Ilamizki, sayyoramizdagi insonlar soni doimiy ravishda oshib bormoqda. Insoniyat bu dunyoda yashashda davom etarkan uning ehtiyoji, talablari kundan kunga oshib boraveradi


Download 79.87 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi79.87 Kb.
#1796109
Bog'liq
GMO Rasulov Asilbek


B
ilamizki, sayyoramizdagi insonlar soni doimiy ravishda oshib bormoqda. Insoniyat bu dunyoda yashashda davom etarkan uning ehtiyoji, talablari kundan kunga oshib boraveradi. Har qanday odam yashab tirik qolishi uchun ovqat iste’mol qilishi zarur. Ya’ni insonlar qancha ko’p bo’lsa, oziq-ovqat mahsulotlari ham shuncha ko’p bo’lishi kerak deganidir. Tan olishimiz kerakki qishloq xo’jaligi doim ham bu ehtiyojlarni to’laqonli qondirishga ulgurmaydi. Chunki ular polizdan yiliga 2, ko’pi bilan 3 marta hosil yig’ib olishlari mumkindir. Ammo bu hozirda soni 8 milliardga yaqinlashayotgan yer aholisiga ba’zi hollarda ozlik qilyapti. Ammo bu muammolarning endi yechimi topildi deganda ko’pchilik odamlar unga qarshi chiqib, norozilik bildirishyapti. Geni Modifikatsiyalashgan Organizm (GMO)lar mavzusi hozirda dolzarb bo’lib qolmoqda. Bugungi kunda GMO larga bo’lgan qo’rquvning asosiy sababi bilimsizlik natijasida kelib chiqyapti. Chunki odamlarning ko’pchilik qismida kimyo, biologiya va genetika fanlari bo’yicha yetarli bilim mavjud emas. Bilamizki barcha tirik organizmlar asosini DNK molekulalaridan tashkil topgan. Ushbu molekular oqsildan iborat bo’lib ularning hammasi bitta spiralga birlashgan bo’ladi. Bu oqsil birikmalar tirik mavjudot organizmining bir qancha tavsiflarini aniqlashtiradi. Va bu qismlar gen deb ataladi. Organizmning shakli, hajmi, fizik va fiziologik xususiyatlari aynan mana shu genlarga bog’liq bo’ladi. Bugungi kunda ko’plab genetik olimlar har xil hayvon va o’simliklarning genlari ustida ko’plab izlanishlar olib bormoqdalar. Bu izlanishlar orqali organizmning turli xususiyatlariga qaysi gen javob berishini aniqlashga harakat qilmoqdalar. Va bir tomondan buni uddasidan chiqishyapti. Albatta bu insoniyat uchun juda katta yangilik hisoblanadi. Masalan bugungi kun olimlari bir DNK molekulasini boshqa DNK molekulasiga ko’chirib o’tkazishni o’rganib oldilar. Masalan buni kundan kunga ko’payib borayotgan pomidor navlarida ko’rishimiz mumkin. Qachonlardir pomidorlar kichkina va taxir ta’mli bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda ularning hajmi kattalashgan va ta’mida ham o’zgarishlar kuzatilgan. Ya’ni pomkdorning DNK siga boshqa bir o’simlik yoki hayvonning DNK si qo’shilgan. Biz hozirda ko’rib turgan va iste’mol qilayotgan ba’zi meva-yu sabzavotlarimiz aslida boshqacha bo’lgan va genetika sabab ular o’z xususiyatlarini o’zgartirgan. Ochig’ini aytish kerakki geni modifikatsiyalashgan mahsulotlarni inson uchun foydali deb hisoblaydigan insonlar bilan bir qatorda bu mahsulotlarni qoraladigan insonlar ham mavjud. Aynan shular sababli bu amaliyotlar haqidagi qizg’in muhokamalar to’xtamayapti. Genetik olimlarning tarafdorlari bu mahsulotlar qishloq xo’jaligiga samara beradi, har qanday iqlim sharoitiga moslasha oladigan mahsulotlar paydo bo’ladi, aholi orasida qasshoqlik va ocharchilikka qarshi usul desa, bu mahsulotlarni qoralaydigan insonlar esa, aksincha, ular inson organizmi uchun zararli deb hisoblaydilar. Hozirgi kunda genetika ko’plab insonlar uchun yangilikdek ko’rinayotgan bo’lishi mumkin, lekin agar o’ylab qarasak o’zimizning ota-bobolarimiz ham aynan shu yo’l bo’lmasada shunga o’xshash tajribalar qilishagan va bular o’z samarasini bergan. Bu nima ekan deb qiziqishingiz mumkin, albatta. Bu bir daraxtga ikkinchi daraxt novdasidan biriktirib payvandlash. Bu oddiy holdek tuyuladi, lekin bu ham aslida genetikaning bir qismi hisoblanadi. Maslan, bobomning bog’larida yashil rangli olma daraxti bo’lardi va bir kuni bobom bu daraxtning bir shoxiga qizil rangli olma daraxti novdasini payvandladilar. Va o’shandan buyon shu daraxtning bir shoxida qizil olma qolganlarida esa yashil olma pishib yetiladi. Bundan tashqari banan, limon, mandarin va shularga o’xshash tropik mevalar faqat issiq o’lkalarda o’sadi va bizning hududlarda ularni yetishtirishning iloji yo’q deb o’ylardik. Ammo genetika sababli ularga ba’zi bir o’zgartirishlar kiritilib, bizning iqlimga moslashtirildi. Shuning natijasida bizning dehqonlarimiz ham bu mevalarni yetishtirib, xalqqa taqdim qilishmoqda. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, ularning mazasida hech qanday o’zgarish kuzatilmagan. Faqatgina bizning iqlimimizga moslashtirilgan, xolos. Bunday mahsulotlar biz o’zimiz bilmagan holatda hayotimizning asosiy qismiga aylanib bormoqda. Bunday geni modifikatsiyalashgan mahsulotlar ilk marotaba 1972-yilda Stendford universiteti olimi tomonidan yaratilgan bo’lib, u ikkita har xil bir biriga o’xshamagan genlarni aralashtirib , tabiatga kuzatilmagan yangi gibridni kashf qildi. Ammo boshqa olimlar buning kutilmagan holatlaridan xavfsirab Dunyo Ilmiy Hamjamiyatiga murojaat qilib, bu tajribalarni to’xtatib turilishini so’rashadi. Ammo undan keyingen mutaxasislari maxsus qoidalarga asoslangan holatda tajribalarni davom ettirishga qaror qilishdi. Va o’shandan buyon 1000 dan ortiq geni modifikatsiyalashgan mahsulotlat yaratildi ammo ulardan faqat 180 tasiga sanoatda ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. Qiziqarlisi shundaki bu mahsulotlarning ko’pchilik qismi insoniyat ichun juda foydali bo’lgan mahsulotlar hisoblanadi. Bu geniga o’zgartirish kirilgan mahsulotlar faqatgina qishloq xo’jaligida foydalanibgina qolmay, boshqa yana ko’plab sohalarda qo’llanadi. Bunga misol qilib tibbiyotni olishimiz mumkin. Tibbiyotda qo’llanadigan ko’plab dori vositalari aynan genni modifikatsiya qilish yo’li bilan yaratilgan va bunga yaqqol misol qilib Insulin dorisini olishimiz mumkin. Hozirgi kundagi keng tarqalagan kasallik bo’lgan Qandli diabet kasalligi bilqn kasallangan deyarli barcha bemorlar aynan shu dori orqali diabet darajalarini normada tutib turishadi. GMO mahsulotlarining yana bir asosiy afzallik tarafi shundaki ularni yetishtirish oson, qulay va eng muhimi arzon. Ha, yana shuni aytish joizki GMO mahsulotlarni yilning istagan faslida topishingiz mumkin Bunday misollar haqida gapirsak, juda ko’p topiladi.
To’g’ri bu dunyoda hech narsa mukammal bo’lmagandek GMO mahsulotlarining ham salbiy tomonlari aniqlangan. Masalan, GMO mahsulotlaridan, ayniqsa soya bilan yuzaga keladigan ko‘ngilsiz holatlardan biri bu kishilardagi, ayniqsa, yosh bolalardagi allergiya kasalligidir. Olimlar soyaning chidamli va mahsuldor bo‘lishi uchun uning geniga brazil yong‘og‘ining genini ko‘chirib o‘tkazishgan. Natijada soya tarkibida ana shu yong‘oq oqsili sintezlanadi. Agar odamda avvaldan brazil yong‘og‘iga nisbatan allergiya mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bu holat endi soya yoki soya qo‘shilgan boshqa mahsulotlar iste’mol qilinganda ham kuzatiladi. Shu bois oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida GMO qo‘shimchalardan foydalanganlik haqida ko‘rsatish deyarli barcha davlatlar tomonidan majburiy qilib belgilangan. Bizga ko’plab mahsulotlarni GMO qo’shilmagan deb reklama qilishadi. Ammo bu shunchaki hiyla. Qachonki mahsulot tarkibidagi GMO miqdorini ko‘rsatuvchi alohida sertifikatsiyadan o‘tmaguncha bunaqa oddiy yorliqlar hech narsani anglatmaydi. Bizda esa, afsuski,hozircha bunday sertifikat berish yo‘lga qo‘yilmagan.
Men bu inshoni yozish davomida GMO haqida ko’plab ma’lumotlarni o’rganib chiqdim. Va bu ma’lumotlardan o’zimga tegishlocha xulosa ola oldim deb o’ylayman. Mening o’ylashimcha bu mahsulotlarning insonoyatga zararidan ko’ra foydasi ko’proq tegyapti. Yuqorida ta’kodlab o’tganimdek bu mahsulotlar xohlaymizmi yo’qmi hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Va bu mahsulotlar yordamida qanchadan qancha insonlarni ochlikdan, katta katta dalalarni qurg’oqchilikdan, tonnalab meva-yu sabzavotlarni kasallanishidan va ko’plab bemorlarni xavfli oqibatlardan saqlab qolish imkoni bor degan xulosaga keldim...
Download 79.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling