Ikkinchi sinfda matеmatika darsligi ustida ijоdiy ishlash, darslik tahlilini amalga оshirish mеtоdikasi
Ikkinchi sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari
Download 126.04 Kb.
|
Taqdimot.Turopova Sarvinoz
Ikkinchi sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari Zamonaviy boshlang„ich ta‟lim. Zamonaviy boshlang`ich ta‘limning o`zi nimadan iborat bo`lishi kerak? Bola 1–4-sinflarda qanday bilimga ega bo`lishi lozim? O‘quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urfodatlarimizni o`rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak?»degan savollar boshlang`ich ta‘lim tizimi oldidagi asosiy masalalardan biri bo`lib kelmoqda. I.A.Karimov bizda «Har qanday o‘quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida rasmiylashtirilmagan» ligini alohida ta‘kidlab, ta‘lim jarayonining barcha bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab berdi. So`ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o‘qitish ayniqsa boshlang`ich ta‘lim tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi «Тa‘lim to`g`risida»gi qonunning 12-moddasi I–IV sinflarni o‘qitishga bag`ishlangan. 1997-yil 6-oktabrdagi «O`zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3.3.1 bandi uzlusiz ta‘limni rivojlantirishda I-IV sinflarda O‘qitishni tashkil qilishning rejalari ko`rsatilgan. Maktab ta‘limi oldiga tamoyili yangi maqsadlarning qo`yilishi matematika o‘qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang`ich kursi mazmunida ham, darslik va qo`llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo`lishini talab qiladi. Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, ―Тa‘lim to`g`risida‖gi qonun talablari Boshlang`ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasiga o`z ta‘sirini o`tkazmasdan qo`ymaydi. Matematika so`zi grekcha ―mathema‖ so`zidan olingan bo`lib, uning ma‘nosi ―fanlarni bilish‖ demakdir. Matematika fanining o`rganadigan ob‘ekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o‘quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi ma‘lum usullar (metodika)orqali o‘quvchilarga yetkaziladi.
―Metodika grekcha so`z bo`lib, ―metod degani ―yo`l demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog`i bo`lib, jamiyat tomonidan qo`yilgan o‘qitish maqsadlariga muvofiq matematika o‘qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma‘lum bosqichida tatbiq qiladi. O‘qitishda yangi maqsadlarning qo`yilishi matematika o‘qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi. Boshlang`ich sinf o‘quvchilariga matematikadan samarali ta‘lim berilishi uchun bo`lajak o‘qituvchi boshlang`ich sinflar uchun ishlab chikarish matematika o‘qitish metodikasi egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i zarur. Matematika boshlang`ich ta‘lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o‘qitishdan ko`zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima uchun matematika o‘qitiladi, o`rgatiladi). 2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta‘minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg`ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta‘limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi. 3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya‘ni, o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo`lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? 4. O‘qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatmali, qo`llanmalar va o‘quvtexnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o‘qitish). 5. Тa‘limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta‘limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish) O‘qitish maqsadlari O‘qitish mazmuni o‘qitish shakllari O‘qitish metodlari O‘qitish vositalari O‘qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o`ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.
Ikkinchi sinflarda matematika o`qitishni tashkil qilishda interfaol metodlardan foydalanish Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta‘lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta‘lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta‘lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta‘lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta‘lim metodlarini ma‘lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta‘lim beruvchi tomonidan ta‘lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‘lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta‘lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahsmunozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta‘lim maqsadi, ta‘lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti, ta‘limning davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e‘tiborga olinadi. Interfaol metodlar deganda – ta‟lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta‟lim jarayonining markazida ta‟lim oluvchi bo‟lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta‘lim beruvchi ta‘lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta‘lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta‘lim oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ta‘lim samarasi yuqoriroqbo‘lgan o‘qish-o‘rganish; ta‘lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi; ilgari orttirilgan bilimlarning ham e‘tiborga olinishi; ta‘lim jarayoni ta‘lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi; ta‘lim oluvchining tashabbuskorligi va mas‘uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; amalda bajarish orqali o‘rganilishi; ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi. Interfaol metodlar – shunday metodlarki, u o‘quvchilarning o‘zaro muloqot va o‘zaro ta`siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usuldir. “CHARXPALAK” interfaol metodi O’quvchilar guruhlarga bo’linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi. Ushbu metod orqali o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni yodga olish, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berish va o‘zini-o‘zi baholashga o‘rgatadi hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni egallagan bilimlarini baholashga qaratiladi. Ushbu metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil bayon etishga, guruh bo‘lib ishashga, boshqalar fikrini hurmat qilishga o‘rganadilar. “Charxpalak‖ interfaol usulida matematika darslarini qiziqarli tashkil etishimiz mumkin. O‘quvchilar jadval asosidagi so‘zlar, shakllarni tegishlisini belgilaydilar. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish darsning samarali bo‘lishiga, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini o‘stirishga va mustaqil fikrlashga keng yo‘l ochib beradi. Download 126.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling