Ilashish muftasiga bo‘lgan


Ilashish muftasi - nosozligi alomatlari quyidag‘ilardan iborat


Download 1.01 Mb.
bet7/7
Sana11.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1451381
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-§. ILASHISH MUFTASINING KONSTRUKSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH TENDENSIYASI

Ilashish muftasi - nosozligi alomatlari quyidag‘ilardan iborat:

  1. yuklanish ostida yaxshi ko‘shilmasligi salt yurish yo‘lining me’yoridan kamayishi, siqish prujinalarini bo‘shashib ketishi, friksion qoplamalarni moylanishi yoki yedirilishi natijasida sodir bo‘ladi;

  2. to‘liq ajralmasligi - salt yurish yo‘lining ko‘payib ketishi, richaglarning qiyshayib ketishi, diskning bir tekis yedirilmasligi oqibatida ro‘y beradi;

  3. birdaniga qo‘shilishi - muftani qo‘zg‘almay g‘olishi, so‘ndirgich prujinalarini sinishi, yetaklanuvchi stupicha validagi shlitsalarni yedirilishi natijasida sodir bo‘ladi;

  4. qizib ketish, taqillash va shovqin bilan ishlashi podshipnikning sinib ketishi, qoplamani briktirish parchinmixini bo‘shab qolishi, ulash richaglarini o‘rnidan chiqib ketishi natijasida sodir bo‘ladi.

Ilashish muftasini joriy ta’mirlash-avtomobildan yechib olingan holda bajariladi. Uni yechib olishdan oldin (yig‘ishda qismlarini joylashishi va zavod tomonidan muvozanatlanligi buzilmasligi uchun) uning qobig‘i bilan maxovigiga belgi qo‘yib qo‘yiladi. Ilashish muftasi detallarga ajratilgandan so‘ng, ular yuviladi va yetaklanuvchi hamda yetaklovchi disk holatlarini (parchin mixni bo‘shab qolmaganligi, bukilmaganligi, yeyilmaganligi, yorilmaganligi, uzilmaganligi) va boshqa detallarning holati tekshiriladi.
Yetaklanuvchi disk friksion qoplamasida va buralib tebranishning (friksion turini) yo‘qotgichida qizish, yoriq borligi va moylanib qolgani aniqlansa hamda parchin mix qo’llagidan qoplama sirtigacha bo‘lgan masofa 0,2 mm dan kam bo‘lsa, unda qoplamani almashtirish kerak. Qoplamani almashtirishda latun yoki alyuminiy parchin (kallaksiz) mixdan foydalanib, u press yoki maxsus puanson yordamida parchinlanadi (rezvalsovka qilinadi). Shundan so‘ng, parchin mixi kallagi ustidan qoplama sirtigacha bo‘lgan masofacha 1 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Yetaklovchi disk sirtida chizilgan, qirilgan, tirnalgan joylari bo‘lsa, tokarlik dastgohida silliqlab shilinadi. Ilashish muftasining gidravlik uzatmasi detallari BSK suyuqligi yoki spirt bilan yuviladi. Jipslab turuvchi rezina manjet yeyilsa, yirtilgan bo‘lsa yoki shishib ketsa, uni almashtirish zarur. Yetaklanuvchi disk ta’mirlangandan so‘ng, uni tebranib (bienie bilan) ishlashi tekshiriladi, u 0,8-1,0 mm dan oshmasligi kerak. Ilashish muftasini yig‘ish R-207 turdagi maxsus moslamada bajariladi (bu karbyuratorli dvigatellar uchun). R-724 moslamasi dizel dvigatellari ilashish muftasini yig‘ish uchun mo‘ljallangan.
Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling