Ilgarilanma harakat kinematikasi va dinamikasi
Download 1.44 Mb.
|
amaliy ish
75. Gildirak tekis sekinlanuvchan aylana boshlab, oz chastotasini no = 300 ayl/min dan n = 180 ayl/min gacha bir minut davomida kamaytirdi. Gildirakni burchakli tezlanishini va shu vaqt davomida necha marta aiylanganini toping. 76. Samolyotni havo vintini aylanish chastotasi 1500 ayl/min. 90 km yolni 180 km/soat tezlik bilan uchsa, vint necha marta aylanadi? 77. Soatning minut strelkasi sekund strelkasiga nisbatan uch marta uzunroq. Strelkalar uchini tezliklariga nisbatan aniqlang. 78. Soat strelkasini burchakli tezligi yerni sutkali aylanish burchakli tezligidan necha marta katta? 79. Biror bir jism β = 0.04 s-2 o‘zgarmas burchakli tezlanish bilan aylana boshlaydi. Harakat boshlangandan keyin qancha vaqt o‘tgach jismni biror bir nuqtasini to‘liq tezlanishi shu nuqtaning tezlik yonalishi bilan 76o burchak hosil qiladi? 80. n = 1500 min-1 chastota bilan aylanayotgan gildirak tormozlanganda tekis sekinlanuvchan aylana boshlab, 30 sekunddan keyin toxtadi. Tormozlanish boshlangandan to toxtaguncha gildirakni burchakli tezlanishi va yilanish sonini toping. 81. Velosiped gildiragi n = 5 s-1 chastota bilan aylanmoqda. Ishqalanish kuchi tasirida u ∆t = 1 min dan keyin to‘xtaydi. Shu vaqt ichida g‘ildirakni burchakli tezlanishi va aylanishlar sonini aniqlang. 82. Mashina g‘ildiragi tekis tezlanuvchan harakatda aylanmoqda. N = 50 marta aylangandan so‘ng uni aylanish chastotasi n1 = 4 s-1 dan n2 = 6 s-1 gacha o‘zgardi. G‘ildirakni burchakli tezlanishini toping. 83. Disk β = -2 rad/s2 burchakli tezlanish bilan aylanmoqda. Aylanish chastotasi n1 = 240 min-1 dan n2 = 90 min-1 gacha o‘zgargunga qadar disk necha marta aylanadi? Bu voqea sodir bo‘lishi uchun qancha vaqt o‘tadi? 84. Aerochananing vinti n = 360 min-1 chastota bilan aylanmoqda. Aerochananing ilgarilanma harakat tezligi υ = 54 km/soat. Agar vintining radiusi R = 1 m bo‘lsa, uning bir uchi qanday tezlik bilan harakatlanadi? 85. Tokar stanogida diametri d=60 mm li val yasamoqda. Keskichni ilgarilanma harakati bir aylanishda 0.5 mm. Agar t=1 min vaqt davomida valni l=12 sm uzunligiga ishlov berilayotgan bo‘lsa, kesish tezligi qanday? 86. Nuqta aylana bo‘ylab υ=At tezlik bilan harakatlanmoqda, bunda A=0.5 m/s2. Harakat boshlangandan song nuqta aylana uzunligining 0.1 qismini bosib otgan momentdagi toliq tezlanishini toping. 87. Gildirak qozgalmas oq atrofida shunday aylanmoqdaki, uning burilish burchagini vaqtga bogliq ravishda ozgarishi qonunga boy- sunadi, bunda A = 0.2 rad/s2. Agar gildirak gardishidagi nuqtani t=2.5 s momentdagi chiziqli tezligi υ=0.65 m/s bo‘lsa, uning to‘liq tezlanishini toping. 88. Qattiq jism qo‘zg‘almas o‘q atrofida β=At burchakli tezlanish bilan aylana boshlayapti, bunda A = 2·10-2 rad/s-2. Aylanish boshlangandan keyin qancha vaqt o‘tgach jismni ixtiyoriy nuqtasini to‘liq tezlanish vektori uning tezlik vektori bilan α = 60o burchak hosil qiladi? 89. Quduq barabani ushlagichi radiusi tros o‘raladigan val radiusidan 3 marta kattadir. Chelakni 20 m chuqurlikdan 20 s davomida chiqarishda ushlagichni tezligi qanday bo‘ladi? 90. Sirkular arra 600 mm diametrga ega. Arra oqiga diametri 300 mm bolgan shkiv ornatilgan va elektrodvigatel valiga ornatilgan 120 mm li shkivdan tasmali uzatma orqali aylantiriladi. Agar dvigatel vali 1200 ayl/min chastota bilan aylansa, arra tishlarining tezligi qanday? 91. Radiusi R=1.5 m bolgan samolyot parraklari n=2000 1/min chastota bilan aylanmoqda. Samolyotni yerga nisbatan qonish tezligi υ=152 km/soat. Parrak uchidagi nuqtaning tezligi qanday? 92. Radiusi R=400 m bo‘lgan poyzd burilish bo‘yicha harakatlanmoqda va uning tangensial tezlanishi = 0.2 m/s2 ga teng. Poyezdning tezligi υ=10 m/s bo‘lgan momentda uni normal va to‘liq tezlanishlarini toping. 93. Snarad stvol ichida n=2 marta aylanib υ=320 m/s tezlik bilan uchib chiqadi. Stvol uzunligi l=2 m. Snaradni stvol ichidagi harakatini tekis tezlanuvchan deb hisoblab, uni stvoldan uchib chiqish momentdagi o‘q atrofida aylanish burchakli tezligini aniqlang. 94. Aylanayotgan gildirak gardishida yotgan nuqtani toliq tezlanish vektori, uni chiziqli tezligi vektori bilan 30o burchak hosil qilgan momentda nuqtani normal tezlanishi uni tangensial tezlanishidan necha marta kattaligini toping. 95. Radiusi R=20 sm bolgan shkiv, unga oralgan va undan asta-sekin boshayotgan ipga osilgan yuk yordamida aylanma harakatga keltirildi. Boshlang’ich momentda yuk qozgalmas bolib, songra esa =2 sm/s2 tezlanish bilan pastga tusha boshlaydi. Yuk S=1 m yol bosib otgan momentdagi shkivni burchakli tezligini aniqlang. 96. Jism ekvator boylab yer sirtiga parralel ravishda uchishi uchun unga qanday gorizontal tezlik bermoq lozim? Ekvatorda yerning radiusini R=6400 km, ogirlik kuchi tezlanishini g=9.7 m/s2 deb olish mumkin. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling