FAZODAGI TO‘GRI CHIZIQ TЕNGLAMALARI
Fazodagi to‘g‘ri chiziqning kanonik tenglamasi.
Fazodagi to‘g‘ri chiziqning parametrik tenglamasi.
Fazodagi to‘g‘ri chiziqning umumiy tenglamasi.
Fazodagi to‘g‘ri chiziqning kanonik tenglamasi
Fazodagi L to‘g‘ri chiziq tenglamasini topish uchun unga parallel bo‘lgan biror a =(m, n, p) vеktor shu to‘g‘ri chiziqda yotuvchi biror М0(х0, у0, z0) nuqta ma’lum deb olamiz. Bunda a berilgan L to‘g‘ri chiziqning yo‘naltiruvchi vеktori, M0 esa boshlang‘ich nuqtasi deyiladi.
M(x, y, z) berilgan L to‘g‘ri chiziqning ixtiyoriy bir nuqtasi bo‘lsin. Bu va M0 nuqtalarni tutashtirib,
r=
vеktorni hosil qilamiz (38-rasmga qarang).
Agar M(x, y, z) nuqta berilgan L to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lsa va faqat shu holda r bilan a yo‘naltiruvchi vеktor kollinear bo‘ladi. Bundan va vektorlarning kollinearlik shartidan (III bob, §3, (6) formulaga qarang) foydalanib, L to‘g‘ri chiziqni ifodalovchi
(1)
tenglamaga ega bo‘lamiz.
1-TA’RIF: (1) fazodagi to‘g‘ri chiziqning kanonik tenglamasi deyiladi.
To‘g‘ri chiziqning kanonik tenglamasidagi kasrlarning maxrajlaridagi m,n va p sonlari yo‘naltiruvchi a vеktorning koordinatalari, suratlardagi х0,у0 va z0 sonlari esa boshlang‘ich M0 nuqtaning koordinatalari ekanligini ta’kidlab o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |