Ilgʻor xorijiy mamlakatlarda kasbga yoʻnaltirish tajribasi


Download 36.71 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi36.71 Kb.
#1416059
1   2   3   4
Bog'liq
реферат

Germaniyada kasb tanlashga yo‘llash ishlarini tashkil etilishi.
XX asrning 30-yillarida yoshlarni ta’lim va kasbiy sohalarga
yo‘naltirish xizmatlarini taqdim etuvchi turli idora va agentliklar
tashkil topgan. Ularning ish faoliyati, kasb tanlashga yo‘llash
Markaziy boshqaruv huzurida tashkil etilgan aholi bandligi va
ishsizlikni sug‘urtalash institutining bo‘limi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Kasb tanlashga yo‘llash xizmati xodimlari maktab
bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boradilar. Kasb tanlashga
yo‘llash maqsadida tashkilotlar va ota-onalar bilan hamkorlikda
so‘rovnomalar, test, konsultatsiyalar amalga oshiriladi.
O‘quvchilar, oilasi haqida umumiy ma’lumot, shaxsiy
qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy qiziqishlari va qaysi kasbda faoliyat
olib bormoqchiligi haqidagi “ish daftari”ni to‘ldiradi. O‘tkazilgan
psixologik diagnostika testlar va shifokorlar, psixologlar,
o‘qituvchilar bilan olib borilgan suhbatlarni hisobga olib, konsultant
o‘quvchining qobiliyatlari haqida xulosa qiladi. Ish daftaridagi
qo‘shimcha ma’lumotlar va test sinov natijalari kasbiy konsultatsiya
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi paytda, kasb tanlashga yo‘llash tizimi umumiy kasbiy
ta’lim korxonadagi samarali mehnatga asoslangan holda tashkil
etilmoqda. Mehnat faoliyati davomida professional bilim va shaxsiy
ko‘nikmalarini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimining asosiy maqsadidir.
Uzluksiz ta’lim tizimi ham o‘quvchilarni kasbga moslashish
jarayonini yengillashtiradi ham mehnat bozori talabiga mos ta’lim
bilan ta’minlaydi.
Fransiyada o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash rasman
uchta model asosida tashkil etiladi. Birinchi model XX asrning 20-
yillarida ishlab chiqilgan. Kasb tanlashga yo‘llash ishlari
maktabning yakunlanish arafasida tashkil etilib, bunda o‘quvchilar
ish beruvchilarni qidirish bilan tashkil etilgan. Bundan asosiy
maqsad, salomatligi uchun zararli bo‘lishi mumkin tibbiy
qarshiliklarni aniqlash bo‘lib, yoshlarning individual xususiyatlari
92
va ularga ish beruvchilar tomonidan taklif etilayotgan kasb
xususiyatlari orasidagi moslikni aniqlash.
Ikkinchi model XX asrning 60-yillarida ustuvor bo‘lib, uning
asosini ta’limiy yo‘naltirish. Kasb tanlashga yo‘llash ishlari maktab
tomonidan olib borilgan, yagona umumiy ta’lim jarayonini o‘z
ichiga oladi.
Eng keng tarqalgan model esa uchinchisi hisoblanib, uning
asosiy mohiyati o‘quvchining maktabga qabul qilinganidan boshlab
to uning jamiyatga barqaror moslashishgacha bo‘lgan davrigacha
pedagogik jamoa tomonidan ularni nazorat qilib, yo‘naltirilib
boriladi.
Fransiyada, ta’limga va kasb tanlashga yo‘llash ishlari alohida
olib boriladi. Ta’limga yo‘naltirishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning
qobiliyatlariga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashda yordam
berish. Kasb tanlashga yo‘llashishlari esa o‘quvchilar amalga
oshirishning real imkoniyatlarini hisobga olgan holda kasbiy
rejalarni ishlab chiqishga bo‘lgan qobiliyatlari va imkoniyatlarini
aniqlashga qaratiladi va shunday kasblar olami haqida ma’lumot
berishdan iborat bo‘ladi. Kasb tanlashga yo‘llash ishlari
o‘qituvchilar, psixologlar va kasb tanlashga yo‘llash xizmati maslahatchilari
bilan birgalikda olib boriladi. Bu jarayon o‘quvchilarni
kasbga yo‘naltiruvchi barcha ishtirokchilarning hamkorligi bevosita
uzviylik tamoyillari asosida olib boriladi.

Download 36.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling