Ilk o'rta asrlar davri arxeologiyasi
Download 63.5 Kb.
|
1 mavzu arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Panjikent
- Samarqand, Varaxsha, Panjikent
- Ishtixon
Qashqadaryo vohasida ham ilk o’rta asrlarga oid yodgorliklar ro’yxatga olingan. Ayniqsa S.K. Kabanov tomonida Qarshi vohasida joylshgan 300 dan ortiq tepaliklar ro’yxatga olinib xaritasi tuziladi. 1946 yildan boshlab ilk o’rta asrlarga oid yodgorliklari tadqiq etila boshlandi va bu borada katta yutuqlarga erishildi. 70-yillardan boshlab G’uzor va Dehqonobod tumanlaridagi, shuningdek Yuqori Qashqadaryo vohasidagi ilk o’rta asrlarga oid yodgorliklar KATE a’zolari tomonidan o’rganildi.
Panjikent xarobasini tekshirish 1946 yildan buyon olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida V, VІ, VІІ asrlarga oid bo’lgan turar joylar tekshirildi. Turar joylar jumlasiga Divashtich saroyi, boy va oddiy shahar aholisi uylari kiradi. Boy xonadon uylari murakkab reja asosida qurilgan. Bu yerda ham ijtimoiy uylar 2 ta ibodatxona ochib o’rganildi. Saroy va yirik binolarning devorlariga hayotiy va diniy mavzudagi rasmlar solingan. Samarqand, Varaxsha, Panjikent rasmlari ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda tasviriy san‘at yuqori darajada bo’lganligini ko’rsatadi. 1953-1954 yillarda Surxondaryoda qazib o’rganilgan Bolaliktepa qal‘asi eftalitlar davrining diqqatga sazovor yodgorliklaridan biridir. Bolaliktepa baland poydevor ustiga qurilgan bino bo’lib, uning ichki devorlariga turli rasmlar ishlangan. Farg’onadan topilgan Quva budda ibodatxonasi ikki binodan iborat bo’lib, ularning eshiklari alohida bo’lgan. Ayvonga kiraverishda otlarning, soqolli ma‘budning katta haykali bo’lib, uning peshonasida odamning bosh suyagi tasvirlangan. Bu yerdan turli haykalchalar ham topilgan. Xitoy manbalarida Ishtixon shahri ibodatxonalarida Buddaning oltindan yasalgan katta haykali bo’lganligi haqida ma‘lumot beriladi. Toshkent vohasidan ilk o’rta asrlarga mansub Mingo’rik, Yunusobod Oqtepasi yodgorliklari topilgan. V-VІІ asrlarda Toshkent vohasida shahar markazi sifatida Mingo’rik muhim ahamiyat kasb etgan. Ko’chmanchi aholi bilan munosabatlar bu yerning hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Turar joylar katta-kichikligiga qarab farqlanadi. Feodallarning turar joylaridan hokim qarorgohlaridan kichikroq Oqtepadagi uylar qurilishi jihatdan boshqa yerlardagi uylarga o’xshash. Mingo’rik arki va shahristoni 18 ga egallaydi. 200 m kv maydondan VІІ-VІІІ asrlariga oid saroy va ibodatxona qoldiqlari topilgan. Devorlar paxsa va xom g’ishtdan qurilgan. Shosh O’rta Osiyoning boshqa yerlari bilan savdo aloqalarini olib borgan. Milodiy V-VІІІ asrlarda Shosh vohasida Yunusobod ham muhim rol o’ynagan. Maydoni 100 ga bo’lgan mazkur yodgorlik ko’rilayotgan davrida Shosh vohasining eng muhim markazlaridan biri bo’lgan. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling