Ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida fizika fanini o’qitish muammolari va istiqbollari


Download 23.5 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi23.5 Kb.
#1639631
  1   2
Bog'liq
макола


ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA FIZIKA FANINI O’QITISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI.

Ma’lumki, fizika fani bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini asosan uch turga: Maruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlariga ajratiladi va o’quv soatlarining miqdori esa ta’lim yo’nalishi, mos o’quv predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda taqsimlanadi.


Fizika fanlarning o’qitish sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida, pedagogik texnologiyalarini zamonaviy information texnologiyalar imkoniyatlari asosan uch turdagi o’quv mashg’ulorlari, ya’niy ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks holda qo’llashni taklif qilamiz.
Fanlardan o’rganiladigan materiallarning o’quv soatlari miqdori hisobga olgan holda mavzu bulorlariga ajratiladi, har bir ma’ruza mavzu blokiga 2-8 o’quv soati oralig’ida vaqt ajratilishi mumkin. Har bir ma’ruza mavzu blokiga mos amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari mavzuni va hajmi belgilanadi.
Ushbu usulda har bir mavzuni o’rganishdagi ichki izchillik va uzviylik to’la saqlanadi va talabalarda mavzuga oid malaka va ko’nikmalarni to’laroq hamda maqsadliroq shakllantirish imkoniyati kuchayadi. Ma’ruza materialini pedagogic texnologiyalar asosida bayon etish jarayonida ma’ruzadagi har bir asosiy savolga mos amaliy ishlar ( masalalar va misollar) to’plamini aniq belgilaysiz va ushbu asosiy savolga bayon etiladigan nazariy materiallarni laboratoriya ishlariga qanday tartibda o’rganish ketma- ketligini aniqlaysiz.
Asosiy savolga mos idyentiv o’quv maqsadlari, nazorat topshiriqlari mavzusini ham amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida talabalarga berilgan topshiriqlar to’plami mazmuni bilan uyg’unlashtiriladi. Shunga asosan har bir mavzuni to’la o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan tarqatma matriallar, matematik va texnologik usullar, talabalarga mustaqil ishlash tavsiya etiladigantopshiriqlar ( peveratlari, kurs ishlari) mazmuni mashg’ulotlarning hamma turlari uchun moslashtirilgan. Shu asosda har bir mavzu uchun ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari mazmuni bir xil mezonlar asosida kompleks shaklda tahlil etiladi, Talabalarga bayon etiladi. Tabiy va texnikaviy fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ushbu usulda qo’llashni shartli ravishda “mavzuni kompleks loyihalashtirish” uslubi deb atashni taklif etamiz.
Ushbu usulda fan uchun namunaviy o’quv dasturi asosida tayyorlanadigan ishi o’quv dasturi va kalendar ish rejasi ham shartli ajratilgan, har bir ma’ruza mos ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun ajratilgan o’quv soatlarini hisobga olgan holda birlashtirish tuziladi.
Ishchi o’quv dasturida, kalendar ish rejasida dastlab shrtli ajratilgan ma’ruza yoziladi, so’ng shu mavzuga oid amaliy mashg’ulotlar mavzusi ko’rsatilib, yechiladigan masala, mashqlar miqdori va mazmuni, bajariladigan laboratoriya mashg’ulotlarining tematikasi ma’ruza mavzusi va unga oid amaliy va laboratoriya topshiriqlari bo’yicha talabalarga tavsiya etiladigan mustaqil vazifalar hamda ular uchun adabiyotlar alohida belgilab beriladi. Taklif etilayotgan uslubda mavzuni o’rganishga kompleks yondashilib, uning texnologik xaritasi tuziladi, bu esa zamonaviy pedagogik texnologiyalar talabalarga to’la mos bo’lib, qaralayotgan har bir mavzuni o’rganib chiqilgan, talabalarda shakllanadigan malaka va kunikmalarning to’la to’plamini oldindan revojlantirishga va baholashga imkoniyat yaratib beradi.
Tabiiy va texnikaviy fanlardan ishchi dastur talablariga mos holda hamda mavzular to’plami uchun muljallangan kompleks ishlanma tayyorlanadi va u mavzuni to’laligi hamda fanni to’la sifatli o’zlashtirishga imkoniyat yaratib berishi bilan ma’ruza matnlari to’plamidan uslubiy jihatdan ustun turadi.
O’rganilayotgan fan bo’yicha o’qituvchilar tomonidan o’quv-uslubiy majmua tayyorlanadi. O’quv-uslubiy majmua tarkibiga ta’lim yo’nalishi o’quv rejasi, fan bo’yicha o’quv dasturi, fan bo’yicha zamonaviy informasion texnologiyalar asosida yaratilgan va zaruriy ma’lumotlar to’plamini o’z ichiga olgan, kompyuterdagi foydalanish uchun moslashtirilgan “elektron” qo’llanmalar kiradi. Albatta, bunday o’quv-uslubiy majmua fan o’qituvchisi, muxandis-dasturchilar va mos dizaynerlar hamkorligida yaratiladi va talaba tomonidan o’quv materiallarini mustaqil holda o’rganish imkoniyatlarini to’la hisobga oladi.
Ushbu usulda fanni ham mavzular bo’yicha kompleks loyihalashtirish sirtqi ta’lim talabalari uchun keng qo’llanilishi mumkin. Zamonaviy information va telekommunikatsion texnologiyalar yordamida masofali (distantsion) ta’lim tizimida ushbu uslubda tayyorlangan o’quv materiallaridan sirtqi ta’limda va masofali malaka oshirish tizimida va masofali malaka oshirish tizimida keng foydalanish mumkin. Shularni hisobga olib, taklif etilayotgan “Mavzuni kompleks loyihalashtirish” uslubini tabiiy va texnikaviy fanlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’qitishda yangi bosqichga ko’tarilish deb hisoblash mumkin.


Download 23.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling