Ilashov Suxrobjonning Ekonometrika
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Ilashov Suxrobjon 532 21
Jizzax Politexnika Instituti Servis fakulteti 532 – 21 guruh talabasi Ilashov Suxrobjonning Ekonometrika fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI Mavzu : Addutiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish . Reja : 1) Addutiv modellashtirish . 2) Multiplikativ modellashtirish. Ekonometrik model – bu ehtimollik - stoxastik model. Bu model yordamida iqtisodiy koʻrsatkichlarni oʻzgarish qonuniyatlarini matematik koʻrinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi koʻrinishda ifodalash mumkin . Ekonometrik modelda – asosiy endogen koʻrsatkich, modelda oʻzgarish qonuniyatlarini yordamida oʻrganish mumkin. – taʼsir etuvchi, ekzogen koʻrsatkichlar Ekonometrik modelda fiktiv koʻrsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv koʻrsatkichlar – bu sifatli koʻrsatkichlar miqdoriy koʻrsatkichlarga oʻtkazilgan koʻrsatkichlar. Ekonometrik model chiziqli va chiziqsiz koʻrinishda tuzilishi mumkin: Chiziqsiz modellar parabola, giperbola, darajali funksiya, koʻrsatkichli funksiya, trigonometrik funksiya va boshqalar koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tuzilgan ekonometrik modelning haqiqiyligi -- - toʻplangan maʼlumotlar hajmiga; -maʼlumotlarning aniqlik darajasiga; -tadqiqotchining malakasiga; -modellashtirish jarayoniga; -yechiladigan masalaning xarakteriga bogʻliq. Dinamik qator –bu ma’lum bir ko’rsatkichning bir qancha ketma-ket kelgan momentlar yoki davrlardagi qiymatlari to’plamidir. Dinamik qatorlarning har bir darajasi trendli(T), tsiklik yoki masumiylik(S) va tasodifiy(E) omillarning ta’siri natijasida yuzaga keladi. Uchchala komponentalarning yig’indisidan tuzilgan model dinamik qatorning additiv modeli deyiladi. Uchchala komponentalarning ko’paytmasidan tuzilgan model esa dinamik qatorning multiplikativ modeli deyiladi . Additiv va multiplikativ modellarni tuzish dinamik qatorning har bir darajasi uchun T, S va E komponentalarning qiymatlarini hisoblashga olib keladi . Modelni tuzish jarayoni bir nechta bosqichdan iborat: 1) berilgan qatorni sirg’anchiq o’rtacha usul bilan tekslash; 2) S – mavsumiy komponentaning qiymatini hisoblash ; 3) qator tenglamasidan mavsumiy komponentalarni chiqarib tashlash va additiv modelda (T+E) yoki multiplikativ modelda (T·E) tekislangan qiymatlarni topish; 4) (T+E) yoki (T·E) darajalarni analitik tekislash va hosil bo’lgan trend tenglamasini qo’llab T ning qiymatlarini hisoblash; 5) hosil bo’lgan modelda (T+E) yoki (T·E)ning qiymatlarini hisoblash; 6) mutloq va nisbiy hatoliklarni hisoblash. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling