O‘zbekistonning markaziy qismidagi Sug‘diyonada esa uchta mustaqil yirik viloyat hokimliklari shakllangan. Panjakentdan to Karmanagacha bo‘lgan tumanlar Markaziy Sug‘dni tashkil etib, uning bosh shahri Samarqand hisoblangan.
Zarafshon vohasining Karmanadan g‘arbda joylashgan tumanlari
G'arbiy Sug‘dni tashkil etib, bosh shahri Buxoro bo‘lgan. Qashqadaryo havzasida tarkib topgan tumanlar Janubiy Sug‘d yerlarini tashkil etib, janubiy Sug‘dning yuqori Qashqadaryo tumanlari - Kesh viloyati, quyi Qashqadaryo tumanlari esa Naxshob viloyati deb yuritilgan. Viloyat hokimliklari tepasida turgan hukmdorlar Buxoroda xudotlar, Samarqand va Qashqadaryoda ixshidlar deb atalgan.
Ilk o‘rta asrlarning dastlabki bosqichida har bir viloyat doirasida bir necha rustak xudodliklari, ixshid va ixrid hokimliklariga bo‘lingan. Bu mahalliy hokimliklarning maydalari iqtisodiy va siyosiy qudratlilari tomonidan asta-sekin tinchlik va zo‘rlik orqali, tarix taqozosiga ko‘ra, o‘z ta'sir doirasiga olinib. yiriklashib borgan.
Masalan, G‘arbiy Sug‘dda Buxorxudodlardan tashqari, Vardanxudot, Varaxshaxudotlar bo‘lgan.
Ill asr oxiri va IV asr boshlarida Ipak yo’li bilan bog’liq iqtisodiy yuksalishlar
Sug'd hayotiga ta'sir etadi.
Bu haqda birinchi bor Dunxuandan topilgan hujjat - “Sug‘d eski yozuvlari” guvohlik beradi. Ilk o ‘rta asrlarda Sug‘dning savdo shahri nomi bilan dong chiqargan Poykent shahrining iqtisodiy qudrati arab tarixchisi Tabariyni lol qoldirgan.
Uning yozishicha, Poykentda arablar tomonidan shunchalar ko‘p oltin va kumush idishlar talanganki, ularning ko‘pligidan sanog‘iga yeta olishmagan. Bunday yuksaklikning IV asrning oxirlarida butun Sug‘dda kuzatish mumkin edi.
Bir qator turkshunos olimlar (I.Bichurin, N.Gumilev va b.) eng qadimgi turkiyzabon xalq Xitoy solnomalarida mil. aw . 1756-yildan boshlab tilga olinganligini yozadi. Faqat bu xalqlar “turk” nomi bilan emas, balki “xun”, “xunlar” deb atalgan. Turk so‘zi milodiy V asrdan boshlab uchraydi. “Xunlar”ning mil. avv. 207-yildan milodiy 216-yilgacha (423-yil) hukmronlik qilgan Ulug‘ Xun saltanati sharqiy va g‘arbiy qismga bo’linib idora qilingan.
Bunday hokimiyatning tarkib topishiga dastlab xiyoniylar va kidariylarning bu zaminga kirib kelishi xalaqit bergan ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |