborat. Buning uchun o‘quv-tarbiya jarayoni, hadislar, oila, mahalla, an’anaviy udumlar, to‘y, ma’raka va boshqa kam guruhli va ko‘p sonli odamlar ishtirok etadigan yig‘inlar, sayillar, mehmondorchilik, mehmon kutish, ommaviy axborot vositalari, afsonalar, romanlar va boshqalar vosita bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan shaxsiy xislatlarni shakllantirish o‘quv-tarbiya ishlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Ana shu ma’noda pedagogik jarayonda yagona maqsadga – umuminsoniy xislatlarni shakllantirishga qaratiladi. Pedagogik maqsadlarga qanday vositalar bilan, qanday ketma-ketlik va qaysi ma’noda erishishga bog‘liq. Birinchisi zamonaviy ta’lim va tarbiyaning bir shaklini tanlansa, ikkinchisi o‘zgacharoq, uchinchisi yana bir boshqacha yo‘l tutadi. Shu jumladan, xalq, elatning o‘z udumi, odati, turmush tarzi bor. Xalqning umumiy pedagogik madaniyatida shaxs tarbiyalanib, o‘qib rivojlanishida o‘ziga xos innovatsion pedagogik g‘oyalarga aksiologik yondashishni talab etadi. Xulosa qilib aytganda, shaxs axloqiy ma’naviy tarbiyasi bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling