Ilk o‘rta asrlar o‘zbek davlatchiligi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot


Sug‘diyona VI asr boshlaridan eftaliylar tarkibida, 563-yildan esa Turk xoqonligi qo‘l ostiga o‘tdi


Download 1.8 Mb.
bet3/5
Sana27.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1299788
1   2   3   4   5
Bog'liq
XIV-XVI asrlarda movarounnahrda ta\'lim tarbiya va pedagogik fikrlar

Turk xoqonligi hukmronligi davrida
O‘rta Osiyo

Sug‘diyona VI asr boshlaridan eftaliylar tarkibida, 563-yildan esa Turk xoqonligi qo‘l ostiga o‘tdi.


Sug‘ddan sharqda Sirdaryo havzasida ilk o‘rta asrlar davri Ustrushona
viloyati joylashgan. Uning g‘arbiy qismini 0 ‘zbekistonning Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tashkil etadi, sharqiy qismi - Xo‘jand viloyati esa hozirgi kunda Tojikiston tasarrufida. Ilk o ‘rta asrlar Ustrushonasi 18 ta tumandan tashkil topgan.

Birinchi bor Ustrushona nomi ilk o‘rta asr Xitoy manbalarida uchraydi. (Shuaydushana, Suduyshana, Sudushina). Bunga ko‘ra, Ustrushona IV-V asrlardayoq mustaqil hokimlik sifatida tilga olinadi. Ustrushonadan shimoli-sharqda, Sirdaiyoning yuqori havzasida go‘zal Fragana (Farg‘ona vodiysi) joylashgan.


Qadimgi Farg‘onadan shimolda
joylashgan tarixiy-madaniy o’lka Choch vohasi bo‘lib, bu oikada ham ilk o‘rta asrlarda xuddi shunday tarixiy manzara kuzatiladi.

II - milodiy V asrlarda Toshkent vohasida shahar madaniyati jadal rivojlanadi. Bu davrda vohada 13 joyda shahar hayotining gullab-yashnashi kuzatiladi. Ularning tarkib topishi Qovunchi madaniyatining rivojlanish bosqichlari bilan bog’liq bo’lib, etnomadaniyatda turkiy ta’sir kuchli edi. Bu davr shaharlari Toshkent vohasining janubi-g‘arbiy qismini egallagan bo‘lib, ularning eng yiriklari Qanka, Kavardan, Kulota, Kindiktepa, Qovunchitepa, Banokat va boshqalar, ularda shahar hayoti nafaqat ilk o'rta asrlarda, balki rivojlangan o‘rta asrlarda ham davom etadi.

Mo‘g‘anxon davri (553 - 572)da xoqonlik yanada yuksaladi. Davlat hududlari kattaligi va kengligi sabab xonlik ikkiga bo‘lib boshqariladi. Mug‘anxon amakisi Istami xoqonlikning g ‘arbiy qismini boshqarib, xoqonlik chegaralarini Amudaryogacha cho‘zadi.


Xoqonlik eftalitlar hududlarini ham egallagach, Eron bilan munosabatlar yomonlashadi. Eron shohi Xusrav xoqon Istamining birinchi elchisi Maniax olib kelgan ipak buyumlarini o‘tga tashlatadi. Ikkinchi yuborilgan elchini esa zaharlab o ‘ldiradi. Eron bilan aloqalami o‘rnatish imkoniyati bo‘lmagach, xoqonlik 568-569-yillarda Eronga qarshi Vizantiya bilan ittifoq tuzishga harakat qiladi va uning poytaxtiga o ‘z elchisi (sug‘d savdogari Maniax) ni yuboradi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling