“il etait une fois …Apprenons le français avec les contes” nomli o`quv qo'llanmasiga taqriz
Download 173.33 Kb.
|
taqriz qollanma T
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Yevropa tillari” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.A.Ne'matova va O‘zMU fransuz filologisi kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Umarovalar muallifligidagi “il etait une fois …Apprenons le français avec les contes” nomli o`quv qo'llanmasiga TAQRIZ Yurtimizda olib borilayotgan keng qo`lamli islohotlar yoshlarimisning xorijiy tilga bo`lgan qiziqishini yanada oshirmoqda. Ularni ilm-fan, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo`lishi dunyo miqyosida o`zlarini nonoyon etishi uchun katta imkoniytlar yaratmoqda. 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora – tadbilari to‘g‘risida” gi PQ-5117 qarori asosida xorijiy tillarni o‘rgatishni ta'lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish hamda ta'lim sifatini tubdan oshirish , aholini xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun xorijiy til ta'limi talabiga ko'ra yo'naltirish, ta'limni shu talablari asosida tashkil etish ta'lim tamoyillari, ularni har tomonlama yetuk kadr qilib shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to'liq namoyon qilish va rivojlantirishi uchun qulay shart- sharoitlar yaratishdan iborat. Ushbu o`quv qo`llanma Oliy ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ko`rsatilgan vazifalarni ijrosini ta`minlashga mo`ljallangan bo`lib, bunda CEFR –chet tillar bo`yicha umumyevropa tavsiyalari mazmuni, chet tillarni o`rganishni ko`zda tutilgan vazifalar o`z aksini topgan. Mazkur G. Nematova va S.Umarovalar muallifligidagi o`quv qo'llanma frasuz tilini o`rganuvchi barcha ta`lim yo`nalishlari bakalavrlari uchun mo’ljallangan. Shu sababli unda amaliy mashg'ulotlarda talabalarning tilga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish va ta`lim sifatini oshirishga ko'mak beruvchi og`zaki va yozma nitqni rivojlantiruvchi mashqlar aks etgan. Download 173.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling