Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Kalit soʻzlar: tarbiya, burch, maʼnaviy sifatlar, tarbiyalanuvchi, 
tarbiyalovchi, yoshlar tarbiyasi
malakali kadrlar. 
Oʻzbekiston Respublikasining bundan keyingi rivojlanishi bevosita 
taʼlim-tarbiya natijasiga bogʻliqligi barchaga ayon. Taʼlim-tarbiyani 
takomillashtirmay maʼnaviy boy barkamol insonni tarbiyalash mushkul. 
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonunda 
belgilangan ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib yosh avlod taʼlim-tarbiyasini 
tashkil etishi kundalik hayotning oʻzi talab qilmoqda. Hurmatli 
Prezidentimiz Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” asarida “Biz komil 
inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilganmiz. 
Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, 
xulq-atvori bilan oʻzgalarga ibrat boʻladigan bilimli, maʼrifatli kishilarni 
tushunamiz”. Va yana “Yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan odamlar-
ning etishmasligi bizning olgʻa siljishimizda hamon katta toʻsiq boʻlib 
turibdi. Bunday kadrlarni, avvalambor, yosh kadrlarni topish, oʻstirish, 
tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanmoqda”, deb juda 
oʻrinli taʼkidlangan. 
Avvalambor, tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq 
pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga suyanadi. Tarbiya 
nazariyasi oʻz qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, 
estetika, huquqshunoslik, psixologiya fanlari maʼlumotiga asoslanadi. 


52 
Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
“Taʼlim toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga 
muvofiq tayyorlangan boʻlib, uning “asosiy maqsadi- taʼlim sohasini tubdan 
isloh qilish, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash”, zarurligi va “Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy 
faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb, 
taʼkidlanishi bejiz emas albatta. 
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, gʻoyaviy, 
axloqiy, irodaviy, estetik hislari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy 
qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. 
Bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va oʻzgarishlar 
natijadorligi maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga 
borib taqalmoqda. Shu bois maktab direktorlari va muallimlarga koʻp narsa 
bogʻliq boʻlmoqda. Ular qishloq va shaharlarda taʼlim-tarbiya, madaniyat va 
maʼnaviyat tarqatadigan fidoyi kishilardir. Maktablar nafaqat taʼlim 
maskani, balki mahallaning madaniy, intellektual markazi boʻlishi zarur. 
Shu bois, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, 
malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar 
yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-
tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.
Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar 
xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng 
aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni 
tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, 
mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan. Bugungi kunda Oʻzbekiston-
ning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin 
koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir
”. – dedi 
davlat rahbari Sh.Mirziyoyev. 
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala 
davlatning, jamiyatning eng muhim ishidir. 
Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, 
kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim 
jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor 
maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv 
yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa 
sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. 
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy 
taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Taʼlim mohiyat eʼtibori bilan dars 
berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman 


53 
oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish 
jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim 
beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining 
yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, 
dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy 
vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiy tarixiy tajribalari yosh avlodga 
Taʼlim orqali oʻtadi. 
Taʼlimning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib 
borgani kabi, Taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga 
muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan 
ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, his-tuygʻular, idrok, 
shaxsni tarkib toptiruv-chi kuchli omildir. 
Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — 
jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni 
tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi. 
Tarbiya ham ota‑onalarning burchi va farzandlarning haqqidir deyishadi. 
“Tarbiya” soʻzi arabcha “robba” (ar. ةَيِب ْرَت ٌ [tarbiyaẗ]) feʼlidan olingan 
boʻlib, oʻstirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi 
maʼnolarini bildiradi. 
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy 
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning 
jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini 
taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora-tadbirlar yigʻindisi. Tarbiya insonning 
insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiya siz 
alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki 
odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya 
tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. 
Аyrim adabiyotlarda “Tarbiya” atamasi keng va tor maʼnolarda 
ishlatiladi. Tarbiya keng maʼnoda yoshlarning, insonlarning obyektiv va 
subyektiv taʼsirlar asosida axloqiy, aqliy, amaliy, jismoniy shakllanish 
jarayonidir. Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab 
chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini 
taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar 
yigʻindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, 
bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, 
balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi gʻoyalari, adabiyot, sanʼat, kino, 
radio, televideniya va b. ni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng 
maʼnodagi Tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi . 


54 
Tarbiyalanuvchi va tarbiyalovchi munosabatlari nuqtai-nazaridan esa 
tarbiya – maʼnaviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini 
nazarda tutgan holda, oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga 
qaratilgan oʻzaro amaliy va nazariy muloqotidir. 
Biron bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va 
vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:
a) talabaning qaysidir xislatini shakllantirish yoki yoʻqotish maqsadida 
rejalashtiriladi; b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yoʻqotish uchun xizmat 
qiluvchi manbalarni izlab topiladi; v) belgilangan maqsad uchun xizmat 
qiladigan nazariy va amaliy manbalarning qaysisini va qayerda ishlashni 
rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini taʼlim-tarbiya 
tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil 
qiladi. 
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. 
Insonni tarbiyalash uchun uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu 
xatti-harakatni sekin-asta koʻnikmaga aylantirib borish lozim. Shu tarzda 
inson asta–sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Аmmo bu 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan masʼuliyat, sharafli 
mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolaning yosh 
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Maʼnaviy, insoniy sifatlarning 
shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga boʻlgan 
munosabat muhim rol oʻynaydi. 
Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga boʻlgan munosabat-
larini koʻrgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga 
taqlid qiladilar. Soʻng sekin-asta qilayotgan ishlarining mohiyatini 
anglaydilar. Bolalarni toʻgʻri tarbiyalashda ota-onaning ongi, maʼnaviyati, 
bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga ega. 
Hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga taʼsirli narsa 
yoʻqdir. Shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya toʻgʻrisida 
qimmatli fikrlarni yozib qoldirganlar. 
Yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama yetuk qilib voyaga 
yetkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz 
tomonidan yozib qoldirilgan bunday nodir asarlar oʻsib kelayotgan yosh 
avlodni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson boʻlib 
yetishishlariga undagan. 
Аjdodlarimiz asrlar davomida sevib mutolaa qilgan “Pandnoma”, 
“Siyosatnoma”, “Qobusnoma”, “Аxloqi muhsiniy”, “Аxloqi jaloliy”, “Аxloqi 


55 
nosiriy”, “Qonuni hikmat”, “Nigoriston”, “Bahr al-ulum”, “Kachkoʻli 
sultoniy”, “Jovidoni xirad”, “Bistu se hikmat”, “Hikoyoti dilpisand”, “Odob 
as-solihin”, “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” singari asarlar shular jumlasi-
dandir. Ushbu nodir asarlarda avval axloq-tarbiyaga oid biror soʻz va tushun-
chani izohlab, keyin unga oʻquvchi amal qilish uchun naqliy va axloqiy dalillar 
keltiradi. Umuman ularning mazmun-mundarijasi, ularda ilgari surilgan 
ilgʻor gʻoyalar bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. 
Xitoy donishmandi Syun-Tszi “Chaqaloqlar hamma yerda bir xil 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling