Ildizlarning ichki tuzilishi


Download 1.37 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.37 Mb.
#210804
Bog'liq
5-dars 6-sinf ILDIZning ichki tuzilishi

Ildizlarning ichki tuzilishi

Ildizning ichki qismi ancha murakkab tuzilgan. Uning ichki tuzilishi o’rganish uchun, ildizning bo’laklaridan yupqa kesma olinib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga yoki glitseringa joylashtiriladi. Hamda unga rang berilib, Ustidan qolagich oyna yopiladi. Mikroskopda kuzatilsa uning qanday hujayralardan tashkil topganligini ko’rish mumkin.

  • Ildizning ichki qismi ancha murakkab tuzilgan. Uning ichki tuzilishi o’rganish uchun, ildizning bo’laklaridan yupqa kesma olinib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga yoki glitseringa joylashtiriladi. Hamda unga rang berilib, Ustidan qolagich oyna yopiladi. Mikroskopda kuzatilsa uning qanday hujayralardan tashkil topganligini ko’rish mumkin.

Ildiz tukchasi

  • Ildizning ichki tuzilishi mikroskopda ko’rilsa uning sirtqi qismi hujayralardan tuzilganligini va bu hujayralarning ba’zilaridan ildiz tukchalari chiqqanliini ko’rish mumkin.
  • Bitta uzun hujayradan tashkil topgan.
  • hujayrasi yupqa qobiq, sitoplazma va yirik mag‘izdan tashkil topgan.
  • Ildiz ana shu tukchalari orqali tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladi.
  • Ildiz tukcha larining faoliyati 10–20 kun davom etadi. Keyin ildizning uchidagi bo‘linuvchi qismidan yangi ildiz tuk chalari o‘sib chiqadi.
  • Bu jarayon o‘simliklarda uzluksiz davom etadi.

Ildiz po’st hujayralari

  • Ildizning po‘sti o‘ziga xos hujayralardan tashkil topgan.
  • Po‘st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo‘ladi.
  • Hujayralar o‘rtasida havo bilan to‘lgan oraliq bo‘shliqlari bo‘lib, ildizdagi hujayralar ana shu havo bilan nafas oladi.
  • Ko‘ndalangiga kesilgan ildizning o‘rta qismida qalin devorli yirik teshikchalar ko‘rinadi. Bu teshikchalar o‘rta (markaziy) qismdagi naychalardan iborat.

Ildiz qinchasi va ildiz zonalari

Ildiz qinchasi– ildiz qinchasi uning ana shu o‘suvchi qismidagi yosh, nozik hujayralarni tashqi ta’sirdan saqlaydi. Ildiz qinchasi bir necha qavat hujayradan tashkil topgan. Uning ustki qatlamidagi hujayralar tuproq zarrachalariga to‘qnashib nobud bo‘ladi va hujayralarning bo‘linishi hisobiga yangi hujayralar hosil bo‘ladi.

Ildizning o’sishi

  • O’simliklar turiga va o’sish sharoitiga qarab ildizlar turlicha tezllikda o’sadi. O’simliklarning yer ostki qismi yer ustki qismiga nisbatan tezroq o’sadi. Masalan, g’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o’sadi. Bunda o’sish ildizning uchki qismidagi hujayralarning bo’lnishi hisobiga sodir bo’ladi.
  • Makkajo’xorining ildizi yon atrofga 2 m gacha taraladi, bosh piyozniki esa 50-60 sm gacha yoyiladi. Makkajo’xori ildizining 1mm kvadrat sathida 700 ta ildiz tukchasi bo’ladi.
  • O’simlikning boshqa organlari kabi ildiz ham nafas oladi.

Ildizni chilpish

  • Ba’zi o’simliklardan mo’l hosil olish maqsadida ildizning uchki qismi chilpib tashlanadi.
  • Va natijada ildiz bo’yiga o’sishdan to’xtaydi va ko’plab yon ildizlar hosil qilib tuproqning yuzador unumdor qatlamiga taraladi.

E’TIBORINGIZ

E’TIBORINGIZ

UCHUN

RAHMAT!!!


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling