Ilg‘or tadqiqot loyihalari agentligi tarmog‘i, arpanet


Download 15.98 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi15.98 Kb.
#1790015
Bog'liq
INTERNET KIM UCHUN ISHLAYDI (2)


INTERNET KIM UCHUN ISHLAYDI?
Internet tushunchasi 1950-yillarda kompyuterlarning rivojlanishi hisobiga turli xildagi tarmoqlar qo‘llanila boshladi. Birinchi yaratilgan tarmoq ARPANET edi. Ilg‘or tadqiqot loyihalari agentligi tarmog‘i, ARPANETyokiARPAnet 1966 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari ARPA tomonidan ishlab chiqila boshlandi. ARPANET ko‘plab universitetlar va tadqiqot markazlarini bir-biriga bog‘laydigan keng tarmoq tarmog‘i bo‘lib, birinchi bo‘lib paketli kommutatsiyadan foydalangan va bugungi kunda Internetni ko‘rib chiqishning boshlanishi edi. ARPANET odamlarning kompyuterlarga kirishini osonlashtirish, kompyuter uskunalarini takomillashtirish va harbiylar uchun yanada samarali aloqa uslubiga ega bo‘lish uchun yaratilgan. Keyinchalik NSFNET bilan almashtirildi. Aholi undan tijorat maqsadida foydalanganligi uchun zamonaviy Internet paydo bo‘ldi. Bu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda olimlar internetni odamlar uchun ishlashga yaratganini bildik, lekin XXl-asr yoshlari internet uchun ishlashmoqdaligini ham ko‘rdik.
Internet, olimlar tomonidan shunchalik kengaytirilgan-ki unda yo‘q ma’lumotning o‘zi qolmadi. Hozir texnika va texnologiyalar asri, imkoniyatlar cheksiz bo‘lmoqda. Ayrim yoshlar internet olamidan kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallab o‘zlarining kelajaklari va buguni , ketayotgan vaqtini qadrlab, o‘ylab odimlab borishmoqda. Zamonaviy ta’lim dasturiga ham internet orqali o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Har bir faoliyat, har bir sohada internetning ro‘li katta va bu turli qulayliklarni ham yaratmoqda. Hozirda dunyo aholisi 8 mlrddan ziyod va ularning 90% internet tarmog‘idan foydalanadi.
Tanganing ham ikkinchi tomoni ham bordek, ayrimlar internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanmaganliklari sababli ayanchli vaziyatlarga tushib qolmoqda. Bu ayniqsa o‘sib kelayotgan yoshlarning ongi zaharlanishiga, diniy-ekstremistik va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Ba’zan yolg‘on xabarlarga ishonib to‘g‘ri xulosa chiqarmayotganlar ham kam emas. Internetdagi birgina jumla yoki birgina tasvir bizni shu qadar o‘zgartirib yubormoqda-ki, noto‘g‘ri informatsiyalarga ishonganlar o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘yishmoqda. Bu xulosalar bilan internet tarmoqlarini qoralash yoki tanqid qilish niyatim yo‘q. Shuncha-ki undan to‘g‘ri foydalanish bugungi kun va kelajak uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi.
Iroda Abbosova,
1-son kasb-hunar maktabi,
2- bosqich “Tikuvchilik” yo‘nalishi
9- 22- guruh o‘quvchisi.
Download 15.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling