Ilk bolalik davrida oila ijtimoiy muhitning bola tarbiyasidagi o'rni Mundarija: kirish
Ilk dаvridаgi bоlаlаrning еtаkchi fаоliyat turi – prеdmеtlаrni o’rgаnish
Download 59.63 Kb.
|
Ilk bolalik davrida oila ijtimoiy muhitning bola tarbiyasidagi o\'rni1
2.2.Ilk dаvridаgi bоlаlаrning еtаkchi fаоliyat turi – prеdmеtlаrni o’rgаnish.
Oilada sog‘lom muhit-turmush tarzini barqarorlashtirish, farzandlarni barkamol etib tarbiyalash, oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy rolini bajarishda fuqaroliy ma’suliyatini oshirish lozim. Oilani, onalar va bolalarni muhofaza etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur. 1 Oilada sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazishda oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kata ahmiyatga ega. Oilaning moddiy farovonligi bolalar sog‘lig‘i va ularning sog‘lom turmush tarzida o‘z aksini topadi. 2. Ovqatlanish sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste’mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomunosibligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog‘lom barkamol bo‘lib vochga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarda 22 hayotda to‘laroq va faolroq ishtirok etishga, o‘zlarining bo‘sh vaqtidan unumli, yaxshi foylana bilishiga ham imkon beradi, ijtimoiy faollikning boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlar madaniyati takomillashgan oilalardagina sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga imkoniyat tug‘iladi. Sog‘lom turmush tarzi jismonan sog‘lom aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirishni, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etishni ifodalaydi. Sog‘lom turmush tarzi aholining farovonlik darajasini oshirish, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmatni yaxshilash, demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, ommaning ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatdan tarbiyalanganligini o‘sib bori shva ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlashni, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat’iyan mann etishni, muntazam ravishgda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya qilishni, ma’naviy boy, sog‘lom intillektual egasi bo‘lishni talab qiladi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyatini boyitish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatini tug‘diradi. Sog‘lom turmush tarzi esa farzandlarni jismonan sog‘lom, ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi. Boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalari ham milliy tarbiya an’analariga boy. Ularni tiklab, boyitib, zamonaviylashtirib, maktab tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish nafaqat har bir oila, balki butun O‘zbekiston ijtimoiyma’naviy hayotini boyitishga xizmat qiladi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida ota-onaning bola tarbiyasi uchun davlat oldidagi javobgarliklarining qayd qilinishi, Prezident I.Karimov tomonidan 1998 yilning Oila yili deb e’lon qilinishi ota-onalar, mahallar oldiga qator yangi, milliy istiqloliy talablarni qo‘ymoqda. 23 Oila – milliy dunyoqarash manbai sifatida o‘quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Tarixda o‘g‘il-qizlar o‘z ota-onalaridan o‘zlashtirgan dunyoqarashni sintez qilib, o‘z oilaviy dunyoqarashlariga aylantirganlar. Bu farzandlarining milliy dunyoqarashlariga shakl, mazmun berib, meros tarzida o‘tib keldi. Dunyoqarashning birligi – milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlilik, o‘zaro ishonch, izzat, maqsad, birligi, samimiylik tantana qilar edi. Oila o‘g‘il-qizlarda milliy fe’l-atvor, husni xulq tarbiyasi manbai bo‘lib keldi. Ota-onalar har kuni, har soatda o‘zlari bilib-bilmagan holda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, bolalariga hatti-harakatlar, yurish-turish, so‘zlash, kulish, ovqat yeyish, yuvinish, muomala qilish, mezbon va mehmon munosabati me’yorlarini singdirib kelmoqdalar. Shuni ta'kidlash joizki, oilaning bolaning tarbiyasiga ta'siri ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Odatda, ota-onalar o'z farzandlarining nimaga o'xshash bo'lishi kerakligini tasavvur qilishadi va turli xil cheklashlarga olib keladigan istalgan xatti-harakatlarga qo'l urishga harakat qilishadi. Odamda muvaffaqiyatli ta'lim olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: Bolalar bilan suhbatlashishga ko'proq e'tibor bering. Bolaning kundalik hayotiga qiziqish, muvaffaqiyat va yutuqlar uchun maqtash, muvaffaqiyatsizliklarning sababini tushunish uchun. Muammolarni hal qilish uchun to'g'ri kanalga yo'naltirish. Bolani ota-onasi singari, u bilan bir xil shaxsga bog'lang. Oiladagi ma'naviy-axloqiy tarbiya eng murakkab muammolardan biridir. Axir, asosiy jihatlar va prinsiplar turli madaniy jamoalarda va oilalarda farq qilishi mumkin. Ammo, barchaga ma'lum bo'lgan umumiy sharoit quyidagi shartlarga muvofiq bo'lishi kerak: muhabbat va samimiylik muhiti; turli xil hayotiy vaziyatlarni tushuntirish va muhokama qilish; jazo kamsituvchi yoki haqorat qilmasligi kerak, uning maqsadi odamlar o'z xatti-harakatlari haqida o'ylashlarini va o'z xulosalarini chiqarishlari kerak. Oilaviy ta'limning asosiy yo'nalishlari Oilada tarbiyaning bir nechta shakllari mavjud bo'lib, ulardan eng keng tarqalgani quyida keltirilgan: Download 59.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling